|
BOB. O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA KASB-HUNAR ATAMALARINING ROLI
|
bet | 2/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 57,99 Kb. | | #258743 |
Bog'liq Asrorova Diyora1.BOB. O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA KASB-HUNAR ATAMALARINING ROLI
Barchamizga ma`lumki, o`zbek tili leksikasi atamalarga boy bo`lib, har bir soha o`zining tegishli atamalari bilan tilshunoslikning terminologiya sohasiga oid hisoblanadi. Aytish joizki, tilshunoslikdagi ushbu soha aniqlik asosida ish ko`radi hamda xalq tilining boyishiga xizmat qiladi. Terminologiya sohasida kasb-hunar atamalari ma`lum bir yo`nalishni tashkil qilib, ular fanda professionalizmlar deb yuritiladi. Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi. Tilimiz mavqeini ko'tarish, uning imkoniyatlarini masalalardan biri bo'lib qoldi. Tilshunoslikning yo'nalishlari, jumladan, terminologiyasi ravnaqi uchun sohalar ham keng O'zbekistonimiz suvereniteti ona tilimizga bo'lgan e'tiborni tubdan o'zgartirdi. Har bir ilmiy soha uchun zarur bo'lgan terminologiya dolzarb hisoblanadi. Chunki u yoki bu soha uchun muayyan tushunchani anglatgan termin ijtimoiy huquqqa ega bo'lib, muayyan munosabatni anglatadi. Hozirgi kunning eng dolzarb, hal qilinishi lozim bo'lgan masalalaridan biri soha tilining tezaurusini tuzishdir. To'g'ri, ilm-fan soha tili terminologiyasiga bag'ishlangan ko'plab lug'at va qomuslar yaratilgan. Ularning har biri o'ziga xos ahamiyatga ega. Ushbu manbalarning maqsadi bitta o'zbek tilining terminologiyasini tartibga solish. Ma'lum darajada mazkur vazifa bajarildi ham, ya'ni tushunchalarni ishlatilayotgan to'g'ri ifodalovchi ko'plab terminlar yaraldi. O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunarlar bilan shug ‘ullanib keladi.Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik,terimchilik,ovchilik,tikuvchilik, kosibchilik,chorvachilik
5
va hokozolar shular jumlasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi.Hozirgi o’zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy. O’zbek tili leksikasida kasb-hunar atamalariga quydagi sohalardan misollar keltirish mumkin:
1. Kulolchilik kasb-hunaridan:
Angob-qizil kesakdan tay-yorlangan boʻyoq.kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Ba’zan angobbir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari angobni neolit davri (miloddan avvalgi 4 – 3 ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (miloddan avvalgi 2 – 1 va mil. 1 – 4-asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti angob bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 – 12-asrlar)da ham keng tarqalgan. Angobdan qadimgi qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga Angob surtib yoki sepib koʻmilgan. Qadimiy odamlar gʻorlarning devorlariga va qoyatoshlarga Angob bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham angob bilan chizilgan.
Bulbulzor-sopol tovoqlarga beriladigan naqshning bir turi
Gulbo’ta-tog’dan chiqadigan ko’kimtir oq tusli loy
Bargi bodom-idishlarga solinadigan bodombargi shaklidagi naqsh
Dog’chil - xum yasashda ishlatiladigan asbob
Aspak-idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta,charm yoki kigiz parchasi.
2. Poyafzaldo’zlik kasb-hunaridan:
Bigiz— nina uchli metall qurol; sifatli poʻlatdan yasaladi; odatda, dastasi yo’goch va plastmassadan qilinadi. Yoʻgʻoningichkaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Asosan poyabzaldoʻzlar, yamoqchilar ishlatishadi.
Poshna- Oyoq kiyimining tovoniga tag-charmdan balandroq qilib qoqilgan qattiq charm yoki boshqa biror narsa
Dastak- Bu ot tojik tilida dast otiga kichraytirish maʼnosini ifodalaydigan -ak qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan;kichik tutqich, kichik bir asos kabi maʼnolarni anglatadi
3. Milliy tasviriy va amaliy san’at atamalari:
Abdasta gul[f. آبدسته) оbdasta) va گل – naqsh] Obdastasimon naqsh.
6
Adras [f. ادرس] Tandasi ipakdan, arqog’i ipdan to‘qilgan, abr gulli gazlama.
Ajdaho ayn. ajdarho [f. اثدر ] Shoxsimon gajaklar bilan hoshiyalangan romb shaklidagi naqsh yo‘nalishi, terma gilamlarda qo‘llaniladi. Shoh gajaklar ilon boshiga o‘xshaganligi uchun shunday nomlanadi.
Adip//Mag’iz [f. مغز – miya; o‘zak] To‘n, paranji, chopon va shu kabi kiyimlarning oldi va etagiga ichidan qo‘yilib tikilgan (5-6 sm) matodan kesib olingan tasma. Qora satin yoki shoyining chetidan qiya yoki uzunasiga qilib kesib olinib, ko‘rpa-ko‘rpacha va hokazolarning chetlariga birbiriga ulab tikiladi.
Ala qurt ayn. ola qurt. Ko‘p rangli qurt ko‘rinishidagi naqsh turi.
