|
Jadval 20. SKP turdagi stolning texnik xarakteristikalari
|
bet | 46/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Jadval 20. SKP turdagi stolning texnik xarakteristikalari.
Ko‘rsatkichlari
|
SKP-15
|
SKP-22
|
SKP-30
|
YUzaning umumiy maydoni, m2
|
15
|
22,5
|
30
|
YUzalar soni
|
2
|
3
|
4
|
Bitta yuzaning maydoni, m2
|
7,5
|
7,5
|
7,5
|
YUzaning tebranishlar chastotasi, min-1
|
280-350
|
280-350
|
300
|
Tebranishlar amplitudasi, mm
|
10-20
|
10-20
|
10-20
|
YUzaning qiyaligi,
|
0-2
|
0-2
|
0-2
|
°Bo‘ylama ko‘ndalang
|
0-8
|
0-8
|
0-8
|
Zarrachaning o‘lchami, mm
|
(-ZN+0,2)
|
Ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat
|
2-7
|
3-10
|
4-14
|
Elektrodvigatel quvvati, kVt
|
2,2
|
2,2
|
2,2
|
Qo‘zg‘aluvchi qismlarining og‘irligi, t
|
1,8
|
2,1
|
2,4
|
Konsentratsion stolning ishlab chiqarish unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog‘liq.
Konsentratsion stolning solishtirma ishlab chiqarish quvvatini quyidagi empirik tenglamadan topish mumkin:
q= 0,2 d
bu erda:- d boyitilayotgan mahsulotning minimal o‘lchami, mm.
Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qatlamnaishga ulgurmaydi, chunki to‘siqchalar orasidagi bo‘shlik og‘ir minerallar bilan o‘ta to‘lgan bo‘ladi va yangidan tushayotgan mahsulot suv bilan yuvilib tushib ketadi.
Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, lekin bunda stolning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan bo‘ladi (ishlab chiqarish quvvati nuqtai nazaridan).
Konsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori samaradorligi, mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi va uni darhol sozlash mumkinligidadir.
Stolning kamchiliklari - solishtirma ishlab chiqarish quvvatining pastliga, binoning katta maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-tez ishdan chiqishi, xamma uzellarni sinchiklab sozlash kerakligi.
|
| |