• II. Amaliy topshiriq Ishlab chiqarishdagi yoritilganlikni hisoblash
  • Portlash xavfi bor xududlar (zonalar) ning nechta sinfi mavjud va ular nima asosda o’rnatiladi?




    Download 2,98 Mb.
    bet2/2
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,98 Mb.
    #123094
    1   2
    Bog'liq
    1-top 26-var\'

    92. Portlash xavfi bor xududlar (zonalar) ning nechta sinfi mavjud va ular nima asosda o’rnatiladi?
    Javob: Texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24 - 86. 1.2.3) va qurilish qoidalari hamda me’yorlari (KMK.2. 01.02 - 85) ga binoan sanoat korxonalari hamda omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5 ta toifaga bo’linadi, jumladan. A, B, D, E va F. Bularning A va В toifalari yonish va portlashga moyil. D va E toifalari esa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. F toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas. Sanoat inshootlarining bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan yengil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug‘lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muhitni hosil qiluvchi agregat holati va ulaming alangalanish harorati (Ta) ga binoan amalga oshirilgan.
    A-toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan past bo‘lgan, yonuvchi gaz va yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo'ladigan korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
    B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo'lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan yuqori bo'lgan, yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari, yonuvchi chang va gaziar, havodagi kislorod suv bilan qo'shilganda xavfli portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo'lib, ular yong'inda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo'ladi. Bunga ammiak ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko'rsatish mumkin.
    D-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va В toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan, chaqnab yonish harorati 120°C dan yuqori bo'lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda har xil yoqilg'i moddalar ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog'ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qog'oz, karton, to'l qog'oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko'rsatish mumkin.
    E-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho'g'langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug'xonalar misol bo'la oladi.
    F-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan hamda saqlanadigan sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari shular jumlasidandir.
    II. Amaliy topshiriq


    Ishlab chiqarishdagi yoritilganlikni hisoblash




    Download 2,98 Mb.
    1   2




    Download 2,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Portlash xavfi bor xududlar (zonalar) ning nechta sinfi mavjud va ular nima asosda o’rnatiladi?

    Download 2,98 Mb.