BOB.O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISHIDA RUS TILIDAN O‘ZLASHGAN KASB-HUNARATAMALARINING ROLI




Download 57,99 Kb.
bet3/4
Sana31.05.2024
Hajmi57,99 Kb.
#258743
1   2   3   4
Bog'liq
Asrorova Diyora

2.BOB.O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISHIDA RUS TILIDAN O‘ZLASHGAN KASB-HUNARATAMALARINING ROLI
Kasb-hunar leksikasiga ruscha terminlarning kelib kirishi tarixi bizga ma’lum. O‘zbek hunarmandlari, XIX asrning 70 nchi yillaridan eʼtiboran, rus masterlari bilan bevosita aloqaga kirishadilar, asta-sekin rus ishlab chiqarish qurollarini ishlata boshlaydilar, shuning natijasida ularning leksikasida ruscha so‘z-terminlar paydo bo‘la boshladi. Hunarmand aʼzolari rus tilidan tayyor atamalar qabul qilish bilan birga, yangi qurollar yoki ularning qismlarini atash uchun ilgaridan ishlatib kelgan atamalardan va umumxalq o‘zbek tillining lug‘atidagi so‘zlardan ham ishlatardilar. Hozir biz rus tilidan o‘zlashgan kasb-hunar atamalarini ba’zilarini izohi bilan ko‘rib chiqamiz.Advokat-sudda javobgarga huquqiy yordam beruvchi, javobgarni himoya qiluvchi yurist.Svarka-ulamoq ,payvandlamoq.Sudya-sud organlarida sudga tushgan ishlarni ko ‘ruvchi va shu ish bo ‘yicha hukm chiqaruvchi lavozimli shaxs.Stanok-metall,yog‘och,qattiq materiallarga ishlov berish ,ulardan biror narsa tayyorlash hamda gazlama to‘qish uchun xizmat qiluvchi mashina53.Probirka-laboratoriya ishlarida qo‘llanadigan nir tomoni berk yupqa shisha naycha.
Provodnik-vagonni kuzatib boruvchi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi temir yo‘l xodimi.Prorab-qurilishda ishni tashkil qiluvchi va quruvchilarga bevosita rahbarlik qiluvchi texnik yoki injiner.Popop-matolarga ilma igna bilan gul tikadigan mashina.Banka-shisha, tunuka va plastmasadan yasalgan , slindrsimon idish58.Shunday qilib, kasb-hunar atamalarida o‘zbekcha, ruscha,inglizcha, arabcha, fors –tojikcha, lotincha atamalar mavjud.Til o‘z-o’zidan rivojlanib boyib
15
bormaydi. Boshqa tillarga ham murojaat qiladi.Tilimizga yaxshi singgigan va o‘rinli kirgan kasb-hunar atamalarini siqib chiqarmasligimiz zarur. O‘zlashma atamalarning aksariyati arabcha, fors-tojik atamalari o‘zbek tilining tarixida qo‘llanilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda anchagina qismi iste’moldan chiqib ketgan. O‘tgan asrda o‘zbek tiliga rus tilidan juda ko‘p so ‘zlar kiritildi. O‘zbek tiliga nisbatan kech qabul qilingan rus va boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan kasb-hunar atamalari hozirgi o‘zbek tili terminologiyasida keng ishlatilib kelinmoqda.

2.1. Shevalar leksikasining taraqqiy etishida kasb-hunar terminlaring o’rni


O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonning har bir viloyat, tumanlarida kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Masalan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik, zardo‘zchilik va hokazolar shulardan hisoblanadi. Kasbhunarning turli tarmoqlarida mehnat jarayonida xalqimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan maxsus terminlar umumxalq tilining lug‘at tarkibida boy bir qatlamni tashkil qiladi. Ba’zilari ishlatilishdan qolib, tarixiy terminlar qatoriga o‘tadi, ba’zilari esa yangi vazifa va yangi ma’nolar kasb etib, iste’moldan qoladi. Kasb-hunar terminlari umumiste’molga, vaqtlar o‘tib folklorga va yozma adabiyotga kiradi. Xalq kasb-hunar terminlari umumadabiy tilimizning hamda shevalarimizning leksik tarkibini boyituvchi muhim manbadir. Masalan, hozirgi murakkab mashinalarning anchaginasi insoniyat tomonidan eng qadimgi zamonlarda yaratilgan sodda texnikaning rivojlana borib, yuksak darajaga erishuvining natijasidir. Kishilik jamiyatining ilk davridagi kichik, sodda uylarning eshiklari ham, hozirgi zamonning yuksak texnikasi samarasi bo‘lmish reaktiv samolyoti yoki so‘nggi rusumdagi avtomashinalarning, suvosti kemalarining eshiklari ham hozirgi og‘zaki va adabiy tilimiz leksikasida eshik deb yuritiladi. Quldorlik tuzimi davri ixtirosi bo‘lmish kulollik charxining yoki oddity suv tegirmonining parra va o‘qlari hamda hozirgi zamon samolyot, vertolyot kemalarining o‘sha xil qismlari shu nom bilan yuritiladi. Demak, eski texnika elementlari va ularning nomlari har choq texnikaning keyingi taraqqiylashgan yangi shakllariga ham o‘tadi. Shuningdek, mehnat jarayonida yaratilgan so‘z-terminlar fanning qariyb hamma tarmog‘iga oid leksikasini doimo to‘ldirib kelgan. Kasb-hunar ahllari tomonidan ishlab chiqarilgan rang-barang mahsulot xalqning isre’moliga o‘tishi, uni jamiyatning turli tabaqasi ishlatishi natijasida ularning nomini ifodalovchi maxsus terminlar ham umumiste’mol so‘zga aylanib ketadi. Ular ishlatila-ishlatila majoziy ma’nolarga kiradi, har xil o‘xshatishlar uchun asos bo‘ladi, maqol, matal, doimiy va frazeologik iboralar tarkibida qo‘llanila boshlaydi, tug‘at tarkibini boyitadi. Masalan, tikuvchilik asboblaridan birining nomini ifodalovchi iyna termini: “ipidan iynasigacha” – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. “iyna minan quduq qazuv” – juda qiyin, bajarilishi amrimahol bo‘lgan ish. “Iynaday gapni tuyaday qildi” – mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi. Yana tesha so‘zi “tesha tiymagan so‘z” – hazil-mutoyiba
16
yo‘li bilan aytiladi, yangi fikr ma’nosida; bo‘zchi, moki so‘zlari – “bo‘zchining mokisidek” – tez-tez qatnab sarson bo‘lish ma’nosida; o‘roq, ketmon so‘zlari “o‘tkanning o‘rag‘in, ketkanning ketmanin aluv” – urushqoq, boshqalarni bezor qiluvchi shaxslar haqida aytiladi, “ketmani uchdi” – omadi keldi” – omadi keldi ma’nosida; narvon so‘zi “yuldizdi naq uruv” – juda olg‘ir, ishbilarmon kishi ma’nosida; tegirmon so‘zi “degirmanga tushsa, putun chig‘adi” – har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oladi ma’nosida; temir so‘zi “temirni qizig‘ida bos” – biror ishni ayni vaqtida qil ma’nosida; temirchi so‘zi esa “ota-bobong temirchi o‘tganmi” – sergap, gapni ortiqcha cho‘zuvchi kishiga aytiladi. Buning sababi shuki, temirchi temirni qizdirib, bolg‘alab cho‘za-cho‘za buyum yasaydi, bunda gapni cho‘zish temirni cho‘zishga o‘xshatiladi. Bu misollardagi, aslida, kasb-hunar leksikasiga oid igna, tesha, bo‘zchi, moki, temir, o‘roq, ketmon terminlari so‘zlashuvimizda majoziy ma’nolar va turlicha o‘xshatishlar uchun xoslashib qolganini ko‘ramiz. