• Ustuvor ekstensiv Iqtisodiy o’sish
  • Tovar ishlab chiqarish
  • Bozor
  • Bozor sub’ekti
  • Ekstensiv Iqtisodiy o’sish




    Download 1,05 Mb.
    bet101/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Ekstensiv Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishga qo’shimcha Iqtisodiy resurslar jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
    Intensiv Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarish omillarining rivojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
    Ustuvor ekstensiv Iqtisodiy o’sish - Iqtisodiy o’sishda ekstensiv omillarning ustuvor o’rniga ega ekanligini bildiradi.
    Ustuvor intensiv Iqtisodiy o’sish - Iqtisodiy o’sish intensiv omillarning yuqori o’rniga egaligini bildiradi.
    Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.
    Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
    Bozor Iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir.
    Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
    Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
    Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
    Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
    Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
    O’tish davri – bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi Iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.

    Download 1,05 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




    Download 1,05 Mb.