«TONG» OAJ uchun «TOVAR-BOZOR» matritsasi bo’yicha imkoniyatlar




Download 1,05 Mb.
bet20/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

«TONG» OAJ uchun «TOVAR-BOZOR» matritsasi bo’yicha imkoniyatlar


      1. jadval

Tovar


Bozor

Eski

Yangi

Eski

1.Bozorda chuqurroq urnashish

2.MDX mamlakatlari

Korxona
uchun yangi tovar

3.Iste’molchi ishonchini qozonish

4.Yangi bozor segmentini tanlash va masulotni joylashtirish

Bozor uchun
yangi tovar

5.Ushbu bozordan qochish

6.Hukmronlikka ega bo’lish

Ushbujadvaldankurinibturibdikiundakorxonaganisbatantovaryangiligininguchta: eskitovar, korxonauchunyangitovar,bozoruchunyangitovargradiatsiyasibelgilangan. Matritsada diversifikatsiya strategiyasi alohida karalmaydi, chunki ikkinchi va uchinchi katorlardagi barcha strategiyalar diversifikatsiyani ifodalaydi.


Korxonaning muayyan imkoniyatlari bo’yicha xujalik portfelini tahlilqilishorqali u yoki bu darajada samarador bo’lgan ishlab chiqarish kulamini aniqlash xamda ularning xar biriga doir qanday ishlarni amalga oshirish va kaysi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni aniqlash imkonini beradi.
SHuningdek, olingan ma’lumotlarni tahlilqilish natijalariga asoslanib, korxonaning bozor hajmini, uning o’sish sur’atini, moliyaviy axvolini raqobatga bardoshliligini assortiment siyosatini o’rganish natijalariga tayangan xolda tikuvchilik korxonasi uchun marketing strategiyasi majmuini kurib chiqishda maxsus «iste’molchi talabi korxonasi imkoniyati» matritsasidan foydalanishni samarali deb xisoblaymiz. Mazkur matritsadan foydalangan xolda, korxona iste’molchilari talabidan kelib chikib, uni qondirish borasida uz imkoniyati doirasida ishlab chiqarish faoliyatining strategik yunalishini belgilash mumkin. Ushbu matritsa tovar assortimentini takomilashtirish bo’yicha strategik maqsadlarni amalga oshirish chora tadbirlarini xam o’z ichiga oladi.
SHunday qilib, bozor kon’yunkturasi va iste’mol bozoridagi haridorlar xatti harakatini atroflicha o’rganish, korxona ishlab chikarayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligini ojiz va kuchli tomonlarini o’rganish natijalariga asoslanib o’rganilayotgan tikuvchilik korxonasi rivojlanishi bo’yicha ishlab «chikilgan iste’mol talabi korxona imkoniyati» takomillashtirilgan «tovar-bozor» matritsalari bozor
uzgaruvchanligiga moslanuvchan tizim doirasida iste’molchilar talabiga mos tikuv buyumlari ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.
«Tovar-bozor» matritsalari yengil sanoat korxonalarida maketing xizmatini tashkil etishning «tovar-bozor» tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqishga asos bo’ladi. Marketing xizmatini tashkil etishning «funktsional-tovar» shaklidan «tovar-bozor» shakliga utilishi bozor kon’yunkturasini atroflicha tadkik etish, iste’molchilar hatti-harakatidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda ular talabini tularok qondirishni ta’minlaydigan keng assortimentdagi yuqori sifatli tikuv buyumlarini ishlab chiqarishga asos bo’ladi. Marketing xizmati bulimlari oldiga ko’yilgan vazifa va ularning bajarilishdagi tegishli vazifalar kulamini baholashmaqsadida, tadkikot jarayonida ushbu urganilayotgan ob’ekt marketing xizmati uchun «funktsiya maqsad» matritsasi xam tuzildi.
Yaratilgan usul va uslublar, matritsalardan yengil sanoat tarmogining barcha buginlarida keng mikyosda samarali foydalanish mumkin.

Raqobat va monopoliyalar nisbatini tartibga solishning iqtisodiy-xukukiy asoslari Uzbekistonda mustakillikning lastlabki davridayok monopoliyagp. karshi va raqobat siyosatining huquqiy me’yoriy bazasini yaratish vazifasi belgilab olindi. Qonunchilikni shakllantirishning asosiy poydevori-respublika iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish davridagi holati qamda ushbu sohada chet mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va 1992 yilning iyunь oyida qabul qilingan «Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonun hisoblanadi.