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, iste’moldagi so‘zlar biror kasb ahllari tomonidan kasb-hunar hayotidagi ayrim voqea va hodisalar bilan bog‘lanib, maxsus ma’nolarda ishlatiladi va o‘sha xos ma’nolarida yana umumiste’mol leksikaga qaytadi. Kasb-hunar terminlarining ko‘chma ma’nolarda ishlatiladiganlardan yana zarshunos terminini keltirish mumkin. Zarshunos, aslida, zar (oltin)ni (umuman nodir metallni) sifat jihatdan ajrata oladigan mutaxassis ma’nosida bo‘lsa-da, so‘zlashuv tilida yaxshi narsani yomondan ajrata biluvchi, biror ish va hodisaga nozik qaray biluvchi kishi ma’nosida qo‘llanilib kelgan va shu ma’noda adabiy tilga ko‘chgan. Umumiste’moldagi va asosiy lug‘at tarkibidagi ayrim so‘zlar kasb-hunar leksikasida maxsus narsa va tushunchalarni ifodalovchi terminga aylanishi va shu ma’nosi bilan tilga qaytishi mumkin. Bunga tanqidiy g‘arch so‘zi misol bo‘la oladi. Kosiblar oyoq kiyimni kiyib, yerni bosganda g‘irchillagan ovoz chiqarishi uchun uning tovoniga yoki tagcharm bilan patak orasiga qirqilgan mayda charmlar qo‘yib yuboradi. Shu bo‘lakni g‘arch, oyoq kiyimni esa g‘arch etik deb yuritadilar. Bu nom kosiblar leksikasidan so‘zlashuv tiliga, undan adabiy tilga ham kirib singib ketgan. Masalan, shoir Zavqiy bu so‘zni shu ma’noda o‘z she’rida ishlatgan: Davlat-u izzu sharaflar mardi bodunyoniki, Bu zamonda g‘arch kavush kiygan silliq salloniki236 . Shoir bundagi “g‘arch kovush kiygan” iborasini boy, boyvachcha, savdogar ma’nosida ishlatgan va o‘z zamonasining sinfiy munosabatini ochish uchun bu iboradan foydalangan. Bu so‘z Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlarida ham uchraydi: “Poshnasi past amirkon etikcha, g‘arch qo‘yilgan qoshiqday kovushlar yer yuzidagi bor kinnalarni o‘ziga chaqirib oladi, xolajon”. Hozir g‘arch so‘zining shu ma’nosi asosiy lug‘at tarkibiga ham kirgan. Yana egov so‘zi ham majoziy ma’noda uchraydi. Kishining joniga tegib, asabini buzuvchiga qarata: “Sen buncha egov bo‘lding?!”, “U juda egov-da!” deyiladi. Xalqning og‘zaki ijodi, shevalari singari yozma adabiyot ham har doim o‘z lug‘at tarkibini turli-tuman kasb-hunarga oid so‘z va terminlar hisobiga boyitib
17
kelgan. O‘tmishda ham, hozirgi kunda ham yozuvchi va shoirlarning ijodida xalq kasb-hunar terminlari ko‘plab ishlatilgan. Bu hol yozuvchi ijodida fikrlar, voqea va hodisalarning ijtimoiy hayot va mehnat bilan bog‘lanishi, asarda ishlab chiqarish manzarasini paydo etish va personajlarni so‘zlatish natijasida yuz beradi. Kasbhunarga oid so‘z-terminlarning ana shunday shevalar va og‘zaki adabiyotlarda ishlatilishi va iste’moldagi leksikada keng qo‘lllanilishi natijasida ular tilning asosiy lug‘at tarkibidan o‘rin oladi. Masalan, metallsozlikning qariyb hamma tarmog‘ida ishlatiladigan sandon (temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ishlov berish (bolg‘alashda) uning ostiga qo‘yadigan asbobi, temir kunda) umumxalq tilida juda keng qo‘llaniladi, folklorga, yozma adabiyotga kirgan, asosiy lug‘at tarkibidan o‘rin olgan. O‘zbek xalq maqollari orasida ham uchraydi: Ish yurishsa, shisha sandon sindiradi, Ish yurishmasa, bulamiq dandon sindiradi. Badiiy asarlarda ham bu so‘zni uchratamiz: “Qudrat yarim vayrona do‘konda beligacha chuqurga tushib olib, uzun temir qisqichda qisilgan bir yumaloq temir cho‘g‘ni sandonda bog‘lamoqda edi” 237 . Yuqoridagi misollar kasb-hunar leksikasining umumxalq tili, adabiy til va asosiy lug‘at tarkibi bilan o‘zaro munosabatda rivojlanishini yaqqol ko‘rsatadi. Xullas, shevalar va adabiy til lug‘at boyligini boyitishda kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, etikdo‘zlik, ovchilik kabi kasb-hunar atamalarining o‘rni beqiyosdir.
Kasb-hunar nomlarining lug‘aviy-ma’noviy guruhlari va tahlili
Tilshunoslikda semantik yoki tushuncha maydoni haqidagi fikrlar Vilgelm fon Gumboldtning “tilning ichki formasi” haqidagi qarashlari negizida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Ma’lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmuiga semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi. O‘zbek tilshunosligida leksikani semantik maydon asosida o‘rganish tilimizga sistem-struktur metodlarning kirib kelishiga borib taqaladi. Leksemalarni tematik maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to‘dalarini, leksemaning ma’noviy munosabatlarini o‘rganish o‘zbek tili leksikologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan birini tashkil qiladi. Tildagi so‘zlarning muhim xususiyati shuki, ular o‘zida qanday g‘oya tashiyotganiga qarab alohida semantic (tushuncha) maydonlarini hosil qiladi. Tildagi lug‘aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar nomlari ham o‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra shaxs nomlari semantik maydoniga mansub. O‘zbek tilidagi shaxs nomlari semantik maydoniga mansub kasb-hunar nomlari ham bir qancha mavzuviy guruhlarga bo‘linadi. Biz o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlarini Sh.Iskandarov, A.Sobirov tadqiqotlariga tayangan holda quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratishni lozim topdik: 1. Ta’lim sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: adib, maktabdor, muallim, murabbiy, mudarris, o‘qituvchi, tarbiyachi kabi. Ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari ichida eng qadimiylaridan biri bo‘lgan pedagog so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, tarbiyachi degan
18
ma’noni anglatadi. Hozirgi o‘zbek tilida pedagog – bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs, o‘qituvchiga nisbatan qo‘llanadi. Maktabdor so‘zi tarixiy kasb-hunar nomi bo‘lib, oktabr to‘ntarishidan oldingi davrda xususiy maktabi bo‘lgan muallimga nisbatan ishlatilgan: muallim, murabbiy kabi tushunchalarni anglatgan: Solih mahdum, o‘z qatoridagi maktabdor domlalarni aslo ko‘rolmas, ularga qarshi yuragida umrlik kek saqlar edi. (A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”). Muallim arabcha so‘z bo‘lib, o‘rgatuvchi, o‘qituvchi, ustoz degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z sifatida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. Dars beruvchi kishi; o‘qituvchi, pedagog: matematika muallimi. 2. Ta’lim beruvchi, birovga biror narsa o‘rgatuvchi kishi; ustod-ustoz.
