2.2.Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari.
Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z nutqini grammatika qoidala- riga muvofiq sur’atda, ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Gram- matikani o‘qib-o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik ji- hati qaror topib, nutqning morfologik jihati to‘g‘rilanib boradi, sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi. Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at boyligi ko‘payadi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi atamaning ma’nosi aniq, Ta’lim jarayonida o‘quvchi yozma nutqini to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi: o‘z fikrlarini yozma nutq bilan ham bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o'rganadi.
Yozma autqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
0‘quvchi ovoz chiqarib o‘qish, matnni aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqini qay darajada to‘g‘riligini, shu bilan birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarini to‘g‘ri va mustahkamligini ham nazorat qilib boradi.
Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lib, nutq vositasida o‘zaro aloqa bog‘lay olishi, fikrlay bilishidir. Turli tovushlarning ma’lum tartibda birgalashib, payvasta bo‘lib qo‘shilishidan yuzaga keladigan ma’noli nutq muayyan organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo‘ladi.
Nutq hosil bo‘lishida ishtirok etadigan organlaming jami nutq apparati deyiladi. Nutq apparati markaziy va periferik bo‘limlardan iborat. Nutq apparatining markaziy bo‘limiga bosh miya po‘stlog‘i, po'stloqdagi markazlar osti va o‘tkazuvchi asab tolalar kiradi.
Odam miya po‘stlog‘ining ma’lum qismi (miya chap yarim peshana qismining pastki tomondagi pushtlaming orqa qismi) shikastlansa bemorda nutq artikulatsiyasi, ya’ni nutq talaffuzi buzilib qolishini bundan yuz yil awal 1861-yilda Broka kashf etgan. Broka bunday miyaning ana shu qismi «so‘z obrazlarining motor, ya’ni harakatlantiruvchi markazidir», deb xulosa chiqargan edi. So‘zlar talaffuzining markazlari miyaning xuddi shu qismida joylashgandir. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin (1874-yilda) К. Vemike miya chap yarim shari tepa qismidagi pushtlarning orqa qismi shikastlanganda nutqni tushunish qobiliyati yo‘qoIib qolishini aniqladi va miya po‘stlog‘ining ana shu qismida «so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan degan xulosaga keldi. Bunday tadqiqotlar odamning nutq bilan bog‘langan hamma funksiyalarini psixologik va fiziologik jihatdan o‘rganishga aloqador bir qancha tekshirish ishlarini boshlab berdi. Shu ishlar natijasida nutq bilan bog‘liq bo‘lgan barcha psixofunksiyalar miya po‘stlog‘ining ma’lum qismlari ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi.
Ma’lumki, organizm atrofidagi muhit bilan doimo va mustahkam o‘zaro aloqada bo‘lmay turib yashay olmaydi. Organizmning shunday tashqi ta’sirlarga moslanishi, atrofdagi muhit bilan muvozanatda bo‘lishi asab sistemasi tufayli yuzaga chiqadi. Oliy darajadagi organizm bo‘lmish odamda tashqi muhit bilan bog‘lanish, aloqada bo‘lishning yangi shakllari vujudga kelib, qaror topib borgan. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozadi I. P. Pavlov, - odam darajasiga kelganda asab faoliyati mexanizmlariga juda ham katta qo‘shimcha qo‘shiladi»'.
Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lib, ikkinchi signal sistemasi yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bo‘ladi.
Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz «signallar- ning signallari» (I. P. Pavlov) tarzidagi so‘zlardan foydalanamiz, ya’ni so‘zlarni tanlaymiz va ularning ma’nosiga qarab tahlil qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim sharlarining po‘stlog‘ida amalga oshiriladi. Bolada ayrim tovush va fonemalar hayotining dastlabki oylarida paydo bo‘lsa-da, lekin ular hali tegishli signallar rolini o‘ynamaydi, ma’lum bir tushunchani, ma’noni ifoda qilmaydi. So‘zni, gapni talaffuz etish, narsalarning nomini, gaplardan iborat nutqni tushunish uchun miyada shartli aloqalar qaror topishi fiziologik korrelantlar paydo bo‘lishi, ya’ni miya faoliyatining tegishli mexanizmlari yuzaga kelishi lozim.
So‘nggi 40 yil mobaynida fiziologlar (P.K.Anoxin, NA.Bem- shteyn) hamda psixologlar (A.R. Luriya, A.N. Leontyev, E.G‘oziyev, D.N. Uznadze, AQSHda Dj. Miller va boshqalar) olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, nutq faoliyatining fiziologik asosini bunday tushunish uni butunlay ochib berib, talqin qilish uchun yetarli emas.
