|
Nutqni tanib olishni ochiq manbali dasturlari tahlili t f. d., prof. Mamatov Narzullo Solidjonovich, Jalelov Quwanish MoyatdinovichCMU Sphinx. Ushbu tizimning kuchli tomoni shundaki, bepul kirishda ushbu
tillarning til va akustik modellari mavjud. Qo'llab-quvvatlanadigan tillar orasida standart
ingliz tilidan tashqari, rus, qozoq va boshqa bir qator tillar ham mavjud. CMU Sphinx
BSD litsenziyasi ostida tarqatiladi, bu uning tijorat loyihalariga integratsiyalashuviga
imkon beradi. Ushbu tizim tijorat loyihalarida qo'llanilishi mumkin, chunki u Kaldi-ning
ko'pgina afzalliklariga ega, garchi u tanib olish aniqligini biroz yomonroq ta'minlasa
ham, shuningdek, ushbu tizim asosida uchinchi tomon ilovalarini yaratish uchun
ishlatilishi mumkin bo'lgan API-ni taqdim etadi.
HTK. Bu tizim faqat ingliz tilini qo'llab-quvvatlaydi. Tizimning manba kodini
tarqatish imkonini beruvchi HTK litsenziyasi ostida tarqatiladi.
iAtros. Tizmidan foydalanish qulayligi nuqtai nazaridan, iAtros tadqiqot
davomida tekshirilgan barcha tizimlardan past. Ushbu tizim standart tillar ingliz va ispan
tillarida qo'llab-quvvatlanadi. Ushbu tizimning kamchiligi faqat Linux oilasining
operatsion tizimlarida ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi ostida tarqatiladi, bu esa ushbu
tizimni tijorat loyihalariga manba kodini oshkor qilmasdan integratsiya qilish imkonini
bermaydi, bu o’z navbatida uni tijorat maqsadlarida foydalanish uchun yaroqsiz qiladi.
Julius
.
Bu tizim C tilida amalga oshirilgan. Tizim konsol interfeysi va uchinchi
tomon ilovalariga integratsiya qilish uchun API taqdim etadi. Julius ingliz va yapon
tillarini qo'llab-quvvatlaydi. BSD-ga o'xshash litsenziya ostida tarqatiladi. Julius tizimi
ta'lim faoliyati uchun ham tavsiya etilishi mumkin, chunki u HTK ning barcha
afzalliklariga ega, shuningdek, yapon tili kabi ekzotik tilni tanib olish imkoniyatini
beradi.
Kaldi. Bu tizim akustik signal xususiyatlarining hajmini kamaytirish va shunga
mos ravishda tizim ish faoliyatini oshirish uchun ko'plab algoritmlardan foydalanishga
imkon beradi. Kaldi C++ dasturlash tilida yozilgan bo'lib, tizim tezligiga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi va modulli tuzilishga ega bo'lib, tizimni qayta tiklash, yangi funksiyalarni
qo'shish va mavjud xatolarni tuzatishni osonlashtiradi. Kaldi faqat konsol interfeysini
taqdim etadi, bu esa uchinchi tomon ilovalariga integratsiyani murakkablashtiradi.
Ushbu tizim faqat ingliz tilini qo'llab-quvvatlaydi, butunlay bepul Apache litsenziyasi
ostida tarqatiladi, ya'ni uning kodini oshkor qilmasdan tijorat mahsulotiga birlashtirilishi
mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Nutqni tanib olishni ochiq manbali dasturlari tahlili t f. d., prof. Mamatov Narzullo Solidjonovich, Jalelov Quwanish Moyatdinovich
|