Murabbiy arabcha so‘z bo‘lib, tarbiyachi degan ma’noni anglatadi va hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. ayn. tarbiyachi: Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon sohibidir. (Usmonov S, “Odobnoma”). Omuzgor so‘zi arxaik kasb-hunar nomi bo‘lib, o‘rgatuvchi, ustoz ma’nolarini anglatgan: Yana surdi farmondehi ro‘zgor, Ey donnish ahlig‘a omuzgor. (“Saddi Iskandariy”, 295. B. 8.). O‘qituvchi - fan tarbiya asoslaridan birini o‘qitadigan, dars beradigan kishi: Oqko‘lga o‘xshagan uzoq qishloqlarga o‘qituvchi yetishmas edi. (Qodirov P. “Qora ko‘zlar”). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan pedagog, muallim, murabbiy, o‘qituvchi so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik kasb etadi va hozirgi kunda ham faol ishlatilmoqda. 2. Tibbiyot sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: tabib, azayimxon, akusher, aptekachi, dorigar, baleneolog, doktor, shifokor, jarroh (xirurg), vrach, laringolog, stamatolog. Tibbiyot – kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot so‘zi o‘rnida meditsina, tabobat so‘zlari ham ishlatiladi. Shu sohaga oid kasb-hunar nomlari ham bir qancha. Tabib so‘zi arabcha bo‘lib, shifokor, da’volovchi; vrach ma’nolarini anglatadi. Bu kasb-hunar nomi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach: Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o‘z oyog‘i bilan keladi. (Maqol). 2. Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurtida ta’lim olmagan, o‘z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs: Tabib qo‘y jigarini ham kabob qilib, bujg‘un sepib yeng, degan edi... dardi shifo topmabdi. (M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”). Hozigi kunda tabib so‘zining bemorlarni davolovchi mutaxassis, vrach ma’nosi eskirib, tabiiy usullar bilan, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolovchi shaxs ma’nosi bilan iste'molda. Akusherka fransuzcha so‘z bo‘lib, tug‘ruqqa yordam bermoq ma’nosini anglatadi. Homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv ro‘yxatiga olish, ularning kasalligini aniqlash, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyingi (chilla) vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, maxsus o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi.
19
Doktor so‘zi lotincha bo‘lib, o‘qituvchi, muallim, ustoz ma’nolarini anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. So‘zlashuv tilida kasalliklarni davolovchi oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi; shifokor, vrachga nisbatan qo‘llanadi: Oyim ham tez-tez doktorga qatnaydigan bo‘lib qoldi. (S.Siyoyev, “Yorug‘lik”) 2. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan fan nomzodlari yoki professorlarga beriladigan oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim. Filologiya fanlari doktori.
Murabbiy arabcha so‘z bo‘lib, tarbiyachi degan ma’noni anglatadi va hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. ayn. tarbiyachi: Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon sohibidir. (Usmonov S, “Odobnoma”). Omuzgor so‘zi arxaik kasb-hunar nomi bo‘lib, o‘rgatuvchi, ustoz ma’nolarini anglatgan: Yana surdi farmondehi ro‘zgor, Ey donnish ahlig‘a omuzgor. (“Saddi Iskandariy”, 295. B. 8.). O‘qituvchi - fan tarbiya asoslaridan birini o‘qitadigan, dars beradigan kishi: Oqko‘lga o‘xshagan uzoq qishloqlarga o‘qituvchi yetishmas edi. (Qodirov P. “Qora ko‘zlar”). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan pedagog, muallim, murabbiy, o‘qituvchi so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik kasb etadi va hozirgi kunda ham faol ishlatilmoqda. 2. Tibbiyot sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: tabib, azayimxon, akusher, aptekachi, dorigar, baleneolog, doktor, shifokor, jarroh (xirurg), vrach, laringolog, stamatolog. Tibbiyot – kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot so‘zi o‘rnida meditsina, tabobat so‘zlari ham ishlatiladi. Shu sohaga oid kasb-hunar nomlari ham bir qancha. Tabib so‘zi arabcha bo‘lib, shifokor, da’volovchi; vrach ma’nolarini anglatadi. Bu kasb-hunar nomi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach: Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o‘z oyog‘i bilan keladi. (Maqol). 2. Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurtida ta’lim olmagan, o‘z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs: Tabib qo‘y jigarini ham kabob qilib, bujg‘un sepib yeng, degan edi... dardi shifo topmabdi. (M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”). Hozigi kunda tabib so‘zining bemorlarni davolovchi mutaxassis, vrach ma’nosi eskirib, tabiiy usullar bilan, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolovchi shaxs ma’nosi bilan iste'molda. Akusherka fransuzcha so‘z bo‘lib, tug‘ruqqa yordam bermoq ma’nosini anglatadi. Homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv ro‘yxatiga olish, ularning kasalligini aniqlash, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyingi (chilla) vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, maxsus o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi. Doktor so‘zi lotincha bo‘lib, o‘qituvchi, muallim, ustoz ma’nolarini anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. So‘zlashuv tilida kasalliklarni davolovchi oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi; shifokor, vrachga nisbatan qo‘llanadi: Oyim ham tez-tez doktorga
20
qatnaydigan bo‘lib qoldi. (S.Siyoyev, “Yorug‘lik”) 2. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan fan nomzodlari yoki professorlarga beriladigan oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim. Filologiya fanlari doktori
Shifokor arabcha so‘z bo‘lib, shifolovchi, davolovchi ma’nolarini anglatadi. Hozirda quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. Umuman, kasalliklardan xalos qiluvchi; davolovchi. Shifokorlar qadimgi davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salohatligi uchun nafi borligini e’tirof etganlar. (Z. Egamberdiyev, “Zaharning nafi”). 2. Tibbiyot institutini bitirgan va davolash-profilaktika hamda sanitariyaepidemiologiya muassasalarida ishlash huquqiga ega bo‘lgan mutaxassis; vrach, doktor. Yomon shifokorning qotildan farqi yo‘q. (O‘. Hoshimov, “Nur borki soya bor”). Jarroh (xirurg) arabcha xirurg degan ma’noni anglatib, kasalliklarni operatsiya yo‘li bilan davolovchi vrachga nisbatan ishlatiladi: Ibn Yamin bilan Hamza jarrohga kerakli narsalar keltirib berib turishdi. (Komil Yashin, Hamza). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida jarroh o‘rnida xirurg so‘zi ham ishlatiladi. Vrach so‘zi rus tiliga mansub bo‘lib, gapirmoq, so‘zlamoq; avroqchi, sehrgar kabi ma’nolarni anglatadi. Bu kasb-hunar nomi hozirgi kunda oliy ma’lumotli tibbiyot xodimiga nisbatan ishlatiladi: Bolalar vrachi. Vetvrach so‘zi veterinariya vrachi, veterinarga nisbatan ishlatiladi: Bunaqa jigarrang “Jiguli”dan sovxozda yetti kishida bor. Qaysi biri ekan? Bosh zootexnikmi, vetvrachmi, kim bo‘ldi? (Gazetadan) Hakim so‘zi arabcha dono, oqil, donishmand; tabib; faylasuf kabi ma’nolarni anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa hakim so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib, quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1. O‘tkir tabib; vrach, doktor: Qadimgi dunyo hakimlari kishi asabiga musiqaning ta’sirini alohida ta’kidlaganlar. (Gazetadan) 2. Donishmand faylasuf: Forobiy ulug‘ yunon hakimining juda chigal falsafiy mulohazalari mag‘zini chaqib bergan. (Mirkarim Osim, “Ibn Sino qissasi”). 