P. K. Anoxin tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar nuqtayi nazaridan qaraganda, nutq faoliyatining fiziologik asosini ixtisoslashgan funksional sistema yoki, aniqroq aytganda, bir necha funksional sistemalardan iborat murakkab uyushma tashkil etadi, bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan sistema bo‘lsa, boshqalari o‘zga faoliyatlari uchun ham xizmat qilaveradi. Funksional sistemalaming bunday uyushmalari ko‘p tomonlama va ko‘p darajalidir. Nutq jarayonini ta’minlashda «stimul-reaksiya» tipidagi juda sodda fiziologik mexanizmlar ham, nutq faoliyatining yuksak shakllari, masalan, ichdan programmalashtirib, nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning har xil darajasidagi maxsus mexanizmlari ham qatnashadi.
Eshituv analizatori tashqi, o‘rta, ichki quloq, ichki quloqdan boshlanadigan va asab qo‘zg‘alishlarini miyaga o‘tkazib beruvchi eshituv asab tolasi va bosh miyadagi eshituv markazlarini o‘z ichiga oladi. Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutib olish va yo‘nalishini aniqlashga xizmat qiladi, tashqi eshituv yo‘li ingichka tuklar bilan qoplangan kanaldan iborat bo‘lib, uzunligi kattalarda 2,5 sm ga boradi va quloqning tashqi chegarasi bo‘lmish quloq pardasi - nog‘ora parda bilan tutashib turadi. Quloq pardasi egiluvchan, elastik bo‘ladi, shunga ko‘ra tovush to'lqinlari ta’sirida tebranib, shu tebranishlarni buzmasdan takrorlaydi. Quloq pardasi kalla suyagining chekka qismida joylashgan o‘rta quloq bo‘shlig‘ining tashqi devorini hosil qiladi. Bu bo‘shliqda eshituv suyakchalari va shu bo‘shliqni burun- halqum bilan tutashtirib turadigan kanal - Yevstaxio nayi bor. 0‘rta quloqning ichki devorchasi ikkita darcha- oval darcha va yumaloq darcha bilan ichki quloqdan ajralib turadi. 0‘rta quloqdagi eshituv suyakchalari bolg‘acha, sandon va uzangi deb ataladigan uchta suyakchadan iborat. Bolg‘achaning dastasi quloq pardasiga yopishgan, boshchasi harakatchan bo‘lib, sandonga taqalib turadi. Sandon esa uzangi bilan tutashgan. Uzangining keng tarafi oval darchadagi pardaga yopishgan. Quloq pardasining tebranishlari eshituv suyakchalariga o‘tib, ularni ham harakatlantiradi, buning natijasida quloq pardasining hamma tebranishlari oval pardasiga ham tarqaladi.
Oval darcha yumaloq darcha bilan birgalikda ichki quloqqa tutashadi. Ichki quloq (labirint) chekka suyagining piramida degan qismida joylashgan bo‘lib, suyak labirint va uning ichidagi parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint devorchalari o‘rtasida kichik bir kamchak bo‘lib, u perelimfa degan suyuqlik bilan to‘la turadi. Parda labirint ichida ham suyuq bor, buni enfolimfa deyiladi.
Labirint dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallar degan qismlardan iborat. Labirintning yarim doira kanallari muvozanatni saqlash organi bo‘lib hisoblanadi. Asl eshituv organi chig‘anoqdir. U gajakka o‘xshab, 2,5 marta o‘ralgan suyak kanaldir. Uning ichida korti organi joylashgan. Korti organi tovushni sezuvchi moslama bo‘lib, miyadan keladigan eshituv asab tolalarining oxirlari shu organda tugaydi.