Amirkon [a. امیر – амир so‘zidan] Oshlangan teri yuzasiga qora lok surtib tayyorlangan charm turi. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki ,o`zbek tili lug`at boyligida qo`llanilayotgan kasb-hunarga oid atamalar nutqimizning yanada aniqroq ma`no kasb etishiga xizmat qiladi. Kasblar doirasida qo`llanilayotgan terminologik birliklar buning poydevori bo`lib xizmat qiladi.
Kasb-hunar leksikasining yasalishi
Umumiste’moldagi leksikaning tarkibiy bir qismi hisoblangan terminlar tilning qonun-qoidalari asosida yaratiladi. har ikkala manbaga oid leksemalarning yasalishiga xos umumiylik shundan iboratdir. Lekin ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud bo‘lib, ular, quyidagilardir:Birinchi farq. hozirgi o‘zbek adabiy tilida leksemalar besh xil usul bilan yasaladi: 1) affiksatsiya usuli; 2) fonetik usul; 3) semantik usul; 4) kompozitsiya usuli; 5) abrevatsiya usuli (Tursunov va b., 1992, 202).Terminologik sistemalarda esa so‘z yasash usullarining faqat uchtasiga amal qilinadi: 1) semantik1; 2) affiksatsiya; 3) kompozitsiya.Ikkinchi farq. har bir terminologik sistema o‘z boyligini turli usullar bilan yasalgan terminlar hisobiga to‘ldirib boradi. Biroq, har bir sistema o‘ziga xos tushunchalarni ifodalovchi leksemalar bilan ham ish ko‘radi. Bunday terminlar esa yasalishi nuqtai nazaridan xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun har qaysi terminologik sistemaning faqat uning o‘ziga xos termin yasash qonun-qoidalari bor. Affiksatsiya usulida elliktadan ortiq yasovchi element ishtirok etadi. Biroq, ularning ba’zilari faol ravishda, boshqalari nofaol ravishda leksemalar hosil qilsa, uchinchilari lug‘aviy birliklar yasash funksiyasini to‘xtatgan. Adib Mirmuhsinning asarlarida ham juda ko‘plab milliy hunarmandchilikka doir terminlar qo‘llangan.Maqolada semantik usul bilan terminlar hosil qilishning har bir turiga alohida to‘xtab o‘tiladi. I. Sof semantik usul bilan hosil qilingan terminlar.
Semantik yo‘l bilan termin hosil qilishning bu usulida tilda mavjud bo‘lgan va yakka holda olingan leksemalarning mustaqil ma’no anglatish hodisasi tushuniladi. Bolor (balor)termini «imoratning tepasiga ko‘ndalang solinadigan baquvvat balka» (O‘TIL,I,29) ma’nosini anglatadi. Hunarmandchilik mikroguruhida esa mazkur termin «patli gilam to‘qishda tizilgan iplarni saqlab turish uchun ishlatiladigan ikki-
uch metr uzunlikdagi yog‘och» ma’nosini ifodalaydi .Qilichtermini asli harbiy
7
termin bo‘lib, «bir tig‘li, xanjardan uzun qurol» (O‘TIL, II, 577) ma’nosini bildiradi. o‘rganilgan obyektning gilamchilik mikroguruhida «gilam to‘qishda arqov iplarni juftlashtirish uchun ishlatiladigan va qilich quroliga o‘xshagan yog‘och asbob» ma’nosida ishlatilayotir .Langartermini «kemani bir joyda to‘xtatib turish uchun zanjirga biriktirib suv ostiga tashlanadigan changaksimon og‘ir temir», ikkinchidan, «dorda muvozanatni saqlash uchun dorboz qo‘lida tutadigan uzun xoda» (O‘TIL, I, 426) ma’nosini anglatadi.II. Semantik-sintaktik usul bilan hosil qilingan terminlarBiror tushunchani ifodalash maqsadida termin hosil qilishning semantik-sintaktik usullaridan ham keng foydalanilayotir:1. Gilam, poyondoz, olacha, sochiq, kashta, choyshab kabi narsa-predmetlar nomiga gul, kashta, nusxa, naqsh, usul, bezak kabi termin elementlar qo‘shib ishlatiladi: ikkigulli gilam, choyshab kashtasi(keshtasi), sochiq(sochaq) guli, yostiq(dostiq) gulikabilar.2. Narsa-predmetlar nomlariga qayd etilgan leksemalarni birinchi tip izofa vositasida ifodalash orqali ham maxsus terminlarning yuzaga keltirilganligini quyidagi misollar bilan tasdiqlash mumkin. Bunday lug‘aviy birliklar hunarmandchilikning kashtachilik, gilamchilik kabi sohalarida ko‘proq uchraydi: anorgul(kashtachilikda), ilon izi(o‘ymakorlik, kashtachilik, koshinkorlik, kulollik kabi sohalarda), chashmi bulbul(kashtachilik, yo‘rmado‘zlik sohalarida), baliqko‘z(gilamchilik, pichoqchilik), tuya-ko‘z(holvapazlik), samovargul(kashtachilik), tariqgul(kashtachilik, gilamchilik, kulollik), bovirsoqgul(bo‘g‘irsoqgul), kosagul(kashtachilik,gilamchilik), karsangul tog‘oragul(gilamchilik, kashtachilik), tol bargi(kashtachilik), ittovon(gilamchilik), pichoq