• Purkovchi va konusli separatorlarda boyitish
  • Rasm 40. Qiya tarnovchada mineral zarrachalarning ajralish sxemasi
  • Jadval 21. Vintli separatorlarning texnik xarakteristikasi




    Download 13,14 Mb.
    bet48/90
    Sana10.02.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #154290
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

    Jadval 21. Vintli separatorlarning texnik xarakteristikasi



    Ko‘rsatkichlari

    SVM-
    1000

    SVM-
    1200

    SVM-1500






    Tarnovning diametri, mm

    750

    1000

    1200

    1500

    O‘ramning qadami, mm

    450-550

    _

    600-850

    -

    O‘ramlar soni

    4

    4

    4

    3

    Ishlab chiqarish unumdorliga , t/soat

    2-4

    3-8

    6-8

    20-30

    YUvuvchi suv sarfi, l/s

    0,5

    0,6

    1

    0,4

    Bo‘tanadagi qattiq zarrachalar miqdori, %

    20-40



    20-40



    20-40



    20-40



    Balandligi, mm

    4200

    4200

    4200

    5150

    Og‘irligi, t

    0,5

    0,7

    0,75

    1,25



    Purkovchi va konusli separatorlarda boyitish
    Keyingi yillarda bo‘tananing harakatlanishida toraytirilgan tarnovda amalga oshiriluvchi gravitatsion apparatlar keng qo‘llanilmoqda.
    Mineral zarrachalarning zichligiga qarab torayuvchi tarnovchalarda ajralish quyidagicha sodir bo‘ladi. 50 - 60 % qattiq zarrachalardan iborat bo‘tana tarnovcha 1 ning keng qismiga beriladi (16 -rasm). Uning qiya tarnovcha bo‘ylab harakatlanishida mahsulot mineral zarrachaning zichligi va yirikligiga qarab saralanadi.
    Tarnovchaning keng qismida laminar yoki shunga o‘xshash oqim ustunlik qiladi. Keyinroq tarnovchaning torayishi bilan oqimning tezligi ortadi va laminar oqim uncha katta bo‘lmagan tezlikdagi turbulent oqimga o‘tadi. Turbulent oqimning yuzaga kelishi engil mineral zarrachalarning yuqoriga ko‘tarilishiga va og‘ir zarrachalarning yirikligiga qarab segregatsiyalanishi natijasida qaytadan taqsimlanishiga olib keladi.
    SHunday qilib, mahsulotning oqim balandligi bo‘yicha turli harakat tezliklarining mavjudligi ularning ajralishiga imkoniyat yaratadi.

    Rasm 40. Qiya tarnovchada mineral zarrachalarning ajralish sxemasi

    YUqorida ko‘rsatilgan omillarning ta’siri natijasida pastki qatlamlarda (tarnovchaning tubida) og‘ir minerallarning zarrachalari, yuqori qatlamlarda engil minerallarning zarrachalari to‘planadi. Bo‘tana tarnovchadan mineral zarrachalarning zichligi yuqoridan pastga tomon ortib boruvchi yarim doira shaklida tushadi. Ajratuvchi to‘siqlar 2 yordamida turli zichlikdagi mahsulotlar tegishli yig‘uvchi idish 3 larga jo‘natiladi.


    Rudalarni boyitishda nisbatan kengroq ishlatiladigan, ishlash prinsipi ruda oqimini zichlikdagi farqqa qarab torayuvchi tarnovchada ajratishga asoslangan ikkita apparatni ko‘rib chiqamiz.
    Purkovchi konsentrator (17 -rasm) 24 ta torayuvchi tarnovcha 6 dan tashkil topgan. YUqoridagi 2 ta tarnovchada asosiy boyitish, pastki tarnovchalarda esa boyitma va chiqindini tozalash amalga oshiriladi.

    Har qaysi tarnovcha kengligi 0 dan 3 mm oraliqda o‘zgartira olinadigan ko‘ndalang tirqishga ega. Tirqishlar orqali og‘ir minerallarning zarrachalari bo‘shatib olinadi va yig‘uvchi idishlar 5 va 9 da to‘planadi. Tarnovchalar gorizontga 12 - 20° burchak ostida o‘rnatilishi mumkin. Tarnovchalarning qiyaligi vintli moslama 3 orqali moslashtiriladi.







    Download 13,14 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval 21. Vintli separatorlarning texnik xarakteristikasi

    Download 13,14 Mb.