• 3.2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv biluv motivlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba sinov ishlari tahlili, samaradorligi, natijalari.
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1.1 Mb.
    bet44/54
    Sana15.03.2017
    Hajmi1.1 Mb.
    #115
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
    Mavzuni umumlashtirish:

    O‘qituvchi o‘quvchilarga test namunalarini topshiradi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab oladi.

    Test:

    1. Predmetlarning hajmini bildirgan so‘zlarni toping.



    a) qizil, qizil, katta, baland

    b) katta, kichkina, semiz.

    d) uzun, yashil, oppoq.

    2. Qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan sifatlar belgiga egalik ma'nosini bildiradi?

    a) –siz, -dor

    b) –roq, -siz

    d) –li, -dor

    3. Qarama-qarshi ma'noli so‘zlar juftligini ko‘rsating

    a) qattiq-yumshoq

    b) mayin-yumshoq

    v) nurli-yorug‘

    4. Katta so‘ziga ma'nodosh so‘zlar qatorini toping.

    a) kichik, keng, ulkan.

    b) ulkan, bahaybat, yirik.ulkan, bahaybat, yirik

    v) uzun, tor, yirik.

    5. Sifatning, qanday, ma'no turlari bor?

    a) hajm, maza-ta'm, rang-tus, xil-hususiyat.

    b) hajm, katta, yirik.

    d) rang-tus, xil-hususiyat.

    6. Quyidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalardan qaysilari sifat yasovchi qo‘shimchalardir?

    a) –chi, -kor, -dosh;

    b) –dosh, -li, -siz

    d) –li, -siz, -dor

    Uyga vazifa: 266-mashqni bajarish uyga vazifa qilib topshiriladi. Qo‘shimcha topshiriq: izohli lug‘at yordamida kam qo‘llaniladigan sifatlarni topib kelish va ular ishtirokida gaplar tuzish.

    O‘quvchilar AKT bilan ishlar ekanlar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishlari lozimligini aniq belgilash kerak. O‘qituvchi quyidagi savollar ustida o‘ylab ko‘rishi lozim:

    - Bajariladigan ish qanday maqsadni ko‘zlaydi?

    - O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi qay holatda?

    - O‘rganilayotgan o‘quv materialiga mos keladigan o‘quv holati yaratildimi?

    - Rejalashtirilgan ishlarning hammasi amalga oshishiga ishonasizmi?

    Yuqorida sanab o‘tilgan metod va shakllar o‘zining qo‘llanish darajasining keng qamrovga egaligi hamda qulayligi va alohida vaqt, resurs talab qilmasligi hamda yuqori amaliy xarakterga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

    Bundan tashqari, biz o‘quvchilarning qiziqish va motivatsiyalarini aniqlash yuzasidan boshqa adabiyotlarda taklif etilgan keng ko‘lamdagi o‘ziga xos samarali shakl va metodlardan foydalanishni ham tavsiya qilamiz.



    3.2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv biluv motivlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba sinov ishlari tahlili, samaradorligi, natijalari.

    Tadqiqotimizda quyidagi mezonlarga asoslangan holda tajribalar o‘tkazildi:

    a) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda paydo bo‘lgan turli-tuman motivlarni o‘qish faoliyati jarayonida anglab yetilganlik darajasini o‘rganish;

    b) o‘qish faoliyatida yuzaga keladigan muammolarga yechim topishlarida motivlarning o‘rni va qiymati, qanday ahamiyatga ega ekanini o‘rganish;

    v) maktabda va maktabdan tashqari ta'limiy faoliyatda o‘quv-biluv motivlaridan maqsadga muvofiq foydalanish.

    Bizning izlanishlarimizda boshlang’ich sinf o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida o‘qish motivlarning shakllantirish xususiyatlariga e'tibor qaratilgan.

    Masalaning yechimini topish jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari o‘rganilib, tahlil qilindi. Ushbu jarayonining natijasi sifatida o‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlari shakllanganligi aniqlandi. Ushbu jarayon davomida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim olishda ongli ravishda foydalanish namoyon bo‘lganligiga amin bo‘lindi.

    Tajriba-sinov ishlarining uchinchi bosqichi o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini tarkib toptirishda muhim pog‘ona bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchi egallagan bilimlarini mustaqil qo‘llash, taqdim etilgan axborotlarni qabul qilish, tahlil eta olish, ulardan o‘z faoliyatlarida ijodiy foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Faoliyatning bu darajasi turli vaziyatlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llash bilan amalga oshirildi. Masalan, ona tili, o‘qish, matematika kabi fanlarda o‘quv materiali tarkibidagi bilim va tushunchalarni tanish va notanish vaziyatlarda tadbiq etishga o‘rganadilar. Yangi axborotni egallashga erishadilar.

