• Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qish dir.
  • To’g’ri o’qish.
  • ADABIYOTLAR
  • Oits ortirilgan immun tanqisligi sindromi




    Download 57,71 Kb.
    bet3/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi57,71 Kb.
    #250542
    1   2   3
    Bog'liq
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IFODALI O‘QISHGA O‘RGATISH

    Ifodali o’qish.

    • Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi.
    • Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To’xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi.

    Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir.

    • Masalan, 3-sinfda X. To’xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga SHavkatning javoblari yoki S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.

    To’g’ri o’qish.

    • To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi.
    • To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’liq..
    • O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitishi yaxshi natija beradi.

    ADABIYOTLAR:

    • S. Matchonov va boshq. o’qish darslari.  T.: Yangiyul poligraph service, 2007.
    • S. Matchonov va boshq. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.  T.: Yangiyul poligraph service, 2008.
    • S. Matchonov, X. G’ulomova. Nutq madaniyati. //Boshl. ta’l. jurnali.  Toshkent, 2000.  №1. 8-10-betlar.

    Download 57,71 Kb.
    1   2   3




    Download 57,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oits ortirilgan immun tanqisligi sindromi

    Download 57,71 Kb.