O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimiga doir ma’lumotlarni yoritishdan oldin o‘lchashlar va birlik etalonlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni qarab chiqamiz.
O‘lchov bu berilgan noaniq qiymatni oldindan birlik qilib qabul qilingan etalonlardan biri bilan solishtirishdir. O‘lchov bizga berilgan o‘lchanadigan kattalikni mikdoriy tavsiflashga imkon beradi. O‘lchov muxandislik va ilmiy soxalarda muxim ro‘l o‘ynaydi
O‘lchashlar birliligiga erishish mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha bajaradigan ishlarning asosidir. O‘lchashlar birliligini ta’minlash dunyodagi har bir mamlakat uchun davlat ahamiyatidagi masaladir. Ma’lumki, o‘lchashlar birliligi O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi.
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
nazariy metrologiya
qonuniy metrologiya
amaliy metrologiya;
O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 bo‘limdan iborat:
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ular kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan.
− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usullarining qonuniyligini o‘rnatish tizimi.
− Birliklar o‘lchamligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan o‘lchash vositalariga uzatish tizimi
Tarixdan ko'plab massa o'lchovlari turli o'simliklar - don ( urug'i ) massasi: bug'doy, arpa ( qarang. gran ), ba'zi dukkaklilar, guruch, tariq, xantal, ba'zi kaktuslar ning standart og'irligining ko'paytmalari edi [1] .
Mashhur massa o'lchovi tangalar edi. Ular ma'lum belgilangan og'irlikka ega va odamlarning yonida olib yurish qulay edi. Shuning uchun "oltin / kumushdan qimmatroq" degan narh qiymatiga baho berish tushsunchasi yuzaga kelgan.
|