3. Hakim (erkaklar ismi). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tibbiyot bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan doktor, shifokor, vrach so‘zlari faol qo‘llanmoqda. 3. Dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: dehqon, bog‘bon, bedakor, ziroatchi, zig‘irkor, jo‘xorikor, kartoshkakor, suvchimirob, fermer, brigadir, g‘allakor, agronom-hosilot, paxtakor kabi. Dehqon so‘zi forscha so‘z bo‘lib, kata yer egasi, zamindor; qishloq hokimi degan ma’nolarni anglatadi. Eski o‘zbek adabiy tilida bu nom ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan: 1) qishloq boshlig‘i; badavlat kishi; dehqon: Yo‘lda Isfaroyi shahrig‘a yetkanda bir dehqon uyiga tushti. (“Tarixi muluki ajam”, 519.) 2) tajribakor, ishbilarmon, ish boshqaruvchi: Mulki jahon mazra’i dehqoni ul, Balki jahon mulki nigahboni ul. (“Hayrat ul – abror” 57-13.) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa dehqon so‘zi asosiy kasbi yerga ishlov berish, ekin ekishdan iborat bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatiladi: Dehqon bo‘lsang, shudgor qil, mullo bo‘lsang, takror qil. (Maqol)1 Demak, dehqon so‘zida ma’no torayishi yuz bergan
Barzagar so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida dehqon, ekin ekuvchi, g‘allakor ma’nolarida
21
qo‘llangan: Barzagarg‘a andin kom hosil, pushakashg‘a andin murod vosil. (“Mahbub ul-qulub” 46.) 4. Savdo-sotiq bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: bazzoz, attor, tarafurush, allof, aspijallob, baliqfurush, baqqol, bodroqchi, bozirgon, bozorgon, namadfurush, savdogar, savdopesha, sotuvchi, gilamfurush, dallol, qassob kabi. Tijoratchi so‘zi arabcha savdogarlik, oldi-sotdi ma’nosini anglatuvchi tijorat asosidan -chi affiksi vositasida yasalgan bo‘lib, hozirda faol qo‘llanmoqda. Mazkur so‘z ham aynan savdogar so‘zining sinonimidir. Tahlillardan ko‘rinadiki, til tarixida savdogar so‘zining bir necha sinonimlari, variantlari bo‘lgan. Bu variantlar arab va fors-tojik tilidan so‘z o‘zlashtirish asosida yuzaga kelgan. Til taraqqiyotiga xos eskirish va sayqallanish omillari asosida hozirgi tilimizda savdogar va uning tijoratchi, sotuvchi kabi sinonimlari faol ishlatiladi. Arabcha baqqol so‘zining lug‘aviy ma’nosi oziq-ovqat mollari, sabzavot sotuvchi degan ma’noni anglatib, eski o‘zbek adabiy tilida mayda-chuyda ro‘zg‘or mollari va oziqovqat (meva, shirinliklar va shu kabi)lar sotuvchi mayda savdogarga nisbatan eski o‘zbek adabiy tilida qo‘llangan: Har yili hamalning o‘ninchi kuni shahardagi nufuzli baqqollardan biri yetti xil ko‘kat, yetti xil meva solingan barkash ko‘tarib saroyga borardi. (S.Siyoyev, “Avaz”). 5. Me’morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: banno, boniy, loygar, me’mor, naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, pozaliq, sabbog‘, sangtarosh, arxitektor, binokor kabi. O‘zbekiston me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman me'moriy yodgor- liklari, yuksak nafosat mujassam bo‘lgan mahobatli osori atiqalari bilan diqqat- e'tiborni tortadi. Shu bois me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlarining yuzaga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Shu bois o‘zbek tili leksikasining barcha taraqqiyot bosqichlarida me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari salmoqli o‘rin egallaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, til tarkibining taraqqiyoti: lug‘aviy birliklarning eskirishi, yangilanishi va sayqallanishi kasb-hunar nomlariga ham xos bo‘lib, mazkur mavzuiy guruh ham jamiyat hayotidagi turli, xususan, me'morchilik hamda shaharsozlik borasidagi o‘zgarishlar ta’sirida takomillashib borgan va bormoqda.
2.2. Kasb hunar leksikasining “Jannat o’zi qaydadir” asari misolida
Saqnaning parda oldidagi xilvat burchagi. Yengil halinchak-kursiga yastanib olgan X o n i m, burnining uchida jimjimador ko‘zoynak, qo‘lida kalkulyator, allanimani hisoblamoqda. Oyog‘ining tagida sandiqdek keladigan bahaybat jomadon. Undan olingan kiyim-kechak, lash-lushlar yemak stolining ustida uyilib yotibdi.
X o n i m. To‘rtta «bukle» kostyumchik — yetmish olti dollardan — uch yuzu to‘rt dollar. Olti jemper — yigirma sakkiz baksdan — bir yuzu oltmish sakkiz qo‘qonga tushdi. Besh juft «lodochka» tufli — oltmish olti… Qimma-at. Qirq dona kolgotka, yo‘g‘-a, qirq to‘rt dona — yigirma ikki dollar. Tuzu-uv. Haligi savillar qayoqqa ketdi ekan-a? (Engashib jomadonni titkilaydi, nihoyat bir to‘p yaltiroq g‘ilofli siynaband chiqadi. Birini g‘ilofidan sug‘urib tomosha qiladi.) Zo‘r ketadi ammo!
22
Necha baksdan desamikin?.. Tashqarida moshina kelib to‘xtagani eshitiladi. Eshigi qarsillab yopilib, zum o‘tmay M e l i s paydo bo‘ladi. G‘irt mast, oyog‘ida turolmaydi. M e l i s. Ma-a-ma, privet! X o n i m (qo‘lidagini apil-tapil jomadonga tashlab). Melischik, jonim, qayoqlarda yuribsan? Aeroportga chiqib bizlarni kutib oladimi desam… Sog‘indim! Ke, bir o‘pay! M e l i s (gandiraklab uning boshiga keladi). Ma-ma! X o n i m (ta’naomuz ohangda). Oyi! M e l i s (battar g‘ashiqib). Mama! X o n i m (koyinib). Oyi! Endi «oyi» bo‘ladi, jinnivoy! Birov eshitsa nima deydi? Bular haliyam… (O‘ptirishga engashgan o‘g‘lining gardaniga lab urib qo‘yadi.) Endi u yog‘idan… Melisginam, erkatoyim! M e l i s (g‘o‘ddayib). Melivoy! Endi Melivoy bo‘ladi, oyivoy! X o n i m. Ha, mayli-mayli. Melivoy, voy-voy! M e l i s. Va-abshe, endi Melivoy bo‘ladimi, Melisqul bo‘ladimi — bari bir go‘r! Qachon kelindi? Boy otam ham keldilarmi? X o n i m. Boya… U ham keldi. Hamma shu yerda, Melischik. Kutgani chiqmading? M e l i s. Bu yoqda nima gap-u… Yana xotin ovlaganimi? Yoki bu gal hovli ko‘rganimi? X o n i m. Unaqa dema, toychoq! Eshitsa, xafa bo‘ladi. O‘zi qandoq mirovoy odam! Bizlarga qandoq yordamlar qilyapti! M e l i s (stol ustidagi lash-lushni titib ko‘rib). Voy-bo‘, Turkiyani ko‘chirib kelmadingizmi ishqilib? Kojinka qani? Kamera qani? X o n i m. Kelasi safar-da, Melischik. Bu gal xarajat ko‘payib ketdi. Xo‘pchik? M e l i s. Xo‘pchik! Papam qani? X o n i m. Papang… Dada degin, uyat bo‘ladi! Dom-la-a ishlayaptilar. Qattiq ishlayaptilar! Muhim maqola ustida! (Kimgadir, aftidan, Domlaga taqlidan.) Ustida, bilding! O‘zing qalaysan, jujunchik? Mensiz qiynalib qolmadingmi? Klara… iya, Komila opang ovqat-povqatingga qarab turdimi ishqilib? Unikiyam kasha-pashadir-da? Mazamatrasiz o‘rischa allambalolar degin! U kishimning fikr-xayollari haliyam o‘sha yoqda, Leningradda! Peterburgmi endi? Yer yutsin! Baloga yo‘liqqur Viktor! Guldek bolamni… Shuni anovi Rahmatjonga bir… M e l i