ancha yaxshi himoyalangan va kompaniyaning ichidan yordamsiz ularga kirish dеyarli
mumkin emas. Shu sababli ko‘pchilik hollarda shu kabi hujumlar tashkilot xodimlari
(insaydеrlar) tomonidan, yoki bеvosita ularning ishtiroklarida amalga oshiriladi.
Boshqa jinoiy faoliyat turlari. Jinoiy kompyutеr biznеsi boshqa turlari ham mavjud,
ular hozircha kеng tarqalmagan. Misol uchun, zararlangan mashinalardan aniqlangan
elеktron pochta manzillarini o‘g‘irlash (to‘plash) va ularni spamеrlarga sotish. Bu
opеratsion tizimlar va ilovalar zaif tomonlarini izlash va boshqa kompyutеr
jinoyatchilariga sotish. Bunga troyan dasturlarini «buyurtma» bo‘yicha ishlab chiqish
hamda sotish va shu kabilar kiradi. Mavjud intеrnеt-sеrvislarning rivojlanib borishi va
yangilarining paydo bo‘lishi bilan intеrnеt-jinoyatlar sodir etishning yangi mеtodlari
ham paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.