III-BOB: “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusiniga oid tajriba-sinov ishlari natijasi va ularning tahlili




Download 129,05 Kb.
bet25/29
Sana20.05.2024
Hajmi129,05 Kb.
#246258
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
diplom ishi (11)

III-BOB: “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusiniga oid tajriba-sinov ishlari natijasi va ularning tahlili.
3.1. “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusiga oid tajriba-sinov ishlarining mazmuni.

“Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini o‘qitilishdan maqsad texnologik yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o’quvchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o’z huquq va erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatini o’rganishi lozim.


Huquqiy bilim bilan bog’liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o’zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o’rnatilgan tartib-qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak.
O‘quvchilarga davlat huquqi bilimlarini, ayniqsa, huquqshunoslik fanining tarkibida o‘quvchilarga huquq manbalari va huquq normalari haqida tushunchalar berish, qonunchilikni normalarini o‘rgatish ularni ahloq normalaridan juda ham chetga chiqishdan–huquqbuzarlik va hatto jinoyatchilik yo‘liga kirishdan qaytarishning muhim vositasidir. Huquqbuzarlikning oldini olishda maktablar zimmasiga ayniqsa katta vazifalar yuklanadi, chunki maktab voyaga yetmaganlarni tarbiyalash tuzilmasining asosiy bo‘limidir.
Shu tariqa “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” orqali o‘quvchilarga oqitish huquqiy tarbiyani huquqiy bilimlarni egallashning uzluksiz va izchil jarayoni sifatida, kundalik hayotda anglab yetilgan xatti-harakatlar hamda faol xulq-atvor vositasida qonunlarga rioya qilishga yo‘naltirilgan tizimi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Huquqiy tarbiya jarayoniga tizimli yondashuv asosida jarayonning o‘zi katta hajmli va ko‘p qirrali jarayon sifatida ta'riflanib, uning mazmuni huquqiy ta'limdan iboratdir, ya'ni “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusinini o‘rgatish, o‘quvchilarni qonunchilik va huquqiy faoliyat haqidagi bilimlar bilan boyitish insonda amaldagi huquqiy me'yorlarga muvofiq keladigan anglangan xulq-atvorni shakllantirish uchun maqsadga muvofiq tarzda ongga ta'sir o‘tkazish imkonini beradi.
Tadqiqot davomida ma'lum bo‘ldiki,umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini huquqiy tarbiyalash jarayonida “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusidagi mashg‘ulotni o‘tish chog‘ida o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari e'tiborga olinmaydi, natijada ba'zi o‘quvchilarning fanni, ayniqsa,huquqiy me'yorlarni o‘zlashtirishi qiyin kechadi. Bundan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarini sub'ekt-sub'ekt aloqalarini hisobga olgan holda huquqiy tarbiyalash tizimi ishlab chiqildi va uning mazmuni quyidagilar tashkil etadi.
1. shaxsning xarakteriga oid xususiyatlari;
2. o‘quvchi shaxsining ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabati1.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida, “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” , o‘quvchilarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda yondashilgan.
Huquqiy tarbiya vositalari u yoki bu usulni amalga oshirishda foydalaniladigan konkret chora-tadbirlar hamda faoliyat turlaridan iboratdir. Huquqiy tarbiya vositalari nihoyatda rang-barang bo‘lib, huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etishda ularni tanlab olish imkoniyatlari mavjud va u kim uchun hamda kim tomonidan o‘tkazilishiga ko‘ra hal etilishi lozim bo‘lgan turli maqsad va vazifalarga, shuningdek, bir qator boshqa omillarga bog‘liqdir. Ushbu rejada umumta’lim maktab o‘quvchilarini huquqiy tarbiyalashning bir qator vositalariga tavsif berilgan va ular atroflicha tahlil qilingan.
Ushbu rejada pedagogik tajribaning metodikasi va natijalari hamda uning tahlili keltirilgan. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni tajriba orqali amaliyotga qo‘llash mumkin. Tajriba yanvar -may oylarida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 77- maktabda o‘tkazildi. Tajribaning birinchi bosqichida (fevral oyida uning mazmuni va o‘tkazilish joyi,) ta'lim berish samaradorligini oshishiga, “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini o‘tish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatuvchi pedagogik omillar va shart-sharoitlar aniqlandi. Ta'lim jarayoniga hamrohlik qiluvchi omil va sharoitlar ichida biz faqatgina dasturiy materiallarni samarali o‘zlashtirilishiga ta'sir etuvchilarini ajratib olishga harakat qildik hamda bu asnoda maktab o‘quvchilarida huquqiy madaniyat darajasini ko‘tarilishiga yo‘naltirilgan darslarning tuzilish metodikasini ishlab chiqishga harakat qildik. “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini tajriba sinovi 10-sinf “Huquqshunoslik “ fanini o‘qitish jarayonida tashkil etildi.
