Oksidlanishli
fosforlanish
Oksidlanishli fosforlanish — tirik
organizmlarda organik kislotalar
(substratlar)ning oksidlanishi natijasida
hosil boʻlgan energiya hisobiga
adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat
kislotadan adezontrifosfat kislotaning
(ATF) sintezlanish jarayoni. Bu koʻpincha
nafas olish zanjiridagi fosforlanish deb
ham ataladi. Oksidlanishli fosforlanish
natijasida xujay-rada koʻp miqdorda
energiyaga boy makroergik birikma —
ATF toʻplanadi. ATF energiyasi
keyinchalik hujayrada sodir boʻladigan
barcha hayotiy jarayonlarni energiya bilan
taʼminlaydi. Oksidlanishli
fosforlanishning asosiy substratlari
Krebs siklila hosil boʻladigan organik
kislotalardir. Oksidlanish bilan bogʻliq
boʻlgan fosforlanish jarayonini rus olimi
V. A. Engelgardt kashf etgan (1930).
Nafas olish bilan bogʻliq boʻlgan
fosforlanish jarayoni esa rus olimlari V. A.
Belitser va Ye. T.Sibakovalar tomonidan
ochilgan (1939). Keyinchalik A. Leninjer
(AQSH) bu jarayon nafas olish zanjirida
elektronlarning koʻchirilishi bilan bogʻliq
ekanligini koʻrsatdi. Elektronlar nafas
olish zanjiriga qaytarilgan nikotinamida
denindinukleotid (NADN2) yoki
nikotinamida denindinukleotidfosfat
(NADFN2) dan keladi; koferment Q orkali
ketma-ket ravishda potensiali manfiy
boʻlgan birikmalardan musbat potensialli
birikmalarga koʻchiriladi. Nafas olish
zanjiri orqali elektronlarning koʻchirilishi
kislorodning qaytarilishi va suv
molekulasining hosil boʻlishi bilan
tugalla-nadi. Bu oxirgi jarayon murakkab
tuzilishga ega boʻlgan sitoxromoksidaza
fermenti yordamida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, substratlarning kislorod
yordamida oksidlanishi bir qator
oksidlanish va fosforlanish reaksiyalari
bilan bogʻlangan boʻlib, bu
reaksiyalarning har biri uchun
oksidlanayotgan substratning
molekulasida toʻplangan energiya
ozozdan ajralib turadi va bu energiyadan
hujayra toʻliq foydalanishi uchun
imkoniyat yaratiladi. Ajralib chiqqan
energiyaning foydali energiyaga aylanishi
"fosforlanish nuktalari" deb ataluvchi
qismlarda sodir boʻladi. ATFning hosil
boʻlishi ATF sintetaza fermentlari
majmuasi yordamida amalga oshiriladi.
Bu reaksiya qaytar harakterga ega boʻlib,
teskari reaksiya, yaʼni ATFning
parchalanishini ham amalga oshiradi.
Oksidlanishli fosforlanish jarayonini
miqdor jihatdan ifodalovchi kattalik
Fan/O koeffitsiyenti boʻlib, u ATF hosil
qilish uchun sarflangan fosfor atomlari
miqdorining mitoxondriy tomonidan
yutilgan kislorod atomlari miqdoriga
boʻlgan nisbatini bildiradi. Bu
koeffitsiyent kattaligi oksidlanayotgan
substratning harakteriga, hujayraning
fiziologik holatiga va hujayra muhitining
tarkibiga bogʻliq. Nafas olish zanjiridagi
fosforlanishning maksimal
samaradorligi, yaʼni Ra„/O qiymati
substrat NADN2 boʻlganida 3 ga,
suksinat kislotada — 2 ga teng.
Nafas olish zanjiridagi fosforlanish
jarayonining molekulyar mexanizmlari,
yaʼni oksidlanish reaksiyalari natijasida
ajraladigan energiyaning ATF
molekulalarida toʻplanish mexanizmlari
ingliz olimi P. Mitgell tomonidan
aniklangan. Uning xemios-motik
nazariyasiga kura, oksidlanish va
fosforlanish jarayonlari mitoxondriyaning
ichki membranalarida hosil boʻla-digan
vodorod ionlarining elektroki-myoviy
potensiali orqali oʻzaro bogʻlanadi. Nafas
olish zanjiri boʻylab elektronlarning
koʻchirilishi 3 ta bosqichda (bogʻlanish
nuktalarida) energiya ajralishi bilan
boradi. Ajralgan energiya ionlarning
elektrokimyoviy gradiyenti shaklida
(Dsn+) boʻladi. Keyinchalik undan ATF
vujudga keladi yoki hujayraning energiya
talab qiluvchi ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-
toʻgʻri foydalaniladi.
Abdukarim Zikiryoyev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentyabr 2022, 14:53 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Oksidlanishli_fosforlanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Oksidlanishli_fosforlanish
&oldid=2851133
" dan olindi
|