O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlantirishda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirishning o’ta dolzarb vazifalaridan ekanligi, yangi Fuqorolik kodeksining qabul qilinishi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish ko’mitasining tashkil qilinishi mamlakat monopoliyaga qarshi konunchilikni yanada takomillatirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
SHu nuqtaiy nazardan, bularning barchasi Oliy Majlis tomonidan 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonunning qabul qilinishiga asosiy turtki bo’ldi.
Ushbu qonunda asosan ikkita muhim yo’nalishlar, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning printspial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda xukumronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan.
1999 yilning dekabr oyida ushbu qonunga o’zgartirishlar kiritildi.
Uzbekiston Respublikasining Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risidagi qonuni monopolistik faoliyati va g’irrom raqobatni oldini olish, uni cheklash, to’xtatishningtashkiliy va huquqiy asoslari belgilab beradi va respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakillantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
1997 yilning aprel oyida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonuni Respublikada tabiiy monopoliyalarga nisbatan
davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beradi va iste’molchilar va tabiiy monopoliya ub’ektlari manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgandir.
Tabiiy monopoliya tarmoqlari odatda boshqa tarmoqlar va sohalardagi tovarlar va xizmatlarning narxlariga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar.
SHuning uchun tabiiy monopoliyalar sohalarida narxlarni shakllanishini mahsulot va xizmatlar birligini tannarxini pasaytirish, soliqlarni oqilona hajmlarini belgilash, mahsulot va xizmatlarning narxlari va tariflarini pasaytirish, ularning sifatini yaxshilash ustidan nazoratini olib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu qonunchilikka asosat respublikada tabiiy monopoliyalarga qo’yidagilar kiradi: neft, gaz, ko’mir qazib chiqarish, elektr va issiqlik energiyasini, gazni ishlab chiqarish va uzatish, hamma uchun qulay bo’lgan elektr va pochta aloqasi, suv quvurlari va kanalizatsiya, aeroportlar, temir yo’lda yuk tashish xizmatlari kiradi. Ular faoliyatining tabiiy, texnologik va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda ularda monopolizm elementlarining mavjudligi muqarrardir. Ushbu tamoqlar guruhlari bo’yicha 1997 yil
24 aprelda qabul qilingan va 1999 yil 19 avgustda yangi tahriri ishlab chiqilgan Uzbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun asosida davlat tomonidan maxsus tarzda tartibga solish amalga oshiriladi.
2003 yilning 1 yanvarь xolatiga tabiiy monopoliya sub’ektlari Davlat reestrlariga 278 ta korxonalar 661 ta mahsulotlar va 16 ta xizmat turlari bo’yicha hisobga olingan.
SHuni ta’kidlash joizki, gaz ishlab chiqarish, elektroenergetika, temir yo’l transporti va aloqa kabi tarmoqlarda amalaga oshirilayotgan faoliyatning faqat ma’lum bir qismlari haqiqatda tabiiy monopoliya sub’ektlariga kiradi va davlat tomonidan tartibga solinishi kerak. Faoliyat yuritishning boshqa turlari esa raqobat sharoitlarida ham samarali harakatlanish mumkin.
SHu munosabat bilan, tabiiy monopoliya sub’ektlari sohasida olib borilayotgan islohotlar ularni bozor sharoitlariga keltirish va tegishli bozorlarda raqobatni rivojlantirish uchun qulayliklarni yaratish kabi masalalarni yechadi.
SHunday ekan, monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasi doimiy ravishda monopolizmga barham berish, sog’lom raqobatning qonuniy va me’yoriy-huquqiy bazasini quyidagi yo’nalishlarda takomillashtirib borish zarur:

  • monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida progressiv xalqaro tajribalarni joriy etish;

  • raqobat muhiti shakillangandan keyin uni himoya qilishga o’tish;

  • boshqaruv organlari tomonidan raqobatga qarshi harakatlarni amalag oshirmaslik yuzasidan doimiy nazorat darajasini kuchaytirish;

  • moliya bozorlari sub’ektlarining raqobatini cheklashi mumkin | bo’lgan turli xil harakatlari ustidan nazoratni o’rnatish bo’yicha qonuniy ! chora-tadbirlarni ko’rish;

  • monopolist-korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarni deklaratsiya qilish usulida ularni kuzatish usuliga o’tish va boshqalar.

Uzbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri - bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning shdini olish va unga yo’l qo’ymaslik bo’yicha nazorat olib borishdan (boratdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik mavqeidan foydalanib, har xil qonun buzilish holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlar ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo’lgan korxonalar kiritiladi. Reestrga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z mahsulotlarining narx (tarif) lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o’tkazishlari shart.
Bugungi kunda bozor munosabatlarining rivojlanishi, kichik va o’rta tadbirkorlik korxonalari hamda chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog’ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko’pgina monopolist korxonalarning tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda.
Qo’mita tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarning asossiz oshirilishiga yo’l qo’ymaslik, iste’molchilarga mahsulot yetkazib berishda turli xil noqonuniy shartlarni, shuningdek bozorga kirish uchun to’siqlar ko’yish kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan nazorat amalga oshiriladi (3.1.1-jadval). Masalan, 2002 yilda 906 ta korxona va tashkilotlarda tekshirishlar o’tkazilib, ulardan 643 (70,9 foiz) tasida turli xildagi konunbuzilish holatlari aniqlanib, noqonuniy olingan mablag’lar (jarimasi bilan) 5167,2 mln. so’m tashkil etdi. Ushbu summaning 585,2 mln. so’mi qishloq xo’jalik korxonalariga qaytarildi.

Download 1,05 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«TONG» OAJ uchun «TOVAR-BOZOR» matritsasi bo’yicha imkoniyatlar

Download 1,05 Mb.