uchi(gilamchilik) kabilar.3. Toponim va etnonimlarga ham hunarmandchilik terminlarini qo‘shish bilan terminlar hosil qilinadi: urguti nusxa, buxorcha usul, samarqandcha bezak, qozoqi gilam, juhuti sandiq, turkmani gilam, o‘ris kashta, tatarcha sandiq, kattaqo‘rg‘oni sandiq, panjakenti etik, baxmali gilam, o‘zbeki xalatkabilar.Kasb-hunarmandchilikning turli-tuman sohalarida ishlatilayotgan, biroq boshqa-boshqa sohalarga aloqador lug‘aviy birliklar jumlasiga yana quyidagilarni dalil sifatida keltiramiz: bodom–kashtachilik, o‘ymakorlik, naqshinkorlik, to‘qimachilik, jiyakchilikda; bodomcha–kashtachilik, kulollikda; ilon izi–kashtachilik, kulollik, o‘ymakorlikda; kapalak–kashtachilik, to‘qimachilikda; no‘xat, naxo‘d–kashtachilik, kulollikda; ot–gilamchilik, kashtachilikda; suv–kashtachilik, gilamchilikda.Kasb-hunar leksikasiningaffiksatsiya usul bilan yasalishi:To‘plangan materiallar tahlilidan hunarmandlik terminologiyasida u yoki bu tushunchani ifodalash maqsadida adib asarlarida sodda tub terminlar ham ancha qo‘llangan. Bular milliy hunarmandchilikning turli sohalariga tegishlidir. E`tiboringizni asardan olingan quyidagi dallillarga qaratamiz:Me’mor –Lekin bu birovning haqiyqiy san’at yodgorligi daryosiga ko‘tarilishi Xuroson me’morari –ustod Qavom, ustod Najmiddin Buxoriy va keyinchalik men Alisher nomi bilan bog‘liqdir.(Me’mor romani, 4-bet)Sarkori –Hurufiyalar sarkori Fazlulloh Astrobodiyning muridlaridan bo‘lmish Ahmad Lur podshohga shaxsan murojaat etmoq bahonasi bilan yaqin borib, pichoq urdi... (Me’mor romani, 3-bet).Elchi –Darvoza faqat elchi-yu ancholarga maxsus ruxsatnoma bilan ochilar, mansabdor shaxslar amirzoda
8
Ibrohim sultonning ruxsati bilan shahardan chiqa olishlari mumkin edi. (Me’mor romani, 4-bet)Shoir –Bundan yetti yil avval Halab shahrida Fazlullohning maslakdoshi –shoir Sayyid Imomiddin Nasimiy hibs etilib, og‘ir qiynoq bilan qatl etilgan edi. (Me’mor romani, 4-bet)Naqqosh –Navoiy bu binoni tubdan qayta ishlatgan, birinchi marotaba sharq naqqoshligiga xos rang –barang naqshingullar bilan bezatilgan. (Me’mor romani, 4-bet)Sarboz –Ular saltanatning beshafqat sarbozlari kabi hammani ta’qib ostiga olgan, hamma vaqt ochiq, moviy gumbaz bag‘ridagi ko‘k gumbazchalar tepasida bulutlar suzar edi.
Navkar-u sipohilar –Gumbazlar ham changligi yo‘q –ko‘zlar gumbazi, Musallo gumbazi, minoralar gumbazi g‘oyatda xomush, ular bir-biriga qovoq solib turar, kappanda, rastalarda savdo-sotiq, davom etardi-yu, ammo ortiqcha baqiriqlar, yugurib-yelishlar, yosh-yalanglar to‘dasidagi gurunglar yo‘q, faol navkar-u sipohilaridan chekkada kishilar bir-birlari bilan shivirlashib, suiqasd va hurufiylarga mansub Ahmad Lur haqida gaplashishardi. (Me’mor romani, 5-bet)Tabib –Atrofida oltin va kumush jomlarda suv va sovun, yumshoq oq matolar, qon to‘xtatadigan dori-darmonlar, kuydirilgan latta, oltin ko‘zada mo‘miyo, jarrohlik asboblari turar tabiblar “Alqonun”ni varaqlashar shayxulislom va Jome masjidi imomi damo-dam duo o‘qib, dam urar edi. (Me’mor romani, 7-bet)Me’mor –Suiqqasdga aloqador hisoblanib, hibsga olinganlar ichida mashhur me’mor Najmiddin Buxoriyning o‘g‘li Nizomiddin ham bor edi. (Me’mor romani, 7-bet)Jarroh –U otasi tepasida turgan jarroh-u tabibga ko‘z tashlab, keyin ichkariga, o‘z xonasiga kirdi. (Me’mor romani 7-bet)Navkar –Juma kuni yarim tunda me’mor Najmiddin Buxoriy hovlisiga bostirib kirgan qurol-yarog‘li navkarlar uxlab yotgan Nizomiddinni turg‘izib, darhol qo‘llarini orqasiga bog‘lashdi. (Me’mor romani, 9-bet).Muhandis –Garchi Xudodbek bilan Nizomiddin tolibi ilm bo‘lmasalar, muhandis-u me’morchilikka ishtiyoq qo‘ymagan bo‘lsalar ham, har qalay o‘zlariga xos bir xizmat topurlar, deb o‘ylardi. (Me’mor romani, 16-bet) Kulol –Faqat “G‘avvos Muhammadga ayting, koshinlarni olib kelish payti yetdi. Kulol Abutolib bilan Vasiyatiddinlarga lojuvard xoki, qo‘rg‘oshin, g‘ilvata, luk yetkazib bermoqlik kerak“, dedi. (Me’mor romani, 20-bet)Sarbador -Ikkilamchi, sarbadorlardan ko‘za ham, hozirgi paytda xavfli bo‘lgan hurufiyalar podshoh saltanatining ichidagi asosiy dushmani hisoblanadi.(Me’mor romani, 23-bet).Munajjim –Ofarin! Munajjimlar ko‘ziga “alif“ tortmoq bir tomonda, shahvoniy hirs bir tomonda!