s. Qo‘ysangiz-chi, mama! Boy otam naqd o‘n yetti yasharini ko‘zlab yuribdilar. O‘n sakkiz yashari bo‘lsa ham — qaramaydilar. O‘zlari aytgan. Shaxsan menga! X o n i m. Hazilingni qo‘y, jonim. Rang-ro‘yingga nima bo‘ldi, tuzukmisan o‘zi? Melis. Rasvo! X o n i m (tashvishlanib). Nima bo‘ldi, jonim? Yo‘lda melisa-pelisaga tushdingmi, nima balo? Nima dedi, nima qildi? M e l i s. Nima qilardi, chest berdi! Ko‘zi ko‘r emas, ko‘rib turibdi — «inomarka»! X o n i m. Ha-a, tuzu-uv… Tag‘in nima dedi? M e l i s. Millioner mamashkangga salom ayt, dedi! Aytginki, bu arava urinibroq qopti, durustrog‘ini olib bersin, «volvo»sidan bo‘lsa, yana yaxshi, dedi! Shunday dedi, chestniy pionerski, shunday dedi! (Kaftining qirrasini peshonasiga tirab «salyut» yasaydi.) X o n i m. Mayli-mayli, maynavozchilikni qo‘y. Qorning ochdir, nima yeysan? Ammashkang bir balo qilayotuvdi, jizza-pizzasidan tatinib turasanmi? Asal xola-a, huv Asal xola!.. (Bo‘ynini cho‘zib chaqira boshlaydi.) M e l i s. Kerakmas! Shu tobda ovqat o‘tadimi tomoqdan! X o n i m. Bunaqa odating yo‘q edi-ku, jujuq! Yana deng — ro‘lda! Shunaqa qilaversang, kojinka ham yo‘q, «volvo» ham yo‘q, bilib qo‘y, bola! M e l i s. Men ichmay kim
23
ichsin, mama! Hammasi rasvo! Hammayoq bardak! X o n i m (jonsaraklanib). Nima qildi, bolam? M e l i s. Nima qilardi, o‘sha — papamning… X o n i m. O‘zingdan ko‘rgin-da, jonik! Unisi o‘poq, bunisi — so‘poq, deysan. Papangning ham joni achiydi-da. Yoshing o‘ttizga qarab borayotgan bo‘lsa!.. Charchabsan. Kir, yotib damingni ol. Ammashkangga ayt, ichkari uyga joy qilib bersin. M e l i s. Yotaman! Uyg‘otganni — otaman! (Ketadi.) X o n i m. Xo‘p, xo‘p, boraqol. (Yana buyum titishga kirishadi.) Shaharda tinchlikmi? (Shunchaki.) Aeroportdan to‘ppa-to‘g‘ri bu yoqqa kelaverdik. Shaharda nima bor!.. O‘ttizta lozimcha… Qanchadan olingan edi? M e l i s (ichkaridan). Shaharda shovqin, to‘polon! Eh, hammasi ketdi! Hammasi! Mustaqillik ham! Erkinlik ham! Orzu-umidlar ham! Hammasi barbod bo‘ldi! «Oq kaptar, oppoq kaptar»mish! «Kel, seygilim»mish! Mana senga! Hammasi ostin-ustun! Ammashka! Ammash!.. X o n i m (mashg‘ulotiga sho‘ng‘ib ketganidan uning gapiga parvo qilmay, hardamxayollik bilan). Shaharda shovqin, shaharda shovqin… Qanchadan olingan edi bu savil?.. Hammasi ketdi, hammasi ketdi… Ikki dollarga bittadanmi, bir dollarga ikkitadanmi?.. «Ketdi, ketdi, ke-etdi… (Xirgoyi qiladi.) Hammasi ketdi… Mustaqillik, erkinlik… ketdi, ketdi, ke-etdi…» Mustaqillik… Necha dollardan edi? Ha-a, esladim, esladim… bir dollardan! Mustaqillik… bir dollar! Erkinlik… bir dollar! Hammasi bo‘lib qancha? «Ketdi, ketdi, ke-etdi…» O‘ttizta lozimcha — o‘ttiz dollar! «Ketdi, ketdi, keetdi…» (Qo‘qqisdan o‘ziga kelib.) Nima?! Mustaqillik dedimi boya? Ketdi? Voy! Qayoqqa ketadi? Voy, voy! Endi nima bo‘ladi… bular? Hammasi?! (Jonholatda stol ustidagi narsalarni shipirib jomadonga tiqadi va yig‘lamsirab chinqiradi.) Domla-a! Huv domla-a! Bu yoqqa qarasangiz-chi, axir! Kuydik, ado bo‘ldik! Qayoqdandir kimningdir bo‘g‘ik ovozda xirgoyisi eshitiladi. Kimdir Muyassar Razzoqovaning ovozi bilan «Oq kaptar, oppoq kaptar» qo‘shig‘ini kuylayotir. Bir lahza talvasada qolgan Xonim apil-tapil antiqa takkursida turgan telefonga yopishadi. Go‘shakni bo‘yni bilan qisib, raqam teradi. X o n i m. Bo‘sto-on! Hoy Bo‘sto-on! Alyo! Al-yo! (Go‘shakni qarsillatib joyiga qo‘yadi.) He, padaringga la’nat! Sakkiz xonadonga — bitta telefon! Buyam bir kun ishlasa, bir hafta g‘ing‘illab turgani turgan. He, topilmay ket! Domla-a! Bormisiz, axir! ( Bahaybat jomadonini zo‘rg‘a sudrab, yon tarafga kirib ketadi.)
Shahar yaqinidagi chorbog‘ — dacha. Qo‘shqavat imoratning faqat biqini ko‘rinadi. Hovli o‘rtasida kattakon jimjimador chorpoya. Xontaxtaning gird-atrofi ko‘rpa-ko‘rpacha, yostiqlar. To‘rda, bizga ko‘rinib-ko‘rinmay bir kishi yonboshlab yotibdi. Uxlayapti, chamasi.
Imorat daraxtzor bokqa qaragan. Beriroqda — tepasi rangdor shifer bilan yopilgan omonat o‘choqboshi. O‘sha tarafda — darvozaxonadan nari xilvatroq joyda tizza bo‘yi marmar koplangan inshootning bir burchagi ko‘zga chalinadi. Basseyn, ko‘m-ko‘k suvi mavjlanib turibdi. Darvozaxona ustidagi bejirim panjarali ko‘shksimon shiyponda D o m l a miz makon qurgan. Stol-stul, choynak-piyola. Bir yonda
24
savatdan yasalgan tebranma kursi. Domla ko‘zoynagini peshonasiga ko‘tarib devor osha ko‘cha tomondagi kim bilandir so‘zlashmoqda. Qo‘shni shekilli. Q o‘ sh n i (ovozi). Yog‘i chiqib qolgandir, domla? Qachon qarasam… D o m l a (hafsalasiz). Xay endi, ermak-da. Bekorchilikdan. Q o‘ sh n i (ovozi). Foydasi yo‘q, foydasi yo‘q. Ko‘rib turibsiz-ku! D o m l a (oldidagi yozib o‘tirgan kattakon daftariga ishora qilib). Buni birov mendan tortib olarmidi? O‘zim uchun-da. O‘tgan-ketganni xotirlab deganday… Q o‘ sh n i (ovozi). So‘ngra bir kun opketasiz-da, o‘sha yoqqa? Sizning o‘tganketganlaringizni nashr qilib bo‘lmas, domla! D o m l a (parishon). Qaydam. Shunday bo‘ladi shekilli. (Daf’atan iljayib.) Tayyor yostiqda. U yoqda yostiq bo‘lmasmish-ku… Chiqing bu yoqqa, choy quyib beraman. Q o‘ sh n i (ovozi). Uyga boray. Sherigim keldi. Navbatchilikka. Ertaga institutda yig‘in bormish. D o m l a. Yig‘in ham qilib turasizlarmi? Chatoq-ku. Qanaqa yig‘in ekan? Q o‘ sh n i (ovozi). Rostmi, yolg‘onmi, akademiyaga saylov bo‘larmish, degan gap chiqib turibdi. D o m l a (beixtiyor jonlanib). Yo‘g‘-e? Zo‘r-ku! Anchadan beri paysalga solib kelinayotuvdi o‘zi… Q o‘ sh n i (ovozi). Yana bir urinib ko‘rmaysizmi, domla? Qilingan xizmatlar yetarli bo‘lsa! Gard-kamiga-da! D o m l a (ikkala qo‘lini taslimona ko‘tarib). Bas endi, inim! Tavba qildik! O‘zingiz aytasizku, «foydasi yo‘q, foydasi yo‘q» deb. Shu gap-da. Bir yozuvchimidi, «Endi meni bukaman deb, sindirib qo‘ymanglar tag‘in» degan ekan. Yaxshi aytgan! O‘zimizni qo‘chqor sanamasak ham, shoxlar sinib tamom bo‘lgan, uka! Q o‘ sh n i (ovozi). Qo‘y bo‘pqolganmiz deng? D o m l a. Undan ham battari! Endi yoshlar ko‘rsin bu yog‘ini. Mana, o‘zingiz harakat qiling. Fan do‘xtiri, professor! Q o‘ sh n i (ovozi). Hazillashyapsizmi, domla? Shuncha fan do‘kaylari turganda bizga yo‘l bo‘lsin! Foydasi yo‘q, foydasi. Siz bilan bizning foydani anovi basseyndan topib turganimiz o‘zi g‘animat. Qo‘ying! Siznikiga ham kelib turishgandir? D o m l a (o‘ng‘aysizlanib). E, yo‘g‘-e… Kechamidi, uch-to‘rttasi adashib kepqolgan ekan, haydab yubordim. Anovinaqa qizlar bilan kelishibdi, bor-e, dedim. Suvni nahsga botirib… Q o‘ sh n i (ovozi). Tirikchilikning aybi yo‘q, domla. Cho‘milib bo‘lib uch-to‘rt so‘m tashlab ketadi, harna-da. Siznikidan chiqib keyin menga borishdi. Suv-ku, suv, yuvib ketar… Nima qilay, uy to‘la bola-baqra, yeyman-ichaman deb turibdi! Ha, kechagilarning orasida anovi akademik oshnangizning nevarasiyam bor ekan. Huv anovi, o‘tgan galgi saylovda siz bilan tushgan… Mustaqil domla deysizlarmi? D o m l a (ijirg‘anib). Mustafoqulov… Muxbir deng! Qaysidir gazetani to‘ldirib har hafta maqola chiqaradi-ku. Maddoh! Mustaqillikni xususiylashtirib olgan u! O‘ziniki! Kechagi zamondagi o‘yinlarini bilarsiz?
