Oddiy invertorli TTM. Murakkab invertorli va Shottki barerli TTM.
Element ikkita mantiqiy kirishga ega bo‘lib, u ko‘p emitterli tranzistor (KET) asosida hosil qilingan tok qayta ulagichi va VT1 tranzistorli elektron kalit (invertor)dan tuzilgan.
KET TTM turdagi MElarning o‘ziga xos komponentasi hisoblanadi. U umumiy baza va umumiy kollektorga ega bo‘lgan tranzistorli tuzilmadir.
Standart sxemalarda kirishlar (emitterlar) soni KBIRL≤8. TTM elementlar tarkibidagi KET invers rejimda yoki to‘yinish rejimda ishlashi mumkin.
Sxemaning statik rejimini tahlil qilishda quyidagi soddalashtirishlar qabul qilingan, agar:
- p-n o‘tish orqali to‘g‘ri tok oqib o‘tayotgan bo‘lsa, u holda o‘tish ochiq va undagi kuchlanish U*=0,7 V;
- p-n o‘tish kuchlanishi teskari, yoki U* dan kichik bo‘lsa, u holda o‘tish berk va oqib o‘tayotgan tok nolga teng;
- tranzistor to‘yinish rejimida bo‘lsa, u holda kollektor – emitter oralig‘idagi kuchlanish U*KE.TO’Y=0,3 ÷ 0,4 V.
10.2.-rasm. Sxemaning statik rejimini tahlil qilish («0» uchun)
10.3.-rasm. Sxemaning statik rejimini tahlil qilish («1» uchun)
10.4.rasm. Murakkab invertorli TTM ME sxemasi
Murakkab invertorli TTM sxemasi amaliyotda keng qo‘llaniladi. U ikki taktli chiqish kaskadi (VT2 va VT3 tranzistorlar, R4 rezistor va VD diod), boshqariluvchi faza ajratuvchi kaskad (VT1 tranzistor, R2 va R3 rezistorlar) dan tashkil topgan.
10.5.-rasm. Sxemaning statik rejimini tahlil qilish («0» uchun)
10.6.-rasm. Sxemaning statik rejimini tahlil qilish («1» uchun)
TTM elementlari potentsial elementlar qatoriga kiradi: ular asosida kompyuter sxemalarini tuzishda ular o‘zaro galvanik bog‘lanadilar, ya’ni kondensator va transformatorlarsiz.
Mantiqiy 1 va mantiqiy 0 asimptotik qiymatlari U1 ≥ 2,4 B;
U0 ≤ 0,4 B, UQU =U1-U0 =2 V kuchlanishlar bilan ifodalanadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan seriyalar funktsional va texnik to‘liqlikka ega, ya’ni turli arifmetik va mantiqiy amallarni, xotirada saqlash, yordamchi va maxsus funktsiyalarni bajaradi.
Asosiy TTM turi bo‘lib mantiqiy qo‘paytirish inkori bilan ya’ni, HAM-EMAS amalini bajaradigan Sheffer elementi hisoblanadi.
Ikki kirishli Sheffer elementi (HAM-EMAS)
10.7.-rasm: HAM-EMAS MEning shartli belgilanishi
|