Xattot –Buning ustiga, yaqinda tengqurlaridan xattot Abdurazoq Mashhadiyning vafoti safiga tushgan kuchli bir zarba edi. (Me’mor romani 130-bet).Kosib, dehqon –Uning aytishicha, Manmana begi amirzodalar urug‘idan bo‘lib, tanish ishlarni ko‘p qilar, kosiblar-u ziroat yetishtirgan dehqonlarning sarmoyasini shilib olar tinmay Xitoyga qo‘y-u qoramollar yuborib turar edi. (Me’mor romani, 174-bet)Tesha, bolta, tamba, yog‘och –U yugurib borib uydan teshami, bolta olib kelishga ham sabri chidamay kiraverish eshikka tirab qo‘yilgan tanba yog‘och bilan bir necha bor urib, ichkari eshikni ham qulatdi. (Me’mor romani, 434-bet)Bo‘yra –Bo‘yra tagidan bir hovuch tuproq yig‘ib olib, uy burchagiga qo‘ydi. (Me’mor romani, 174-bet)Bo‘z –Bo‘z va boshqa mato to‘quvchi Xorun degan mo‘ylabdor bir odam bozorda va ichkari mahallalarda odamlarni o‘z atrofiga to‘plab, ularga hamdard bo‘lar...
9
(Me’mor romani, 174-bet)Xum –Ikkita xumcha. Yo‘l uzoq, qumlik ko‘p, suv olib kajavaga solib qo‘yamiz. (Me’mor romani, 195-bet)Lojuvard, xoki, qo‘rg‘oshin, gilvata –Kulol Abutolib bilan Vasiyatiddinlarga lojuvard, xoki, qo‘rg‘oshin, gilvata, luk yetkazib bermoqlik kerak, -dedi (Me’mor romani 20-bet)Tosh, pishgan g‘isht, quvur –Bozor ichi shunchalik ozoda va ko‘rkamki, tog‘dan yo‘ndirib kelinib yotqizilgan toshlar ko‘cha-yu bozor sahnini loy-changdan asrar, pishgan g‘ishtdan ishlangan ariqlar har qancha suvlarni maxsus quvurlar orqali yetkazib turardi. (Me’mor romani, 25-bet)Ketmon, kurak –Shu kuni tong saharda bo‘zchining olti nafar odami ketmon-u kurak ko‘tarib, qal’aning orqa devorlari ostidan ikki joyini kovlab, borib to‘kib, piltalarni ulab qo‘yishgan edi. (Me’mor romani, 174-bet).G‘isht –Nainki g‘isht terish, mardikorlikka ham tayyor edi (Me’mor romani, 174-bet). Ushbu dalillardan ko‘rinib turibdiki, Mirmuhsinning “Me’mor” asarida juda ko‘plab sodda tub terminlar qo‘llangan. Ularning asosiy qismi sof turkiycha bo‘lib, qolgan qismlari arab va fors tillaridan aynan o‘zlashgan terminlar hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda asarda qo‘llangan milliy hunarmandchilik terminlarini hosil qilishda xilma-xil affikslardan foydalanilganligi ma’lum bo‘ladi. Quyida milliy hunarmandchilikka xos terminlar yasovchi affikslar haqida fikr yuritishga harakat qilamiz.-do‘z affiksi. o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan leksemalar o‘zlashtirila boshlangan paytlarda tarkibida -do‘z(tojikcha «do‘xtan», ya’ni «tikmoq» ma’nosidagi fe’ldan yasalgan) elementi bo‘lgan lug‘aviy birliklar ham bor edi. Bunday leksemalar fors-tojik tilida qo‘shma so‘z hisoblansa-da, o‘zbek tilida sodda so‘z sifatida namoyon bo‘la boshlagan va «yasash asosida ifodalangan narsani tikish, to‘qish bilan shug‘ullanuvchi shaxs» ma’nosini ifodalay boshlagan edi. Zardo‘z, kafshdo‘zkabi leksemalar mana shular jumlasidandirVaqtlar o‘tishi bilan -do‘zaffiksli yuqoridagi kabi leksemalar qatorida bachakido‘z, gilamdo‘z, kissado‘z, ko‘hnado‘z, mo‘ynado‘z, po‘stindo‘z, zehdo‘z, jomado‘zkabilarning ham bot-bot ishlatib turilganligi, tufayli u asos tarkibidan ajralib chiqib, o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementiga aylanib qoldi. Ayni paytda ham, o‘zbek adabiy tili (O‘TILda qayd etilgan)da -do‘z affiksli qator leksemalar ham ishlatib kelinmoqda. Qiyoslang: do‘ppido‘z, yo‘rmado‘z, mahsido‘z, telpakdo‘z, chakmondo‘z, chopondo‘z, eskido‘z, etikdo‘z, qalpoqdo‘zva b. -do‘zaffiksli leksemalar haqida gap ketar ekan, quyidagi holatni qayd etib o‘tamiz:Kasb-hunar egalari nutqida ham, aholisining o‘zaro muomalasida ham qayd etilgan lug‘aviy birliklar ishlatib kelinmoqda. Bu leksema tarkibidagi -do‘zaffiksining -chibilan almashtirib qo‘llanishi, aniqroq qilib aytganda, variantdorlikning