    Tajriba-sinov o‘rganilgan va endi o‘rganilayotgan bilimlarning farqini anglash, mavzuga mos o‘quv holati hosil qilish, faoliyat usulini ko‘rsatish, o‘rganiladigan mavzuga oid bilimni o‘zlashtirish zarurligini tushunish, tarixiy sayohat, o‘rganiladigan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatiga doir kirish suhbatining o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishdagi ahamiyatiga ko‘ra tashkil etildi. Nazorat ishlari o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish, o‘quvchilarning to‘liq o‘zlashtirishiga olib keladi, degan faraz asosida o‘tkazildi.

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda asosan ta'limni axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi.

    Masalan «Kompyuterli ishbilarmonlik» o‘yinlari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirildi:

    – o‘quv maqsadlariga, ya'ni o‘quv jarayonida mutaxassislarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash va muayyan bilimlar tizimini o‘zlashtirishga;

    – ilmiy-izlanuv, boshqaruv tajribasini tahlil qilishga;

    – joriy faoliyat natijasida vujudga keladigan muammolarni va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo‘ljallangan real axborot materialiga tayanishga va h.k.

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda AKTdan foydalanishni quyidagi yo‘nalishda olib borildi:

    - o‘quv-biluv jarayonida AKT dan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;

    - har bir o‘quvchining va gurux xususiyatlarini o‘rganish;

    - ta'limiy natijalarni baholab borish.

    Boshlang‘ich sinflarda AKT bilan ishlash joyini tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Guruhlardagi ish odatdagi sinf joylashishiga o‘zgartirish kiritishni talab qiladi. Quyidagilarga e'tibor qaratildi:

    - guruh qanday ish bilan mashg‘ul bo‘ladi;

    - guruh o‘quvchilari bir-birlarini ko‘rishlari va tinglashlari mumkin bo‘lsin;

    - guruhlarga iloji boricha rang-barang didaktik materiallar tarqatilishi kerak;

    - boshqa turli qo‘llanma va materiallardan foydalanish qulay bo‘lsin.

    Guruhlarga topshiriqlar yozma yo‘riqnoma shaklida berilganda, u quyidagi talablarga javob berishilishi e’tiborga olindi:



    • yo‘riqnoma har bir o‘quvchiga tushunarli tilda yozilishi,

    • o‘quvchi o‘qituvchi yordamisiz foydalana olishi uchun aniq va mufassal bo‘lishi;

    • topshiriq bilan birga yozma ishni bajarish uchun kerakli material berilishi;

    • kutiladigan natijalar aniq ko‘rsatilishi lozim.

    Yuqorida ko’rsatib o’tilgan so‘rovnomalar natijalari quyudagicha:

    1-2-sinf o‘quvchilari:



    • o‘qish yaxshi(mazmunan anglanmay fikr yuritgan holda);

    • hamma o‘qiydi-ku;

    • “5” baho olish uchun;

    • yangi kitob, daftarlarim bo‘ladi;

    3-4-sinflar o‘quvchilari:

    • katta bo‘lsam harbiy (doktor, o‘qituvchi va boshqalar) bo‘lmoqchiman. Ota-onam buning uchun o‘qish kerakligini aytishdi;

    • maktabdagi o‘rtoqlarim yoqadi;

    • yaxshi yashash uchun (tor doiradagi anglash)

    • menga ... fani yoqadi. Har kuni shu fanning bo‘lishini xohlayman.

    Olingan natijalarni o‘qituvchi bolaning ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarga bo‘lgan qiziqish va motivlari bilan taqqoslab ko‘rishi bola kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega.

    Tajriba-sinov ishining 1-variantida kommunikator ko‘magida tajriba guruhi sifatida ajratib olingan boshlang‘ich sinflarning o‘qituvchilari mashq-treninglar orqali maxsus tayyorlandi Metodlar avval o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan puxta o‘rganib olindi.

    Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadlaridan kelib chiqib dastlab bilim olish jarayoniga nisbatan o‘quvchilarda qiziqishini uyg‘otish, axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish natijalari quyudagi ko’rinish kasb etdi:

    Sinf turi: nazorat, tajriba

    Sinf soni: 2 ta.

    3.3-jadval.





    Download 1.1 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




    Download 1.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1.1 Mb.