Q o‘ sh n i (ovozi). Qo‘yavering, domla, foydasi yo‘q. Oxiratda javobini berar! D o m l a. Sodda bo‘lmang, ukam! Javob-pavob bermaydi — ateistlarning peshvosi u! Q o‘ sh n i (ovozi). Chorbog‘ingizda o‘tiraverib zamondan orqada qolibsiz, domla! Hozir oshnangiz — ma’naviyat va ma’rifatning peshvosi! Besh mahal namozni kanda qilmaydi deb eshitaman. D o m l a (bo‘shashib). Hay, shunday bo‘ptimi?
25
Mayli, iymonini bersin. Zamon shuniki bo‘lib qoldi, nachora! Q o‘ sh n i (ovozi). Xonim keldilarmi, domla? Kennoyimiz? Safarda edilar chog‘i? D o m l a (istar-istamas). Kelganday. Bittasi ivirsib yuruvdi, o‘sha bo‘lsa kerak. Q o‘ sh n i (ovozi). Ha, yaxshi, ko‘nglingiz endi xotirjam. Shu deyman, domla, xotinqizlarimiz dunyoga chiqib ketdi-ya! Siz bilan biz bu yerda basseyn qo‘riqlab, jo‘xori qayirib… D o m l a. «Erlari uyda turib, xotinlari savdo qilur». Eshitganmisiz? Oxirzamonning alomatlaridan biri shunday emish-ku. Q o‘ sh n i (ovozi). Asta’furulloh deng, domla! Oxirzamonga hali ancha bor! D o m l a. Men o‘zimni aytyapman, inim. Har bandaning oxirzamoni o‘zi bilan ekan. Mayli, yo‘ldan qolmang siz. Chaqirsa — chiqmadingiz. Ertaga biror yangilik bo‘lsa, kelganda aytib berarsiz. Q o‘ sh n i (ovozi). Indinga kelaman. Navbatim — indin. D o m l a. Indingacha biz haq deb jo‘xori qayirib o‘tirar ekanmiz-da? Q o‘ sh n i (ketayotib, haytsirgan ovozi). Globallashuv zamonida yashayapmiz, domla! Dunyoda bir gap bo‘lsa, zum o‘tmay eshitasiz — radio bor, televizor! D o m l a (ko‘zoynagini peshonasidan tushirib, ishiga kirisharkan). Mayli, inim, yaxshi boring. Uydan yugurib chiqqan X o n i m hovli o‘rtasida bir zum to‘xtab, ko‘kragiga tuf-tuflaydi. So‘ngra atrofga alanglab, o‘choqboshida kuymanib yurgan Asal xolaga ko‘zi tushadi. Xonim (zarda bilan). Amma! Quloqlaring tom bitganmi, nima balo? A s a l x o l a. Ha, ha, xonimjon? Men bu yoqda ekanman-da. X o n i m (ensasi qotib). «Xonimjon, xonimjon»! Men sizning xotiningiz emasman-ku, amma! Necha yildan beri aytaman-a: Roza Hasanovna, tamom! A s a l x o l a (tusi o‘zgarib). Hay, nima farqi bor? Xo‘p, ana — Ro‘za Hasan… X o n i m (ijirg‘anib). Zahar xola! Domla qanilar deyapman? A s a l x o l a tumshayib, qo‘lidagi kapgir bilan shiyponga ishora qiladi. Domla ko‘zoynagini peshonasiga surib, panjaradan pastga engashadi. D o m l a. Ha, xonim, tinchlikmi? Dunyoni buzvordingiz-ku shovqin solib! Nima gap o‘zi? X o n i m (bo‘shashibrots). O‘zingiz-chi! Boyadan beri chinqiraman… Kim bilan buncha g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir qildingiz? D o m l a. He, qo‘shni. Uyiga ketayotgan ekan. Prokurorning hovlisida turadigan-chi! X o n i m (bepisand). Ha-a, anovi qorovulmi? O‘sha bilan shuncha gaplashadimi odam? E, qoyilmasman sizga, domla! D o m l a. Bilsangiz, xonim, u odam — fizika-matematika fanlari do‘xtiri, professor! Xuddi eringizga o‘xshagan, kerak bo‘lsa! Sohasi boshqa, xolos. X o n i m. Voy-voy, shu kishi-ya?! Qo‘ysangiz-chi, domla! Bir juldurvoqi-ku! Do‘xtir bo‘lsa, professor bo‘lsa, birovning hovlisida qorovullik qilib yurarmidi?! D o m l a. Avvalo, begona emas, tug‘ishgan jiyani. Prokuror! Haftada ikki-uch bor kelib jiyanining hovlisini qo‘riqlab ketsa nima qipti? Prokurorning o‘zi bu koshonaga kelib turolmaydi-ku, to‘g‘rimi? Qolaversa, ilm odami, qo‘li kaltaroq. Buning ustiga, bolachaqasi ko‘p emish. X o n i m. Mana, siz ham ilm odamisiz — qo‘lingiz uzunmi? D o m l a (hazilga burib). Mening qo‘lim ham, oyog‘im ham uzun! Xohlasam — Turkiyaga yetadi, xohlasam — Dehliyu Dubayga! X o n i m. Kesatyapsiz-a? O‘zingiz ham rosa kezgansiz Moskvayu Leningrad qilib! D o m l a. Sizniyam armoningiz qolmagan,
26
xonim! Sochiyu Qirimlar eslaridan chiqdimi? Keyin-keyin undan ham nari — Bolgariya, O‘rta Yer dengizi bo‘ylab sayohatlar! Mazaxo‘rak bo‘lganlar-da, o‘shalarni xumor qilibmi, mana, uyda o‘tirolmay qoldilar. O‘rgangan ko‘ngil… X o n i m (past tushib, ham qofiyasiga). …o‘rtansa qo‘ymas! O‘zingiz oborgansiz-ku! D o m l a. Ana shunisiga dog‘man-da… Bizga kelsak, bizniki ilmiy kengash, konferentsiya yo seminar deb atalguchi edi. Yalang sayru sayohat emas! X o n i m. Bizniki ham sayohat, ham tijorat deb ataladi! Chidaysiz-da, xo‘jayin! Chidayolmasangiz… siz sho‘rlikda prokuror jiyan ham yo‘q! D o m l a (nochor iljayib). Bizga unaqa dahmaza jiyanning keragi ham yo‘q, xonim afandim, o‘zingiz borsiz, yetib ortadi! X o n i m (haligi tahlikada bu gapning tagiga yetmay). E, xudoga shukr-e! Shunday deb turing. Aytganday, eshitdingizmi?.. Darvozaxona tarafdan yana «Oq kaptar» ko‘shig‘i yangrayotir. D o m l a. Eshitdim, eshitdim. Boya ham eshitganday bo‘luvdim. Shu qo‘shiqni yaxshi ko‘raman-da, xonim. Xuddi oppoq gullagan olchazorda sayr qilib yurgandek bo‘ladi odam. Sizni qo‘ltiqlab! Huv bir vaqtlardagidek! Yon-veringizda oq kaptarlar charx uradi, jannatning o‘zi! Saodat Qobulovaning qo‘shig‘i… X o n i m. Shoir bo‘pketing-e! Men boshqa gapni aytyapman, domla… D o m l a. Quloq soling, quloq soling! (Bosh tebratib.) Shunday ashulalar