• Ext3 (Third Extended Filesystem)
  • Oddiy fayllar
  • Fayl tizimi - axborot tashuvchi yoki uni bo'limida ma'lumotlarga ruxsatni tashkillashtirish va saqlash usuli... Fayl




    Download 2.96 Mb.
    bet8/15
    Sana22.01.2023
    Hajmi2.96 Mb.
    #38936
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    OCHIQ KODLI OPERATSION TIZIM XAVFSIZLIGI FANIDAN YAKUNIY NAZORAT

    Fayl tizimi - axborot tashuvchi yoki uni bo'limida ma'lumotlarga ruxsatni tashkillashtirish va saqlash usuli...
    Fayl - bu o'zining nomiga ega axborot tashuvchilaridan biridagi ma'lumotlar alohida sohasidir.
    Biror vichester(qattiq disk) ga linux operastion tizimini o'rnatsangiz, albatta bu va boshqa ulangan vinchesterlar uchun fayl tizimini tanlashingiz zarur. Misol uchun Windows operastion tizimida asosan NTFS fayl tizimidan foydalaniladi, lekin boshqa(FAT32, FAT16) fayl tizimlari ham mavjud.
    Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o'rnatilishi mumkin.
    Ext – Linux operatsion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo'llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi.
    Ext2 – Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog'liq. Barcha disklarda bo'layotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, so'ng diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida tok biror sababga ko'ra o'chib qolsa, kesh xotiradagi barcha ma'lumotlarni yo'qotib qo'yishimiz mumkin bo'ladi.
    Ext3 (Third Extended Filesystem) – ext2 fayl tizimining yangilangan ko'rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo'llanilgan. Diskda sodir bo'lgan o'zgarishlarning barchasi "jurnallarga" yozib boriladi va ma'lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo'ladi.
    Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo'lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo'lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko'rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
    ReiserFS – Jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin.
    XFS – Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy meta ma'lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo'lganda jurnaldagi ma'lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
    JFS – bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma'lumotlardan iborat bo'lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin.

    29. Linuxda fayl toifalari.


    Fayl turi bizga faylda saqlangan kontent turini aniqlashga yordam beradi. Linux yetti xil turdagi fayllarni qo'llab- quvvatlaydi.
    l Oddiy fayllar - Matn, skript, rasm, video va h.k. kabi har xil turdagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.(belgisi: -)
    l Katalog fayllar - Boshqa fayllarning nomi va manzilini o'z ichiga oladi. (belgisi: d)
    l Blok (belgi - c) maxsus fayllar - Qattiq disklar, monitorlar va boshqalar kabi qurilma fayllarini ko'rsatadi. (belgisi: b)
    l Havola fayllar - Boshqa fayllarni ko'rsatadi yoki aks ettiradi. (belgisi: l)
    l Soket fayllar - Jarayonlararo aloqani ta'minlaydi. (belgisi: s)
    l Nomlangan pipe(quvur) fayllar - Jarayonlarga ma'lumotlarni boshqa jarayonlarga yuborishga yoki boshqa jarayonlardan ma'lumotlarni olishga ruxsat beradi. (belgisi: p)

    30. Linux operatsion tizimining qanday turlari mavjud.


    Debian, Gentoo, Ubuntu, Linux Mint, Red Hat Enterprise Linux, CentOS, Fedora, Kali Linux, Arch Linux, OpenSUSE
    Debian Deepin, Ubuntu va Mint kabi mashhur Linux distribyutorlarining onasi bo'lganligi bilan mashhur bo'lib, ular mustahkam ishlash, barqarorlik va misli ko'rilmagan foydalanuvchi tajribasini ta'minladi. Eng so'nggi barqaror versiya Debian 10.5 bo'lib, Debian Buster deb nomlanuvchi Debian 10 yangilanishi.

    Download 2.96 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 2.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fayl tizimi - axborot tashuvchi yoki uni bo'limida ma'lumotlarga ruxsatni tashkillashtirish va saqlash usuli... Fayl

    Download 2.96 Mb.