|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
|
bet | 27/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 129,05 Kb. | | #246258 |
Bog'liq diplom ishi (11)yuqori daraja - 100-86 foiz;
o‘rta daraja - 85-71 foiz;
quyi daraja - 70-55 foiz.
Bu kabi guruhlarga ajratish tajriba-sinov ishlarining dastlabki va yakuniy bosqichlarida o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga imkoni berdi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov natijasida bitiruviy malakaviy ishi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z yechimini topdi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va eksperimental natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv.
Huquqiy tarbiya - bu huquqiy ong, huquq normalari va mustahkam xulq-atvor ko‘nikmalardan tashkil topgan murakkab funksional tizimdir.
2. Huquqiy tarbiya–huquqiy muammolarni yechimini topishda o‘quvchining huquq normalariga bo‘lgan munosabatini nafaqat umumiy jihatdan balki voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining turi va mazmuni bo‘yicha o‘rganishni talab qiladi.
3.Huquq fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv asosida darslarni rejalashtirish va loyhalashtirish.
4.Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklari bilan bog‘liq kelib chiqadigan muammolarni yechimini topish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarini ularning turli huquqiy normalarga bo‘lgan munosabatlari asosida ularning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘quvchilarni huquqiy tarbiyalash tizimini ishlab chiqishga harakat qilindi.
Huquqiy tarbiya muammolarining yechimini topish istiqbollarini biz quyidagi yo‘nalishlar bilan bog‘laymiz. Birinchidan, e'tiborimiz markaziga o‘quvchini emas, balki o‘qituvchini qo‘ygan holda tajriba o‘tkazish katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday ishlar huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish vazifalarini o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan munosabatlar tizimida hal etish imkonini beradi. Ikkinchidan, tajribamizda keltirib o‘tilgan“Umumta’lim maktablarida huquqiy fanlarni о‘qitishga texnologik yondashuv” mavzusini o‘qitish orqali huquqiy tarbiya muammolariga yechim topish ancha dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqot natijalari va ularning matematik qayta ishlanishi umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining huquqiy tarbiyasi ko‘rsatkichlari dinamikasi haqida ob'ektiv axborotlarni taqdim etadi. Ular tajriba guruhida barcha o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar yuqori va ishonchli ekanligidan va o‘tkazilgan tajriba ishining yetarlicha samaradorligi hamda uni amaliyotda qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi.
Xulosa
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariyhuquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi mavzusi asosida Respbulikamiz birichi Prezidenti A.Karimovninng asarlarida huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga berilgan ta’riflar hamda bu borada davlatimiztomonidan olib borilayotgan islohatlar yoritib berildi.
Bundan tashqari yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishning tarixiy asoslari ajdodlarimiz merosida tutgan o’rni o’rganilib, misollar bilan bayon etildi.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati bo’yicha, fuqarolik tarbiyasi va uning asoslari hamda huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayonini, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozimli haqida fikrlar bayon etilgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni umumlashtirib aytganda, huquqiy madaniyat – bu qonunchilik bergan imkoniyatlardan, Konstitutsiyada muhrlangan va qonunlarimizda o’z ifodasini topgan, biz deyarli har kuni takrorlab gapiradigan masala, ya’ni, bizga berilgan shuncha huquqlardan imkon qadar ko’p foydalanish darajasi deganidir.
“Rivojlanib borayotgan demokratik jamiyat sharoitida, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, yosh insonlarning yuksak ijtimoiy-huquqiy faolligini shakllantirish, ularning turli huquqbuzarliklarga qarshi, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash uchun kurashda mustaqil ishtirok qilishiga erishish g’oyat muhimdir”13.
Yoshlarni huquqbuzarliklarga qarshi qonunlarda belgilangan tartibda kurashishga o’rgatish zarur. Bu ishda hokimliklar, kasaba uyushmalari, O’zbekiston yoshlari, jamoat tashkilotlari, O’zbekiston xalq-demokratik partiyasi faol ishtirok etmoqdalar.
Yangi insonni kamol toptirish va huquqiy tartibni ta’minlash yoshlar huquqiy tarbiyasining umumiy vazifalari hisoblanadi. Biroq huquqiy-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini oshirish manfaatlari bunday faoliyat yo’nalishlari va mazmuni haqida yanada batafsil tasavvur hosil qiladigan birmuncha alohida vazifalarning ham ajratib ko’rsatilishini taqozo etadi.
Hozirgi kunda huquq fanlarini o'qitishda, zamonaviy pedagogika va informatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Quyidagi yo'nalishlar, hozirgi kunda huquq fanlarini o'qitishda ko'p foydalanilayotgan usullardir:
|
| |