hosil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Qiyoslang: gilamdo‘z-gilamchi, yo‘rmado‘z-yo‘rmachi, kavushdo‘z-kavushchi, telpakdo‘z-telpakchiva boshqalar.Shu xildagi variantlilik adabiy til doirasida ham mavjud: kashtado‘z-kashtachi2, do‘ppido‘z-do‘ppichibular leksik dubletlar shaklida mavjuddirlar. Adib asarlarida –do‘z affiksli shunday lug‘aviy birliklar ham ishlatib kelinmoqdaki, ular O‘TILga kiritilmagan. Bunday holatni faqat Urgut tumani aholisi nutqida ishlatib kelinayotganligi bilan izohlash mumkin. Bular shevada quyidagi shakllarda qo‘llanadi: jiyakdo‘z chakmondo‘z/chakmando‘z, chopondo‘z, shabpo‘shdo‘z/shappo‘shdo‘z/shabpo‘shchi va b.Adib asarida
10
affiksatsiya usuli bilan so’z yasalishiga alohida e’tibor berilgan masalan: Bo‘zchi(Me’mor romani,174-bet), Tandirchi(Me’mor romani, 311-bet), Meshkobchi (Me’mor romani302-bet), Tandirchi(Me’mor romani 311-bet), Kirakash(Me’mor romani, 200-bet), Aravakash(Me’mor romani, 200-bet), Zindonbon(Me’mor romani, 33-bet), Darvozabon(Me’mor romani, 431-bet), Ulgurjifurush(Me’mor romani, 310-bet) Shuningdek asarda –furush(telpakfurushon, zargaron, sarrofon, timlar –Har qanday janjal va tartibsizliklar qattiq jazolanishi aytilib, hokim hazratlarining farmoni rasta-yu madrasalarda, bozor-u toqi telpakfurushon, toqi zargaron, sarrofon va timlar ichida jarchilar baland ovozda e’lon qilgan edilar. (Me’mor romani, 385-bet), -boz kaptarboz –Hirotlik kaptarbozlar o‘n tillo va qimmatbaho sarupo berishni buyurdi. (Me’mor romani, 126-bet) singari yasovchilar hunarmandchilik terminlarini yasashda faol ishtirok etganligini ko‘rish mumkin.
Har bir xalqning milliyligini, o’ziga hos an’analarini ifoda etuvchi vositalardan biri bu- TERMINDIR. Terming har qaysi tilde tadqiq etilganidek o’zbek tilshunoslikda ham o’rganish obyekti sifatida tadqiqotga tortilgan.Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘zbek tili leksikasini bir tizimga jamlash va ilmiy jihatdan o‘rganish nihoyatda zarurligi haqida quyidagi fikrlarni bayon qilgan edi: “Agar yaqin kelajakda o‘zbek traditsion leksikasi to‘laligi bilan qayd qilib olinmasa, barcha mas’uliyatni hisobga olgan holda aytish mumkinki, keksa avlod tugab borishi bilan tilning ular hofizasida saqlanib, bizgacha yetib kelgan qimmatli materiallarning bir qismi hamishalikka yo‘qolishi mumkin” . O‘zbek tilidagi kasb-hunar leksikasini to‘plashga birinchi bo‘lib taniqli tilshunos olim S. Ibrohimov kirishgan edi. U turmushmizdan izi o‘chib borayotgan, hali hech kim tomonidan o‘rganilmagan Farg‘ona shevasidagi kasb-hunarga oid so‘z-terminlarni to‘plab lingvistik jihatdan tahlil qildi va bunday so‘zlar lug‘atini tuzdi. A. Sobirov bu olimning xizmatlarini e’tirof etib, quyidagi jumlalarni taqdim etadi: “Kasb-hunar leksikasining tarkib topishi va rivojlanishida professor S. Ibrohimovning xizmatlari beqiyos sanaladi. Olim ipakchilar, tandirchilar, shuvoqchilar, degrezlar, rixtagarlar, metallsozlar, temirchilar, qulfsozlar, ignachilar, pichoqchilar, chilanganlar, taqachilar, na’lgarlar, misgarlar, anjomasozlar, mixgarlar, zanjirsozlar, naqqoshlar, zargarlar, miynogarlar, savotgarlar, gahchilar leksikasidan 2500 ga yaqin leksik birliklarni yig‘ib olib, ular ustida tadqiqot ishlari olib bordi. Natijada keyinchalik bajarilgan ko‘plab ishlar uchun uning asarlari qimmatbaho manba vazifasini o‘tadi. 60- 90 yillarda terminolog va leksikologlarning butun bir avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda S. Ibrohimov asos solgan professional leksikologiya maktabining o‘rni beqiyos katta bo‘ldi” . Bundan ko’rinadiki, kasb-hunar leksikasi ham kishilarning mehnat faoliyati, kundalik mashg‘uloti bilan bog‘liq holda o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Kishilarning kasb faoliyati inson hayotining uzviy bir qismi bo’lgani uchun, urfodatlari, qadriyat va an’analarini ham e’tiborga olgan holda o‘rganish zarur. Kasb-hunar leksikasi terminlar kabi tilning maxsus birliklari qatoridan o‘rin oladi. Kasb-hunar leksikasi muayyan kasb-hunar doirasida qo‘llanuvchi, unga daxldor maxsus birliklardir. Har bir tilda xalq hayoti, turmushi