ham bor-a dunyoda! Eh, qani mening yoshligim?! X o n i m (quloq tutib). Anovi moshinadan kelayotganga o‘xshaydi. Radiosini o‘chirish esidan chiqibdi-da. D o m l a. Iya, so‘taqo‘zingiz shu yerdami? Qachon keldilar? X o n i m. Huv, qachon edi! Ijodga sho‘ng‘ib, moshinaning ham tovushini eshitmagandirlar-da? D o m l a. Balki, balki. Chaqiring, o‘chirib qo‘ysin. X o n i m. Charchab kelgan ekanmi, ichkari kirib tarrakday qotib qoldi! D o m l a. O‘lguday urib kelgan deng! Shu ahvolda moshinaga o‘tirib… Odam bo‘lmadi bu bola! X o n i m. Qo‘ysangiz-chi, xo‘jayin, kim odam ekan shu zamonda! D o m l a. Klarangiz ko‘rinmay qoldi? X o n i m. Pastda, podvalda. Dam olyapti. Qizi bilan. Muzdekkina! Qarang, bu issiqqa chidab bo‘ladimi? Bitta sizga bilinmaydi. Hur-hur shiyponda o‘tiribsiz-da. D o m l a. Zerikyapti-ya shu qiz? Shahri shovqinga o‘rgangan… X o n i m (xo‘rsinib). E-e, gapirmang… Hoy, tushib anovining radiosini ko‘rsangiz-chi endi! D o m l a (sho‘xchanlik bilan). Xo‘p bo‘ladi, xonim! Xo‘p bo‘ladi, Roza Hasanovna! Hozirda.
Domla yog‘och zinapoyadan tushib keladi va shiyponning orqasida — bizga ko‘rinmay turgan moshinaning eshigini ochgani eshitiladi. Ul-bul murvatini tekshirib chiqqan bo‘lsa kerak, eshik yana qarsillab yopiladi. Bu vaqt boyagi qo‘shiq ham tingan. D o m l a (shiypon tagidagi chorqirra ustunga suyanib turgan xotinining oldiga qaytib). E, ko‘cha-ko‘ydan kelyapti shekilli… (O‘choqboshi tarafga qarab.) Amma! Biror narsangiz bormi? Qorin piyozning po‘stlog‘i bo‘pketdi-ku! A s a l x o l a. Birpasginada bo‘ladi, aylanay, sabr qilasiz. X o n i m (ensasi qotib). Aylanay, o‘rgilay… Bu kishi — domla! A s a l x o l a. Xo‘p, xo‘p, xonim… Ro‘za Hasan… (Birdan zahri qo‘zib.) O‘zingiz uyga kirib andakkina damingizni olsangiz-chi, aylanay! Yo‘ldan kelgan odam! Bu xotin charchamaydiyam! X o n i m. Charchab
27
bo‘pti! Zahar xola!.. (Domlaga yuzlanib, birdan past ovozda.) Hech gapdan xabaringiz yo‘qmi, domla? Mustaqillik ketganmish-ku! D o m l a (beixtiyor, ajablanib). Mustaqillik?! Qanaqa mustaqillik? Qayoqqa ketadi? Nega? O‘ylab gapiryapsizmi o‘zi, xonim? Alahsiramayapsizmi ishqilib?! X o n i m (o‘zini otslagandek). Kim bilsin, boya o‘g‘lingiz shunday deb to‘ng‘illagandek bo‘luvdi. O‘zim ham yaxshi anglayolmay qoldimmi… D o m l a (besaranjomlikka tushib). Esi joyidami o‘zi?! Bor, uyg‘ot! X o n i m. Uxlayapti bola. Turolmaydi. D o m l a (darg‘azab). Uyg‘ot deyapman hozir! X o n i m. Voy, voy! O‘zingizni bosing, xo‘jayin! Unday bo‘lsa, kuyib qoladigan men-ku! Shuncha mol, sarmoya! Sizga, qaytaga, yaxshi bo‘lmaydimi? Ishlaringiz yana yurishib, akademiya, saylov… D o m l a (xezlanib). O‘v, xotin, es-pesingni yedingmi?! O‘ylab gapiryapsanmi, axir? Nahotki, men… Kir, uyg‘ot! X o n i m (daf’atan chatnab). Uyg‘otmayman! Kerak bo‘lsa, kirib o‘zingiz uyg‘oting! (Yo‘lni to‘sib.) Uyg‘otib bo‘psiz! Men bu odamni suyunib ketadimi desam… D o m l a. Suyunib ketadi? Obbo-o! Mening, mendaqalarning ishi yurishishi uchungina kechagi zamon qaytishi kerak ekanmi? Buni xayol qilmoqning o‘zi borib turgan telbalik, razillik-ku! X o n i m. Huv birda o‘zingiz ijtimoiy adolat, tenglik g‘oyalari yana qaytib maydonga chiqishi mumkin, degandek bo‘luvdingiz shekilli? D o m l a (bir zum gangib, so‘ng yotig‘i bilan, saboq maromida). Aytgandirman. Chunki bu — orzu, insoniyatning o‘lmas orzusi! Tarixiy sharoit, mavjud tuzum yo siyosat taqozosi bilan, yoki urush-to‘polonlar davrida u ma’lum muddat kun tartibida turmasligi, unutilishi ham mumkindir. Ammo odamzod bor ekan, bu ideal hech qachon eskirmaydi, yo‘q bo‘lib ketmaydi. Shu gaplarni o‘zingiz ham bilasiz-ku, xonim — fan nomzodi degan hujjatingiz bor qo‘lingizda! Loaqal, qadimgi Rim demokratiyasi, Forobiy boboning odil jamiyat haqidagi orzularini eslang!.. X o n i m. Esladik, esladik, domlai kalon! Lekin — hayot boshqa, anovi orzu-xayollar boshqa! D o m l a (fikridan chalg‘imay). Yo‘q, xonim, siz gapni chalkashtiryapsiz. Mustaqillik boshqa, ozodlik tushunchasi bir boshqa, ijtimoiy adolat, tenglik g‘oyalari — boshqa! Axir, milliy mustaqil mamlakatda ham adolatsizlik, bedodlik hukm surishi mumkin-ku. Misol kerakmi sizga?.. Bilgingiz kelsa, men ijtimoiy adolat, insoniy tenglik tarafdoriman, xolos. Zinhor-bazinhor kechagi istibdodning emas! Qolaversa, odamzod muayyan bir g‘oyadan charchasa yoki ijtimoiy tabaqalashuv, haqsizlik haddan oshsa, jamiyatda muvozanat buziladi. Ana shunda islohot yo inqilob zarurati tug‘ilib, mulk qo‘ldan qo‘lga o‘tadi. Huv Oktyabr inqilobi chog‘ida shunday bo‘lgan, bilasiz. X o n i m. Og‘zingizdan bol tomadi-ya, domla! D o m l a (birdan bo‘shashib, cho‘nqayib qoladi). Robiya! Senga nima bo‘ldi? Shuncha yil birga yashab, nahotki, meni bilmasang?! Nahotki men… Attang, attang! X o n i m (yig‘lamsirab). Bilganim uchun aytyapman-da! Shunday odam, shuncha mehnat qilgan olim, bugungi kunga kelib ahvolingizni qarang! Men ham kuyaman-da! Kuyganimdan… D o m l a (vishillab o‘rnidan qo‘zg‘aladi). Ahvolimga nima qipti, mochaxar, og‘zingni yum-
