|
Nosimmetrik kirish va chiqishli differensial kuchaytirgich
|
bet | 1/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 422,07 Kb. | | #246655 |
Bog'liq ELEKTRONIKA2 Bajardi: 003-guruh Musinova Dilnoza REJA: - Differensial kuchaytirgichlar asosiy parametrlari.
- Nosimmetrik differensial kuchaytirgichlar haqida tushuncha
- Simmetrik va nosimmetrik differensial kuchaytirgichlar sxemasi
- Xulosa
Differensial kuchaytirgichlar asosiy parametrlari. Differensial kuchaytirgich - bu ikkita kirishga ega bo'lgan elektron kuchaytirgich hisoblanib, uning chiqish signali kirish kuchlanishlari farqining doimiyga (const) ko'paytirilishiga teng. Muhim umumiy rejim komponenti fonida kichik kuchlanish farqini ta'kidlash zarur bo'lgan hollarda qo'llaniladi.Differensial kuchaytirgichning chiqish signali bitta fazali yoki differentsial bo'lishi mumkin. m n-p-n ko'prikli differentsial OK asosidagi instrumental differensial Yagona OK asosidagi kuchaytirgich sxemasi kuchaytirgichning sxematik diagrammasi differentsial kuchaytirgich sxemasi f Turli modifikatsiyali DKlar o‘zlarining aniqlik parametrlari bilan xarakterlanadilar.Shunday parametrlardan biri bo‘lib nolning siljish kuchlanishi USIL xizmat qiladi. DK chiqishida nolga teng kuchlanish olish uchun kirishga beriladigan kuchlanish qiymati siljituvchi kuchlanish deb ataladi. Gap shundaki, yelkalar assimmetriyasi hisobiga kirishda signal bo‘lmagan holda, chiqishda qandaydir kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu kuchlanish signal sifatida qabul qilinishi mumkin. Turli DKlarda USIL qiymati 30÷50 mV bo‘lishi mumkin. USIL ning temperaturaga bog‘liqligini e’tiborga olish zarur. Bu bog‘liqlik temperatura sezgirlik εU=0,05-70 mV/0S bilan ifodalanadi. DKning yana bir aniqlik parametri - siljitish toki .ISIL dir. U kirish toklari ayirmasidan iborat. Parametming an’anaviy qiymatlari mikroamperlardan nanoamper ulushlarigacha boladi. Siljish toki signal manbai qarshiligi Rq orqali o‘tib, unda yolg‘on signal hosil qiladi'. Masalan, agar ISIL= 20 nA va Rg= 100 kOm boisa, ISIL* Rg =2 mV ni tashkil etadi. O ‘rtacha kirish toki Ikir.o’rt - ham DKning aniqlik parametrlaridan hisoblanadi. O ‘rtacha kirish toki siljish tokidan ancha katta qiymatga ega va turli DK larda 1/7*10^3 nA bo’ladi. O‘rtacha kirish toki signal manbai qarshiligi Rg orqali o‘tib, unda kuchlanish pasayishi hosil qiladi. Bu kuchlanish o‘zini kiruvchi sinfaz signaldek tutadi. KU.SF marta so‘ndirilgan ushbu kuchlanish DK chiqishida yolg‘on signal sifatida hosil bo‘ladi. DK kuchaytirish koeffitsiyenti kollektor zanjiridagi R K yuklama qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi.
|
| |