bilan bevosita aloqador kasbiy sohalarga oid so‘zlar rang-barang bo‘lib, qo‘llanilishi
11
jihatidan terminlarga nisbatan faol leksik qatlamlardan sanaladi. Terminologiyada so‘zlarning terminlashishi va buning aksi, terminlarning determinlashishi yuzaga chiqadi. Kasb-hunar leksikasi ham, terminlar ham maxsus leksika tarkibiga kiradi. Kasb-hunar leksikasi termin maqomida quyidagi xossalarga ega: 1. Kasb-hunar terminlari ham terminologik tizimga kiradi va uning komponenti hisoblanadi. 2. Terminologik tizim ichida kasb-hunar terminlari jins-tur (giper-giponimik) va butun-bo‘lak (partonimik, xolo-meronimik) munosabatda bo‘ladi: a) muayyan turlarga nisbatan umumiy ma’noni ifodalovchi va semantik maydonning yadrosi (markazi)da keluvchi bosh so‘zga, dominantaga nisbatan giperonim atamasi ishlatiladi. Bu so‘z jinsni bildiradi. Masalan, kulolchilikda ishlatiladigan narsa-qurol nomlari umuman jinsni bildirsa, ishlatiladigan har bir narsa (kosa, payola, lagan, ko’za) uning turini bildiradi. Bu holatda ikkilamchi jins-tur munosabatini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, kulolchilikda ishlatiladigan narsaqurolning bir turi hisoblansa, kulolchilkda ishlatiladigan turli ko’za (qo‘shquloqcha (Toshkent), xurmacha(Toshkent), ko‘kanak (Rishton), chapiya (Rishton), suv ko‘za (Rishton), balbala) nisbatan jinsni bildiradi. Shu sohada : tovoq giperonimi o‘z ichida charx tovoq (Rishton), tovoqi langari (Samarqand), naqshin tovoq (G‘ijduvon), la’li tovoq (Samarqand), chuqur tovoq (Rishton), miyona tovoq (G‘ijduvon), ma’raka tovoq, langari tovoq, to‘y tovoq, nim tovoq, xarchagi tovoq, bosh tovoq, la’li tovoq kabi giponimlarni birlashtirib keladi. Kulolchilkda naqsh terminlari giperonim, chinnimuhr, shamdoni xashtagi, yalpizgul, oftobi, pirpirak, to‘pmunchoq, girdobi parra, palakgul, shabaki, chig‘iriq, davrai xurshid, hashti havzagi, chormag‘iz, qora ilon, mori siyoh kabilar esa geponim bo‘ladi; b) butun-bo‘lak (partonimik, xolo-meronimik) munosabat. Masalan, kulolchilik sohasida choynak butun nomi sifatida qopqoq, tumshuq, sop kabi bo‘lak nomlarini bildiruvchi birliklar bilan partonimik munosabatga kirishadi. Yoki, charxi butun nom sifatida charx g‘ildirak, kichik g‘ildirak, katta g‘ildirak, o‘q, yog‘och o‘q kabi bo‘lak nomlarini bildiruvchi birliklar bilan partonimik munosabatga kirishadi. Partonimiyaning giper-giponimiyadan farqi shundaki, giponimiyada maydonning bir uzvi (a’zosi) boshqalarga nisbatan qarama-qarshi qo‘yilib, ular o‘rtasidagi ma’no munosabatlari aniqlansa, partonimiyada alohida olingan uzv (a’zo)ning uni tashkil qilayotgan ichki a’zolari bilan munosabati maslasi o‘rtaga tashlanadi. 3. Tuzilishi jihatidan boshqa terminlarga o‘xshab sodda, qo‘shma va murakkab (lingvoterminologik, ya’ni so‘z birikmalariga teng bo‘lgan terminlar) bo‘ladi. Masalan, a) sodda so‘zlar: kasacha, xum, kulol, kosib, tovoq, sopol, loy, gil, chinni, ko‘za, ko‘zacha, lagan, nog‘ara, tuvak, keramika, koshin, koshinkor, ko‘zagir, tandirchi ; b) qo‘shma so‘zlar: anorgul, bodomgul, qalampirgul, gulxayri, gulqo‘chqaroq, qo‘shxat, uchxat, to‘rtxat, jibilajibon, chumchuqqanot, qarg‘atirnoq, gilosbarg; s) birikmali terminlar: to‘rsimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli shakl, uchburchak naqsh, doirasimon shakl, doirasimon naqsh, zanjirsimon naqsh, zanjirsimon shakl, nuqtali naqsh, kvadratchali qora naqsh, kvadratchali oq naqsh, egri chiziq, to‘g‘ri chiziq, doirachali naqsh. 4. Tarkibida boshqa tildan kirgan so‘zlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, kulolchilik sohasida fors-tojikcha: bandi rumi, bargi gajak, davra, davrai xurshid, dandana, daraxti xurmo, doira, du gajagi marg‘ula, du egri xat, dumi baliq
12
zanjirai taroq, zanjirai chashma, zarpoya; arabcha: anqo, bayt, kabira, kosib, musavvada, marg‘ula, munabbat, muraqqa’, obida, tavq, tarh, sharifa, hal, naqsh, naqshi chin, naqqosh, naqqoshi chin, sabbog‘ (bo‘yoqchi); Arab-forscha terminlari kulolchilik terminologiyasida ikki tarkibli terminlar ham uchraydi. Bu kabi terminlar o‘zga tillarda yasalgan va shu holida o‘zbek tiliga ko‘chgan. Soha terminologiyasidagi bunday terminlar arab-forscha terminlardan iboratdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: naqshband, naqshbandlig‘, naqshbin, naqshgir, naqshpayvand (naqqosh), naqshsoz, raqamkor (chizilgan), axzarvash (yashil top), axzargun, juradon (suv idish), la’lgun (qizil), la’lfom, sahargun (oq rang), shafaqvash (shafaqday qizil), shafaqgun, hirfavar (hunarmand).4 Boshqa tillardan o‘zlashgan atamalar kulolchilik leksikasida boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar salmoq jihatdan eng oxirgi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan birliklarni umumiy holda keltirish bilan chegaralanamiz: keramika (grek.), farfor, cherepitsya, alfresko, inkrustatsiya (rus), koler, kompozitsiya, kapitel, medalyon (lot.), kompanovka, masshtab, maket, material, ornament, palmetta, ritm, ruta, stilizatsiya, seluet, simmetriya, skalpel, smalta, friz, fayans (ital.), abraziv (lot.), guash (ital.), gurunt (nemis.), avtoportret (fran.), alizarin (fr.), amalgama (lot.), amfora (lot.), antratsit (yunon.) va boshqalar. 5. Kasb-hunar terminlarining yasalishida affiksatsiya faol usuldir. Umumo‘zbek tili doirasida mavjud bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalarning aksariyati ushbu leksika so‘z va atamalarini yasashda qatnashadi. Bu qo‘shimchalarning eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: -chi, -gir, -xona, -kash, -kor, -don, -lik, -chilik, -li, -simon, -soz, -furush, -shunos, -paz, -xo`r, -boz va boshqalar. Bu qo‘shimchalar vositasida kulolchilik leksikasiga oid turli so‘z va terminlar yasalishini kuzatamiz. Masalan:–chi affiksi faoliyatning ma’lum sohasiga mansub shaxsni bildirish bilan birga shu kasb bilan shug’ullanganlikni ham bildiradi. bo`yoq+chi, naqsh+chi, rasm+chi, tandir+chi, xumdon+chi, charx+chi, haykal+chi, chega+chi kabi; dastgoh+soz, chinni+soz, charx+soz kabi. Ayrim tilshunoslar kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning kasb-hunar bilan bog‘liq o‘tmish predmetlari va hodisalarini anglatishi haqida fikr bildirishadi. Xususan, S. Usmonov kasb-hunar leksikasiga quyidagicha tavsif beradi: “Kasb-hunar leksikasi hozirgi turmushda ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishi, turi bo‘lgan predmetlarni emas, balki unutilib ketgan yoki unutilib borayotgan o‘tmishning tarqoq va kuchsiz, hozirgi sanoat imkoniyatlari oldida qoloq bo‘lgan ishlab chiqarish qurollari, ishlab chiqarish jarayonlari nomlaridan iboratdir”5 . Fikrimizcha, kasb-hunar leksikasi allaqachon tarixiy so‘zlar qatoriga kirgan yoki unutilib borayotgan so‘zlar emas, ular rivojlanayotgan, yangilanayotgan, zamon talabiga mos ishlab chiqarish terminlaridir. Xulosa qilib aytganda, termin va kasb-hunar leksikasi integral belgilari bilan bir umumiylikka birlashsa, diferensial belgilari bilan alohida xususiyliklarni tashkil qiladi. Ma’lum ilm-fan sohasi, kasb-hunar doirasida monosemiklikka intilish tendensiyasiga ega, ilmiy yoki ishlab chiqarish sohasida predmet, hodisani aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.
