Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
Agar bir oy davomida (kalendar oyi nazarda tutilmoqda) 15 kundan ortiq abonent to'lovi
to'lansa, u holda ushbu abonent to'loviga sarflagan mablag'ning 10% miqdorida joriy
oyning oxirigacha har kuni qo'shimcha balansga keshbek sifatida qaytariladi. Har oy
hisoblagich nolga tushadi va keyingi oydan yangidan hisoblaydi.
«Kunlik» tarifdan boshqa tarif rejaga o'tilganda, qo'shimcha balansda yig'ilgan mablag'
kuyadi. Mablag' yig'ish miqdori bo'yicha cheklovlar yo'q.
Qo'shimcha balansda to'plangan pul mablag'i quyidagi xizmatlarga sarflash mumkin:
abonent to'lovini to'lash, mahalliy aloqa (chiquvchi qo'ng'iroqlar, SMS va Internet).
Qo'shimcha balansga taqdim qilingan pul mablag'lari qaytarilmaydi.
Qoldiqni tekshirish kodlari MB - *103#, daqiqa va qo'shimcha balansni tekshirish uchun -
*106#.
Tarif bo'yicha taqdim etilgan megabayt va daqiqalar qoldig'i
keyingi kun taqdim etilgan
trafikka qo'shilmaydi. Kiritilgan trafik tugaganda xizmatlar uchun to'lov tarif rejaga asosan
narxlanadi.
Abonent to'lovining yechilishi va kiritilgan trafikni taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00
gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Abonent to'lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag' bo'lmasa, u holda abonent to'lovi
bir marta minusga yechiladi, megabayt va daqiqalar taqdim etiladi.
Hisob minus holatida bo'lganda abonent to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi.
Hisob to'ldirilganda va raqam blok holatidan chiqqanda soat 00:00 dan 06:00 gacha vaqt
oralig'ida abonent to'lovi yechilib, tarif boyicha MB va daqiqalar taqdim etiladi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat
va ijtimoiy ahamiyatga
ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari
doirasida narxlanmaydi.
«Kunlik» tarif rejasiga «OSON 10»,
«OSON 1», «XIT+», «Erkin muloqot», «Bir Oy»,
«Bayramga marhamat», «ProINTERNET 1 GB», «Bravo Online», «Bravo Ooo!», «Bravo
Vodiy», «Qo'shnilar+», «Smartphone», «Shifokor», «G'alaba», «Klik», «Yangi O!», «Mi-
Fi Click», «Bolajon» shuningdek, oshkora
qilinmagan tarif rejalardan, «YANGI XIT»,
«ZO'R»
va barcha «Status» turkumi tariflarining individual taklifi bo’yicha chegirmali
tariflaridan tashqari - 0 so'm, boshqa tariflardan - 2000 so'm. O'tish uchun hisobdagi
minimal mablag’ miqdori – 1 000 so'm; pullik o'tish uchun – 3 000 so'm. Tarifga o'tgandan
so'ng, bir kunlik abonent to'lovi yechiladi va kiritilgan trafik taqdim etiladi.
Tarifga o'tgandan so'ng abonent to'lovining yechilishi va kiritilgan trafik taqdim
etilishi
soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo'lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Agar abonent
hisobida o'tish uchun to'lov miqdori yetarli mablag' bo'lmasa, u holda o'tish uchun to’lov
miqdori bir marta minusga yechiladi. Shu bilan birga, abonent tomonidan hisobni
to'ldirganda va blok holatidan chiqarilganda soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha abonent
hisobidan tarif bo'yicha abonent to'lovi yechiladi va daqiqalar
va megabaytlar taqdim
etiladi.
Agar raqamda hisob to'ldirilganda berilgan bonus daqiqa va megabaytlar bor bo'lsa,
«Kunlik» tarifiga o'tganda ushbu bonuslar kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot
xizmatlariga sarflanmaydi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’
yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston,
Turkmaniston, Afg'oniston),
telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak
bo’ladi;
Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag’ bo’lmaganda ham tarmoq ichida va
boshqa uyali operatorlardan kirish qo’ng’iroqlarni va kirish SMS qabul qilish imkoniyati
mavjud;
Tarifga kiritilgan MB va daqiqalar raqam faol holatda bo'lganda amal qiladi.
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan
apparatida faksimil xizmati, raqamni
aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan
qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60
daqiqa etib
belgilagan;
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to'lovining narxi - 421 so'mni
tashkil etadi.