|
Ma’lumotlar bazasini boshqarish to’g’risida umumiy tushunchalar
|
bet | 169/208 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 14,8 Mb. | | #150505 |
Bog'liq Informatika va AT O\'MTMa’lumotlar bazasini boshqarish to’g’risida umumiy tushunchalar.
MBni boshqarish deganda, mavjud yozuvlarni o’zgartirish, jadvallardan keraksiz
yozuvlarni olib tashlash, MB jadvallariga yangi yozuvlarni qo’shish, jadvallarga yangi ustunlar qo’shish (keraksiz ustunlarni olib tashlsh), jadval nomlarini o’zgartirish kabi amallar kiradi.
SQL muhitida tashkillashtirilgan MB jadvallaridagi ma’lumotlarni o’zgartirish
uchun UPDATE (o’zgartirish) buyrug’idan foydlaniladi. Bu buyruqda jadval nomini
ko’rsatishdan tashqari, SET (aniq ustun qiymatilarini bildiradi) kalit so’zii ham ishlatiladi. Masalan, hamma buyutmachilarning reytingini 200 ga o’zgartirish uchun quyidagi buyruqni berish mumkin:
UPDATE Customers SET rating = 200;
Bu buyruqda jadvaldagi hamma qator qiymatalrini emas, ayrim qatorlarni tanlab o’zgartitish ham mumkin. Bunung uchun predikatlardan foydalanamiz. Masalan, sotuvchi Peel xizmat ko’rsatadigan barcha buyutmachilarning reytingini 200 ga o’zgartirish uchun, quyidagi buyruqni beramiz:
UPDATE Customers SET rating = 200 WHERE snum = 1001;
Siz UPDATE buyrug’ida ifodalardan foydalanishingiz ham mumkin.Masalan, barcha sotuvchilarning ustamalarini ikki baropbar oshirmoqchisiz. Bunung uchun quyidagicha buyruq berishungiz mumkin:
UPDATE Salespeople SET comm = comm * 2;
Bu buyruq yordamida jadvalga NULL qiymatlarni ham kiritish mumkin. Masalan, London shahrida yashovchi buyurtmachilarning reytinglari o’rniga NULL qyimat kiritish lozim bo’lsin. Unda quyidagi buyruqni beramiz:
UPDATE customers SET rating = NULL WHERE city = 'London';
SQL muhitida tashkillashtirilgam MB jadvallaridan ma’lumotlarni olib tashlash uchun DELETE (olib tashlah) buyrug’idan foydlaniladi. Masalan, Sotuvchilar jadvalidagi ma’lumotlarning hammasini olib tashlash uchun quyidagi buyruqdan foydalanishimiz mumkin:
DELETE FROM Salespeople;
Ana endi bo’sh jadvalni butunlay olib tashlash mumkin:
|
| |