• Выпуск журнала № – 13 Часть–2_ Январь–2023 19 2181-3187 BOSHLANGICH SINFLARDA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI
  • ANNOTATSIYA
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Образование наука и инновационные идеи в мире




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana17.08.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #78786
    Bog'liq
    19-20
    14- amaliy, Antibakterial moddalar (2), Tabiiy fan, 16ba275a74f706c99a124e7b7dc628b8, E va S 5-lab (1), E va S 5-lab, 140-147, 3-topshiriq varag\'i, Mobil, Mar1, reading book for intermediate, Kontrakt shartnoma Abdulaziz 4-kurs, 1 Algoritm murakkabligini statik va dinamik o‘lchovlari. Vaqt va, Fotometrik usulda zaxarli metallarni aniqlash


     
    ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
     

     

    http://www.newjournal.org/

    Выпуск журнала № – 13
    Часть–2_ Январь–2023  
    19 
    2181-3187 
    BOSHLANG'ICH SINFLARDA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI 
    QO'LLASH 
     
    Navoiy shahar 3-sonli FFCHO'ITM boshlang'ich (rus) sinf o'qituvchisi
    Jumabaeva Muqaddas Iminbayevna 
     
    ANNOTATSIYA:Ushbu maqolada kombinatorika masalalari haqida qisqacha 
    ma‘lumot berilgan. Boshlang`ich sinf matematika darsligida keltirilgan masalalar va
    ularni yechish metodikasi ko`rsatilgan. 
    Kalit so’zlar: Kombinatorika masalasi , kombinatsiyalari , B.Paskal, P.Ferma, 
    G.Leybnis, Y.Bernulli, L.Eyler . 
    Kombinatorika masalasi. Elementlarning turli kombinatsiyalari va ularning sonini 
    topish bilan bog`liq masalalar kombinatorika masalalari deyiladi. Bunday masalalar 
    matematika fanining tarmog`i — kombinatorikada o`rganiladi. Kombinatorika asosan, 
    XVII—XIX asrlarda mustaqil fan sifatida yuzaga kelgan bo`lib, uning rivojiga 
    B.Paskal, P.Ferma, G.Leybnis,Y.Bernulli, L.Eyler kabi olimlar katta hissa qo`shganlar. 
    Kombinatorikada, asosan, chekli to`plamlar, ularning qism to`plamlari, chekli to`plam 
    elementlaridan tuzilgan kortejlar va ularning sonini toppish masalalari o`rganilgani 
    uchun uni to`plamlar nazariyasining bir qismi sifatida qarash mumkin. Boshlang`ich 
    ta‘lim va sport-tarbiyaviy ish ta‘lim yonalishi talabalariga ―Boshlang`ich matematika 
    kursi nazariyasi‖ fanidan kambinatorika masalalari bo`yicha ma`ruzalar o`qimiz va 
    amaliy mashg`ulotlarida olgan bilimlarini mustaxkamlaymiz. Shu boyis ularni ertangi 
    kun boshlang`ich sinf o`qituvchilariga kerak bo`lgan bilmlarni beramiz. Bu yerda 
    olgan nazariy bilimlarini ertaga maktabda amalda foydalanadi. Quiyda 3 sinf 
    «SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 
    2019 yil nashir etilgan ―Matematika‖ darsligida keltirilgan kombinatorika, mantiqiy 
    masalalarga doir topshiriqlar berilgan .Kombinatorik va mantiqiy masalalar 
    1. Kombinatorik masalalarda berilgan topshiriqni nechta usulda bajarish mumkinligi 
    aniqlanadi. Masalan: 9, 0, 4 raqamlari berilgan. Bu raqamlardan foydalanib nechta 
    uch xonali son hosil qilish mumkin? Namuna: 409; 490; ... 
    2. Sinfda to`rtta o`quvchi bir-biri bilan qo`l berib ko`rishmoqda. Ko`rishishlar soni 
    nechta bo`ladi? Javobingizni tajribada tekshirib ko`ring. 
    3. Bo`rining inidan tulkining iniga 3 ta, tulkining inidan ayiqning iniga 2 ta yo`l bor. 
    Bo`ri mehmonga borish uchun tulki inidan o`tib, ayiqnikiga nechta yo`l orqali bora 
    oladi? Chizma chizib ko`rsating. 
    4. Qizil, sariq va oq gullar yonma-yon ochilib turibdi. Asalari har bir gulga faqat bir 
    marta qo`nishi mumkin. U hamma gullarni necha usulda aylanib chiqa oladi? 
    5. Katakcha o`rniga qaysi raqamni qo`yish mumkin? Javob variantlari nechta? 
    a) 2 ·( ) = 1 b) 4 ·( ) = 3 


     
    ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
     

     

    http://www.newjournal.org/

    Выпуск журнала № – 13
    Часть–2_ Январь–2023  
    20 
    2181-3187 
    c) 6 ·( )=4 d) 7 ·( ) = 4 
    6. To`rtburchak chizing. Uning burchaklarini A, B, D, E harflar yordamida belgilang. 
    To`rtburchakdagi harflarni shunday ketma-ketlikda yana necha usulda belgilash
    mumkin? Har bir usulni chizmada ko`rsating. 
    Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari bu berilgan topshiriqlarni yechibgina 
    qoymay, o`quvchilarga yechish metodikasini tushuntirish kerak. Bunday masala va 
    topshiriqlar o`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. Boshlang`ich sinflarda 
    kabinatorikaga tegishli bo`lgan masalalarni amaliy tarzda yechib ko`rsatiladi. Masalan 
    quyidagicha amaliy tarzda yechib ko`rsatishimiz mumkin. 4-masala. 
    1) oq, sariq, qizil 4) sariq, oq, qizil
    2) oq, qizil, sariq 5) qizil, sariq, oq
    3) sariq, qizil, oq 6) qizil, oq, sariq
    5-masala.
    a) 2·5=10 2·6=12 2·7=14 2·8=16 2·9=18
    b) 4·8=32 4·9=36
    c) 6·7=42 6·8=48
    d) 7·6=42 7·7=49
    6-masala. 
    1) ABCD 4) ACDB
    2) ABDC 5) ADBC
    A D 3) ACBD 6) ADCB 
    Biz A harfidan boshlanadigan 6 usulni keltirdik. Shunga uxshash B harfidan 
    boshlanadigan 6 usul, C harfidan boshlanadigan 6 usul, D harfidan boshlanadigan 6 
    usulda belgilash mumkin. Jami 24 usul bilan belgilaymiz. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‗latova M.I. Boshlang`ich matematika 
    kursi nazariyasi. Pedagogika oliy ta‘lim muassalari uchun
    2. S.Burxonov, O‗.Xudoyorov, Q.Norqulova, N. Ruzikulova, L.Goibova 
    ―Matematika‖ Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik «SHARQ» 
    nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 0.63 Mb.




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Образование наука и инновационные идеи в мире

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish