|
II.BOB.NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI
|
bet | 3/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 137,5 Kb. | | #254197 |
Bog'liq ODINOVA DILNOZ11II.BOB.NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI
2.1. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning
ilmiy asosi
Bu psixologik vaziyatni inkor etmagan holda, bolani u ona tilini o‘zlashtirish uchun borgan yo‘ldan olib borish zarur.
Yangi bilimlar va harakatlarni o‘zlashtirishni boshqarish konsepsiyasi (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosida ta’lim berilayotgan bolani (o‘quvchini) harakatlarning alohida namunalarini namoyish qilish emas, balki umumlashtirilgan usullari bilan tanishtirish samarali metod hisoblanadi. Bu eng avvalo, shuni anglatadiki, o‘quvchiga u yoki bu til hodisasini shunchaki majburlash, shunchaki qandaydir til mashqlarini bajarishni buyurish, shunchaki «berilgan mavzu asosida suhbatlashish»ni taklif qilish emas, balki bolani (o‘quvchini) tegishli faoliyatga jalb qilgan holda, ushbu faoliyatning motivini kafolatlash lozim.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj har doim muayyan vaziyatda yuzaga keladi. Nutqiy harakat muayyan maqsadda amalga oshiriladi, ya’ni so‘zlayotib, biz suhbatdoshimizga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishni ko‘zlaymiz.
Nutqiy harakat alohida operatsiyalardan, eng avvalo biz istayotgan fikrni bera oladigan so‘zlarni tanlashdan iboratdir. Har qanday til so‘zlari minglab kombinatsiyalarga birlashishi mumkin va so‘zlovchi bu so‘zlarni mazkur fikrni, ya’ni fikr konstruksiyasini berish uchun bir-biri bilan bog‘lash, gap tuzish uchun zarur bo‘lgan grammatik elementlarni (qo‘shimcha, old qo‘shimcha, suffikslar) tanlash imkonini beradigan usulni topishi zarur. Fikr bildirish jarayoni kerakli tovushlarni va ularning birikmalarini talaffuz qilish, fikrlarni kerakli ohangda aytish bilan nihoyasiga etadi.
Fikrni hosil qilish jarayonida ushbu operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. Ammo ularni ham tahlil qilish, ham o‘qitish maqsadlarida ajratish zarur, chunki ulardan birini amalga oshirishni bilmaslik noto‘g‘ri fikr hosil qilishga yoki uni umuman hosil qila olmaslikka olib keladi. Nutqiy faoliyat motivlari va maqsadlari doimo nutqdan tashqarida yotadi; biron narsani aytish istagi, bundan ko‘zlangan maqsad odatda, biron-bir nutqiy faoliyat – o‘yinlar, ta’lim, mehnat va hokazolar doirasidagi muloqotlarda vujudga keladi.
So‘zlar tartibini, ularning fikrdagi bog‘lanishini tanlashdan tashqari «grammatik mashqlar»ni ham bajarish lozim. Rus tilida iltimosni (buyruqni) ifodalash, harakatga undash uchun buyruq mayli f’elining maxsus shakli bo‘lmish – day foydalanidadi. Xushmuomalalik talablari mazkur fe’lni ko‘plik son shaklida qo‘llashni talab qiladi, buning uchun alohida grammatik element zarur – day – te.
Hattoki, eng oddiy fikrni hosil qilish jarayoni ham murakkab va ko‘p bosqichlidir. Boshqa kishi bildirgan fikrni qabul qilish va tushunish jarayoni ham shu tarzda kechadi. Tinglash, tushunish va so‘zlash - aynan bir nutqiy faoliyatning uch turi bo‘lib, ular o‘xshash ichki psixologik tabiatga ega va aynan bir xil sharoitlarni talab qiladi. Fikrni hosil qilish ham va uni qabul qilish ham ichki nutq ishtirokida ro‘y beradi. So‘zlash va nutqni tushunish til tizimini, ya’ni mazkur til muayyan til hodisalarini va borliq munosabatlarini beradigan usullar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Nutqiy ko‘nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, hali uchramagan til birliklariga oson ko‘chib o‘tadi. Bu «Til sezgisi» deb ataladigan va nutqda to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratib olish hamda nutqiy ko‘nikmalarni notanish materialda qo‘llash, uni darhol tahlil qilish, yangilikni til ko‘rinishlarining ma’lum bo‘lgan biron-bir toifasiga o‘tkazish (masalan, yangi so‘zning turini, uning sonini, fe’l turlarini aniqlash va boshq.) imkonini beruvchi hodisadir.