Eshituv sezishlari quyidagicha kelib chiqadi. Tovush to‘lqin- lari havo orqali tashqi eshituv yo‘liga kirib, quloq pardasiga uril- ganida uni tebratadi. Bu tebranish eshituv suyakchalariga o‘tib, ularni ham tebrantiradi. Eshituv suyakchalaridan uzangi oval darcha pardasiga taqalib turadigan bo‘lganidan shu parda ham tebranadi. Bu tebranish perelimfaga undan endolimfaga o‘tadi, endolimfa tebranganda chig‘anoqdagi korti organi tuklarni ham tebrantirib, shu yerdagi eshituv asab tolasi oxirlarini qo‘zg‘atadi. Bu asab tolalarda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘iga
eshituv analizatorining oliy markaziga yetib boradi va u yerda tahlil etilib, bizda Bolada nutq rivojlanib borishi, yuqorida aytilgandek, eshituv analizatori funksiyasiga, miyada bo‘lib o‘tadigan tahlil jarayonlarining takomillashib borishiga bevosita bog‘liqdir. Bola hayoti birinchi yilining oxirlari va butun ikkinchi yili nutq shakllanib qaror topib boradigan davridir. Bu davrda asl nutq apparati rivojlanib, takomillashib boradi va bosh miya po‘stlog‘idagi tegishli Asl nutq apparati: 1) nafas a’zolari; 2) hiqildoq; 3) artiku- latsion apparatlardan tashkil topgan. Nutqiy tovushlami hosil qiluvchi vosita o‘pkadan nafas yo‘llari orqali chiqib, hiqildoqqa va undan og‘iz bo‘shlig‘i, ba’zan burun bo‘shlig‘iga o‘tadigan havo oqimidir. Demak, o‘pka nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan Ovoz hiqildoqda hosil bo‘ladi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylash- gan elastik, yupqa tovush boylamlari mavjud bo‘lib, bular so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqadigan havo oqimining kuchi bilan tebranadi, shularning tebranishida ovoz hosil bo‘ladi. Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi ana shu tovush boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. Jarangsiz undoshlar hosil bo‘lishida bu boylamlar tebranmaydi, ularning orqasi ochiq turadi: orasi yopiq bo‘lsa havo oqimi ularning orasidan o‘tadi va ovozdor: unli, sonor, jarangli undosh tovushlar hosil bo'ladi.
Tovush boylamlarining tebranishi natijasida hosil bo‘lgan ovoz kuchsiz, past, noaniq bo‘ladi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘i - nutq rezonatori, ya’ni ovozni kuchaytirib beradigan joydir. Og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolarning turlicha harakati va holati tufayli xilma-xil tovushlar hosil bo‘ladi. Nutq organlarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulatsiya degan atama bilan belgilanadi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol organ tildir. Til o‘zining harakatchanligi bilan tovush hosil qilishda boshqa nutq organlariga nisbatan kattaroq vazifani bajaradi. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til (lak-luk), tovush boylamlari - faol organlar deb; tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i - nofaol organlar deb sanaladi. Hiqildoq orqali o‘tgan havo oqimi til, tanglay yoki ikki labning to‘siqligiga duch kelib, shovqin hosil bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i pastki harakati bilan keng va tor holatga o‘tib turadi. Til bilan tanglayning nutq tovushi hosil qilishidagi harakatini aniq belgilash maqsadida bularning har biri bir necha qismga bo‘linadi: til oldi, til o‘rtasi va til orqasi; tanglay oldi yoki qattiq tanglay va tanglay orqasi yoki yumshoq tanglay. Til og‘iz bo‘shlig‘ida gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakat qiladi: tilning oldinga - milkka va orqaga qarab siljib turishi gorizontal yo‘nalishdagi, tanglayga tomon yuqori ko‘tarilishi va undan past tushishi vertikal yo‘nalishdagi harakatdir. So‘zlash paytida lablar turlicha harakat qiladi: cho‘chchayadi, pastki lab ustki labga yo tishlarga tegadi va hokazo. U yoki bu nutq organining tovush hosil qilishida faol qatnashgan qismi artikulatsiya o‘rni bo‘ladi. Masalan, tilning old qismi oldingi tish milkka tegishi yoki yaqinlashishi bilan «D», «Т», «Z», «J», «SH» kabi tovushlar paydo bo‘ladi, demak, bunday tovushlarning artikulatsiya o‘rni til oldidir. Pastki labning ustki tishlarga sal tegishi bilan «F» tovushi hosil bo‘ladi, «F» undoshning artikulatsiya o‘rni lab va tishlardir.
Artikulatsiya o‘rni va usuli nutq tovushlarini tasvirlash, tasniflash, logopedik Nutq apparatining tuzilishi va faoliyatida turli xil kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Tilning tuzilishi yoki harakatchanligida kuzatilishi mumkin bo‘lgan nuqsonlari
Xulosa
O‘zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.
Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar».Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar». Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad - vazifani hal etishda til- shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suya-nibishko‘radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qism- lari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikmi og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og‘zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqt- da nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani tarbiyalaydi; tarbiyalanuv- chilar yo‘lini yoritadi ham. Logopediya - maxsus pedagogika - korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak.
Logoped bolalaming psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasi- ni uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini tola jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarining (mashq, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, gram- matik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o'qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshi- tib, yozganlarini ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o‘zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o‘zlashtirib boradilar
|