|
Offis dasturi va uning yangi imkoniyatlariBog'liq 177-182
Microsoft Power Point
,
Microsoft FrontPage
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta’minlaydi.
Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta
ishlash, illustrasiya, video ma’lumotlarni qayta ishlash, audio ma’lumotlarni qayta
ishlash, aloqa o’rnatish, hisob – kitob ishlari kabi amallar misol bo’la oladi Amaliy
dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office
paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va er yuzining barcha
davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda.
Microsoft Office – Microsoft korparatsiyasi tomonidan – Microsoft
Windows, Windows Phone, Android,OS X, iOs operatsion tizimlari uchun yaratilgan
idora dasturlari to’plamidir. Ushbu to’plam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn,
jadval, ma]lumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy
ta’minot kiradi.
Microsoft Office dasturlar paketi o’z ichiga bir necha amaliy dasturlarni
mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muxarriri, Microsoft Excel
elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma’lumotlar
ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express
elektron pochta orqali ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan
dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o’tilgan barcha dastular yoki hech bo’lmaganda bittasi
o’rnatilishi kerak bo’lsa u holda Microsoft Office paketi inisializasiya qilinadi.
Inisializasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o’rnatilgandan keyingina
amalga oshiriladi. Sababi o’rnatilishi kerak bo’lgan paket Windows muhitiga
moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to’liq qondira oladi.
|
| |