Nutqiy muloqot til birliklarini fikrga aylantirishni nazarda tutadi. Nutqiy muloqotning doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlari bizni hali uchramagan iboralar hamda ularning kombinatsiyalari, majmualar, matnlarni yaratish va qabul qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vaziyatning o‘zgarishi yangi fikrlarning paydo bo‘lishi, demak, uni til vositalari orqali ifodalashni talab qilishi bilan bog‘liqdir. Aynan muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda nutqiy qarorni topa olish qobiliyatini shakllantirish o‘zga tilni o‘rgatishdagi eng qiyin va ayni paytda zarur vazifadir.
Nutqiy faoliyatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari yoshdan qat’iy nazar, chet tiliga o‘qitishning asosiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlarini tashkil qiladi. Bu – so‘z va harakat birligi, nutqni tushunish va uni hosil qilishdagi nutqiy malaka va ko‘nikmalarning tabaqalashuvi; operatsiyalar va harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish; yakka va jamoaviy topshiriqlarni navbatma-navbat berish, vaziyatlilik va ko‘rgazmaviylikka tayanish; motivlilik; maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan o‘rganuvchining katta yoshli odamga – o‘rgatayotgan til egasiga bo‘lgan ijobiy munosabatidir.
Nutqiy funksiyaning qayd etib o‘tilgan xususiyatlari bolalikda bolaning tilni qanchalik engil va oson o‘zlashtirishini belgilab beradi.
Mamlakatimizda va chet el maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zga til sifatida rus tilini o‘qitish borasidagi tajribalari (F.R.Qodirova, 1989; R.M.Qodirova,1990; G.Jumasheva, 1996; L.R.Mirjalolova, 2002; N.SH.Nurmuhamedova, 2004; A.M.SHaxnorovich, 1993; E.YU.Protasova, 1996 va boshq.) shuni ko‘rsatdiki, rus tilining bironta ham konstruksiyasi darhol va to‘liq o‘zlashtirilishi mumkin emas, bu amaliy malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallashning uzoqqa cho‘ziladigan va murakkab jarayonidir: nutq oqimida konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyaga kiruvchi so‘zlar qo‘shilgan munosabatlarnigina tushunish; kerakli so‘z shakllarini hosil qila olish qobiliyati; masalan, mustaqil so‘zlarni (otlarni) olmoshlar bilan, savol bo‘lmagan so‘zlarni so‘roq so‘zlar bilan o‘rnini almashtirish orqali bu konstruksiyalarni o‘zgartira olish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshqa tilni (rus, o‘zbek, ingliz va boshq.) o‘qitish jarayonini yosh xususiyatlarini, ta’limning psixologiya, pedagogikaga oid tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bo‘lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Folklor asarlari, bolalar adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmunning yosh qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlanishiga o‘ziga xos misol bo‘la oladi.
Nutqiy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni (rus, o‘zbek va boshq.) o‘qitish metodikasi uchun zarur bo‘lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- Ta’limning boshidan boshlab so‘zlash va tushunishning faol jarayoni sifatida bolalarning o‘rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini shakllantirish zarur.
Bu talab shuning uchunki, so‘zlash va tushunish bitta umumiy psixologik asosga – til qobiliyatiga ega (qisman bir-biriga mos keluvchi ichki jarayonlar).
- Ta’lim metodikasi nutqiy harakat tamoyillariga asoslanmog‘i lozim. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday nutq tovushlarini talaffuz qilish ham nutq bo‘lavermaydi (garchi bu yaxlit matnlar bo‘lsa ham). Bolaning o‘rganilayotgan tilda aytayotgan so‘zlari faqat bir qator shart-sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina nutqiy harakat natijasi bo‘ladi: o‘rganuvchida ichki motiv (nima uchun u buni aytishi kerak), maqsad (nima uchun buni aytish lozim, buni aytish natijasida nima ro‘y beradi), fikr (qaysi mazmunni so‘z bilan aytish kerak) bo‘lishi lozim.
- O‘quv jarayonini shunday qurish lozimki, unda bola harakatlari ta’limning har bir daqiqasida haqiqatdan ham nutqiy bo‘lsin.
- Metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish natijasida bolalarda o‘rganilayotgan til materialida ularsiz har qanday, hattoki eng oddiy fikrni ham tuzishning (so‘zlarni tanlash, ularni o‘zgartirish, konstruksiyani tanlash, «grammatik majburiyatlar»ga rioya qilish, ushbu grammatik majburiyatlarga muvofiq holda so‘zlarni o‘zgartirish va boshq.) imkoni bo‘lmagan nutqiy ko‘nikmalar shakllantirilishi mumkin.
Nutqiy ko‘nikma faqat yangi, bola hali uchramagan so‘zlar va nutqiy vaziyatlarga ko‘chirilgan taqdirdagina shakllantirilgan, deb hisoblanishi mumkin.
O‘zga tilni o‘qitishning maktabgacha davrida o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishning dastlabki ko‘nikmalari, nutqiy vaziyatda yo‘nalish topa olish ko‘nikmasi, ushbu vaziyat asosida mazmuni va nutqiy ifodalanishi jihatdan eng oddiy fikrni yaratish ko‘nikmalari hosil qilinishi darkor. Aks holda, ta’lim tayyor ibora va dialoglarni qotib qolgan va shuning uchun sun’iy bo‘lgan vaziyatlarda yod olishdan iborat bo‘lib qoladi va bunda bola o‘rganilayotgan tilda real muloqot qilish sharoitlarida ilojsiz bo‘lib qoladi.
F.R.Qodirova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda nutqli vazifalar qo‘yilgan ijodiy o‘yinli mashqlar asosida bolalarning o‘zga (rus, o‘zbek) tilni bilish darajasi keltirilgan. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (katta guruh) bilan uchta leksik mavzu, ya’ni: «O‘yinchoqlar», «Hayvonlar» (uy va yovvoyi hayvonlar), «Gullar» (jami 7 ta mashq) bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabga tayyorlash guruhi) bilan quyidagi uchta leksik mavzu, ya’ni «Bizning uyimiz», «Bayramlar va dam olish», «Yil fasllari» mavzulari bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi.
Bolalar nutqini tadqiq etish chog‘ida maktabgacha yoshda so‘z ustida ishlashni bolalar nutqi tuzilmasini rivojlantirishning muhim sharti, deb hisoblaydigan O.S.Ushakova va E.M.Strunina (semantik metod) metodikalaridan foydalanildi. Mazkur ish ular tomonidan boshqa nutqiy vazifalarni hal etish bilan o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. So‘zni erkin egallash, uning mazmunini tushunish, so‘zni qo‘llashning aniqligi grammatik tuzumni, tovushli nutqni o‘zlashtirishning, shuningdek, ravon fikrni mustaqil tuza olish qobiliyatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. BOLALAR NUTQI GRAMMATIK TUZILISHINING O‘SISHI
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab bosh kelishikda keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi. Bolalarning dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Bu gap ularda bir necha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola «koptok» der ekan, bunda «kop- tokni menga ber», «ana koptok» degan va boshqa ma’nolarni ifo- dalashi mumkin.
Lekin bola bir yarim yoshga to‘lgandan keyin, ayniqsa 3 yoshga qadam qo‘yganda ona tilisining Grammatik tuzilishini tez- da egallay boshlaydi.
Bola «oz» va «ко‘р» tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi, 2 yoshga yaqinlashganda «katta» va «kichik» tushunchasini ham farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o‘rniga tushum kelishigi qo‘shimchasini ishlatadi (bizani uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladilar. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o‘zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to‘lganida sodda gaplarni to‘g‘ri tuzib ga- pirishni o‘rganadi. Endi bola o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu paytdagi biror ish-harakat bilan bilvosita bog‘langan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydiki, bu xildagi nutq tasavvurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir.
Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda ak- sari o‘zicha so‘z yasash hodisasi ko‘riladi, masalan, bu yoshdagi bolalar o'zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar: non - nanna, osh - ashsha va hokazo. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalaming kattalardan eshitgan so‘zlarnigina takrorlab qolmasdan, balki shu tariqa o‘zlaricha so‘z yasash grammatik shakllarini ham egallay boshlaganini ko‘rsatuvchi belgidir.
Bola yetti yoshga to‘lganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi deyish mumkin. Bu esa keyinchalik savod chiqarish va til grammatikasini o‘rganishga imkon beradi.
|
| |