Avalambor fanni o‘qitish maqsad va vazifalari haqida to‘xtalsak:
“Huquqshunoslik” fanini o‘qitishning maqsadi:
o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid umumiy kompetentsiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
“Huquqshunoslik” fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me'yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.
Fanga oid umumiy kompetentsiyalar:
Huquqshunoslikka oid tushunchalarni bilish kompetentsiyasi:
1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetentsiyasi:
jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;
xalqaro umume'tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;
davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;
2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetentsiyasi:
fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
huquq manbalaridan foydalana oladi;
o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;
huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;
korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
Tajriba sinov Davlat va huquq nazariyasi mavzusini o‘qitish jarayonida tashkil etildi.
1-mavzu. Davlat va huquq nazariyasi
(4 soat)
Davlat va huquqning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyati. Davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq haqida tushuncha. Huquqiy davlat va uning belgilari.
Huquq manbalari, huquq manbalarining turlari, huquqiy munosabatlar, huquqiy munosabatlar sub'ektlari, huquq normalari.
SHakllanadigan kompetentsiyalar:
Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetentsiyasi
davlat va huquq nazariyasi fani predmetini, metodini tushuntira oladi;
davlat va huquq nazariyasiga oid atamalarni,huquqiy munosabatlar obyekti va sub'ektlari hamda huquq normalarini biladi va tushuntirib bera oladi.
Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetentsiyasi
davlat va huquq haqidagi nazariyalarni tushuntirib beradi va ushbu nazariyalardan foydalana oladi;
davlat va huquqqa oid ilmiy nazariyalarning mohiyatini anglab yetadi;
davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi roli hamda huquqning inson hayotida muhim o‘rin tutishini mushohada qiladi.
Avvalo nazorat va tajriba guruh o‘qituvchilari bilan birgalikda yangi o‘quv dasturi va darsliklarga asoslangan huquqiy tarbiyalash metodikasi ko‘rib chiqildi. Tajriba o‘tkazish oldidan avvalo o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini qayd etuvchi tajriba o‘tkazildi va u nazorat va tajriba guruhlaridagi bilim darajasi dasturiy material bo‘yicha bir xil ekanligi aniqlandi.
Keyingi bosqichda umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida sub'ekt-sub'ekt aloqalari asosida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha alohida metodik vositalarni qo‘llash shart-sharoitlarining samaradorligi aniqlandi hamda uning so‘ngida nazorat va tajriba guruhlarida nazorat o‘tkazildi.
Eksperimental tadqiqotning ikkinchi bosqichi yakunlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarida sub'ekt-sub'ekt aloqalari asosida “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini o‘tish orqali huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan metodlarimiz o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishi uchun samarali sharoit tug‘dirdi. Shu bilan birga nafaqat o‘tilayotgan mavzuning mazmuni o‘zlashtirildi, balki o‘quvchilar avval olingan materiallardan ko‘nikma va xulosalar ham chiqardilar.
Tajriba sinovining uchinchi bosqichida (mart-aprel oylarida) ishlab chiqilgan ta'lim tizimning samaradorligi, nazorat va tajriba guruhidagi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllanish darajasini qiyoslash yo‘li orqali tekshirildi.Tajribaviy ta'limning uchinchi bosqich yakunlari shuni isbotlaydiki, “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini o‘qitish orqali huquqiy tarbiyani shakllantirish maqsadida ta'limni to‘g‘ri tashkil etishning asosiy shartlaridan biri - bu o‘quvchilar huquqiy bilimlarini o‘zlashtirish chog‘ida o‘tadigan bosqichlarni to‘g‘ri qo‘llay bilishdadir. Aynan, mavzuga oid materialni tanlash va tizimlashtirish prinsipi aniqlanadi, huquqiy ta'lim va tarbiya berishda o‘quvchilarni o‘zlashtira olish darajalarini hisobga olinishi lozim.



Download 129,05 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 129,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-BOB: “Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusiniga oid tajriba-sinov ishlari natijasi va ularning tahlili

Download 129,05 Kb.