13
1.2. Badiiy matnda qo’llangan kasb-hunarga oid so’zlar lingvokulturologik birlik sifatida
Badiiy nutq bilan badiiy asar tili bir hodisa emas: badiiy nutq adabiy nutqning bir ko'rinishi, u albatta adabiy til me’yorlariga bo'ysundiriladi; badiiy asar tilida esa adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi. Unda badiiy nutq bilan parallel ravishda, asardagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, kasb-hunar yoki ma’lum bir sohaga oid atamalar qo’llanadi. Turli kasb-hunarlar bizning kundalik yumushimizni tashkil qiladi. Ularning har birining o`ziga xos farqlovchi jihatlari bor. Ana shu turli kasb-hunar egalari nutqida qo`llanuvchi leksemalar kasb-hunar terminlari deyiladi. Kasb-hunar atamalari ham dialektlardek nisbiy tushunchadir. Kasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo`lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kirishi ham mumkin. Masalan, Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksikasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi va bunday so’zlar badiiy asarlarda qo’llanganda lingvokulturologik ahamiyat kasb etadi. Oybekning “Bolalik” qissasida kasb –hunarga oid turli xil so’zlar qo’llangan. Asarni o’qish jarayonida bunday so’zlar haqida o’quvchilarga bunday so’zlar haqida izoh yoki tushuncha berib o’tish zarur. Quyida etikdo’zlikka oid ayrim so’zlar va ularning ma’no xususuyatlari haqida fikr yuritamiz: Tanish eshikka hammadn ilgari yuguraman-da, to’ppa- to’g’ri do’konxonaga kiraman. Kichkina, siniq ko`zli deraza tagida beti yeyilib silliqlangan qalin to`nka -- kunda yonida charm kesib o`tirgan bobom menga qaradi. ( 11-bet). To’nka bosh ma’noda: “kesilgan yoki sinib tushgan daraxtning yerdan chiqib turgan uchi” demakdir. Uning ma’nodoshi kunda so’zi ham aynan shu ma’noni ifodalaydi. Kunda so’zining 2-ma’nosi esa “ ustida biror narsani chopish, qirqish va sh.k.lar uchun qilingan maxsus g’o’la” ni ifodalaydi Qassob kundasi kabi.(O’TIL.2. 430). To’nka so’zi bu ma’noda kam qo’llanadi. Yuqoridagi misolda to’nka aynan“ ustida biror narsani chopish, qirqish uchun qilingan maxsus g’o’la ” ma’nosida etikdo’zlik uchu maxsus ashyo, moslamani ifodalagan. Men ivirsiq do`konxonada titina boshlayman: shonlar, qoliplarni taraqlatib qo`yaman.( 12-bet). Shon-“ mahsi yoki etik qo`njiga qo`yiladigan tayoq-qolip”. (O`TIL. 4. 594-bet). Qolip-“tikiladigan poyabzalning ichiga qo’yiladigan va uning katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama”.(O’TIL.5.325) Bor suv olib kel, shirach qoqamiz, deydi bobom.(25-bet). Shirach aynan sirach. Sirach degan o`simlikdan tayyorlanadigan kukun. Bu kukundan etikdo’zlikda va kosibchilikda ishlatiladigan yelim tayyorlanadi. (O’TIL.3. 520.) Tayyor bo’lgan bachkana mahsilarni taxlayman, ba’zilarini oyoqlarimga o’lchab ko’raman. ...Kichkina o’tmas gazan bilan charmlarni ho’llab, kunda ustiga qo’yib, kuva bilan urib tekislashni juda yaxshi ko’raman.(12) Bachkana forscha so’z bo’lib “bolalarga xos” ma’nosini ifodalaydi. (O’TIL. 1.181.)Uning bosh “bolalar uchun mo’ljallangan oyoq kiyim ” ma’nosi bugungi kunda eskirgan hisoblanadi. Yuqoridagi misolda aynan ana shu ma’no ya’ni bachkana (“bolalar uchun mo’ljallangan”) mahsilar nazarda tutilgan. Gazan- kosiblarning charm qirqadigan maxsus pichog’i.”(O’TIL. 1. 475) Kuva –“kosibchilikda charmni urib tekislash , cho’zish uchun ishlatiladigan
14
og’ir temir asbob.” (O’TIL.2.419)* Yuqoridagi matn parchasida oyoq-kiyim tikiladigan do’konxonadagi bir epizod yoritilganligi tufayli, unda etikdo’zlikka oid kasb-hunar so‘zlari ishlatilgan.
Kasb hunarga oid atamalar she’riyatda ham uchraydi. Shoir Iqbol Mirzoning ”Sodiq chegachi” she`rida ham bunday so`zlar qo`llangan: Sodiqning cho`pdek ozgan, Aqldan ozgan ayoli Suv qizi kabi sochlari yozg`in O`tirarmish Bachqirariq qirg`og`ida Qo`llarida Sodiq chegachining Kamonchasi, parmabigizi, Sirachi... (3. 131- bet,,Sodiq chegachi’’). Chegachi, kamoncha, parmabigiz, sirach – kasb- hunarga oid so`zlardir. Chegachi- ,,singan chinni, sopol idishlarni chegalovchi, chega qiluvchi’’(O`TIL 2. 362 – bet). Kamoncha- ,,chegachilik, qadoqchilik, duradgorlik kabi kasblarda parmani aylantirish uchun xizmat qiladigan kamalak asbob’’(O`TIL. 1. 365- bet). Parma- ,,aylanma harakat qilib, tig’i bilan narsalarni teshadigan asbob’’(O`TIL. 1.575 – bet). Bigiz- ,,poyabzaldo`zning yog`och sopli, nina uchli metall asbobi’’ (O`TIL.1.110- bet). Sirach- ,,qog`oz, charm va sh. k. ni bir- biriga yopishtirish uchun shu kukundan suvga qorib tayyorlangan yopishqoq bo`tqa’’(O`TIL.2.55- bet). Kasb-hunarga oid so’zlar chegaralangan qatlam so’zlari hisoblanadi. Kasb-hunar leksikasidan badiiy asar tilida ma`lum uslubiy maqsadlarda foydalaniladi. Ba’zida bir epizod yoritilganligi tufayli foydalanilsa, ba’zan uslubiy maqsad bilan qo’llanishi mumkin. Bunday so’zlarning ma’no xususiyatlari esa lingvokulturologik birlik sifatida yuqoridagi kabi izohlarni talab qiladi.
|
| |