|
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
|
bet | 36/54 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #115 |
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
-
O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.
-
O‘qitish jarayoni pedagog, talim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zoro ta'siridan iborat bo‘lib, hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoiyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi
-
Axborot-kommnunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
-
Ta'limda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash orqali o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishrishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.
-
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini - o‘z boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi.
-
Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.
-
Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat.
|
| |