28
e! X o n i m (gezarib, «ozod Sharq ayoli» qiyofasiga kirib). Menga baqirmang, xo‘pmi! Meni siz boqayotganingiz yo‘q! Sizning davringiz o‘tdi endi, domla! Hozir — demokratiya zamoni! D o m l a (quvlagudek talpinib). He, o‘sha demokratiya-pemokratiyangga qo‘shib seni!.. O‘choqboshidan A s a l x o l a, ko‘lida kapgir, sarosimada er-xotin tomon yo‘rg‘alab keladi. A s a l x o l a. Ibi, aylanaylar, sizlarga nima bo‘ldi? Uyat bo‘ladi-ya, domlajon! Uyat-a, xonimjon! Siz bir gapginadan qolib uyginaga kirsangiz-a! Chorpoyada yotgan mehmon — Rahmatulloh J i y d a l i y yostiqdan bosh ko‘tarib, bu mashmashani taajjub bilan kuzatadi. Jiydaliy. E, e, domullo! Ovozlaringiz baland-baland chig‘di, yangamullomizga hazil qilyapsizmi deyman? D o m l a (hovridan tushib, xijolatomuz, ammo zaharxanda bilan). Yangamullongiz bizga xotin bo‘ladilar, Rahmatvoy! Siz aralashmang, bahuzur damni olavering. Siz aytgan hazilni biz ho‘ bir zamonlar chimildiqda qilganmiz, ukam! Jiydaliy. Xo‘p, xo‘p, domullojon, uzr. (Keyin bamaylixotir, maroq bilan davom etadi.) Bizga deng, domullojon, chimildiqqa kirganda kelinchakni avval bir shapati urganlar, «voy» desa — bir tepganlar. Ana so‘g‘ra o‘la-o‘lguncha bosh ko‘tarib betingizga qarasinchi! Yo bir og‘iz so‘z aytib ko‘rsin-chi! D o m l a. Amerikani aytyapsizmi, Rahmatvoy? Jiydaliy. Yo‘-o‘q, domullo, Afg‘onni, shamoliy Afg‘onni. Amrikoda kelin sizni uradi, sizni tepadi-ya! (Kuladi.) D o m l a. Biz ham Amerikaday bo‘pqopmiz-da unda? Jiydaliy. Yo‘g‘-e, domullojon, unday demang. Xudo saqlasin! Sizlar, fikrimcha, Amriko bilan Afg‘onning o‘rtasida hozir. Mo‘tadil. D o m l a. Mo‘tadil bo‘lgani qursin deng! (Hamon serrayib turgan xotiniga qarab, odatdagidek yumshoqlik bilan.) Siz kirib bunday bir radio-televizorni qo‘yib ko‘ring-chi, rostdan ham nima gap ekan? X o n i m (tumshayib uy tomon burilarkan). Erkak zotining bari — bir xil: Amerikada ham, o‘sha Afg‘onida ham! Feodal! Jiydaliy (xonimning ortidan). Yangamullomiz ko‘p olimu oqila ayol-da, domullo! Baraka topsinlar. D o m l a (parishonlik bilan). E, so‘ramang, Rahmatvoy! Ilmu amallarini namoyish qildilar-ku boya, ko‘rdingiz!
Domla chorpoyaning bir chetiga o‘rnashadi. Har ehtimolga deb kapgirini o‘roq misol ko‘tarib olgan A s a l x o l a o‘choqboshiga qaytib ketadi. Jiydaliy. Domullo, siz hali yangamullomizga hamma teng bo‘lmog‘i lozim, deganday gap qildingiz-a? Qandoqasiga teng bo‘lsin, axir? Mana, besh panja barobar emas-ku! D o m l a. Besh panja barobar emas, to‘g‘ri. Ammo hadeb shu naqlni odamga ishqayverish ham nodurust-da, Rahmatvoy. Axir, inson deganingizning besh barmoqdan boshqa a’zolari ham — yana bir qo‘l, ikki oyoq, yelkasida kalla, kallasida miya ham bordir! Ko‘ngli-chi, ko‘ngli, yuragi?! Besh panja deysiz, shuning qaybirini tishlamang — birday og‘riydi-ku! Demak, zohiran uzun-kaltaligiga qaramay dardi, botini bir xil ekan-da, to‘g‘rimi? Bandalari ham Ollohga ana shu yo‘sin bog‘langan, uning oldida ana shunday teng, barobar emasmikan? A, labbay? Eski kitoblaringizda ham yozilgan-ku! Jiydaliy. Lokin bu dunyoda ahvol boshqacharoq-da, domullo! Mana,
29
masalan, man mulkdoru sarmoyador. Siz bo‘lsangiz, tenglik, barobarchilik qilaman deb, shuni olib yo‘qsillarga taqsimlab bermoqchisiz. Yo‘qsil deganingiz ro‘yi jahonni kanaday bosib ketgan, eh-he! Uni baribir to‘ydirib bo‘lmaydi, ishoning! Hov kechagi zamonda ham, o‘zingiz bilasiz, ota-bobomning bor sarvatini bir sidra shunday g‘orat qilib edilar, endi kelib yana… Insofdan emas-da bu ishingiz, domullo! D o m l a (beg‘ubor kulib). Yo‘q, yo‘q, Rahmatvoy, mol-davlatingiz o‘zingizga buyursin, ukam. Uni endi hech kim sizdan tortib ololmaydi, qo‘rqmang. Dunyo bugun sizlarning qo‘lingizga o‘tgan-ku! Mana, siz insof-insof deyapsiz. Men ham shu adlu insofni aytmoqchiman-da. Qaysidir kuni gazetda o‘qidim: Rossiyada raqibi otib o‘ldirgan bir ashaddiy kallakesarni dafn etishga uch ming odam to‘planibdi, uch ming! Tobuti yigirma besh ming dollar turarmish. Kiyib yotgan kostyumi — besh ming, oyog‘idagi poyabzali ham necha ming dollar! Ana shu tobutu kiyim-bosh bilan ko‘miladi, bilsangiz. Bu yoqda bo‘lsa — hali siz aytgan kanaday son-sanoqsiz yo‘qsil bir parcha nonga zor! Ko‘ngilxushi yoki bachkana bir ermakka million-millionlab sovurib yotgan nahanglarni esa o‘zingiz mendan yaxshi bilasiz, birodar! Jiydaliy (qizg‘anish bilan). Hayf, hayf! Lokin pulu sarvat o‘ziniki bo‘lgandan keyin ixtiyori ham o‘zida bo‘ladi-da, taqsir! D o m l a. Xo‘sh, shuncha millionni birgina odam qayoqdan, qanday qilib topibdi ekan, qani, ayting? Ha-a, balli, qing‘ir yo‘llar bilan, nayrangu firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan! Demak — harom, harom aralashgan! Siz bo‘lsa insofdan gapirasiz! Yo insof degani faqat bechorahol yo‘qsilga tegishli matohmi? To‘g‘ri, bu nafsu manfaat dunyosida hamma bir xilda boy-badavlat bo‘lmog‘ining iloji yo‘q. Lekin xudo barchani teng qilib yaratgani haqiqat-ku! Har kimning fe’liga yarasha bergani ham haqiqat. Deylik, sizga nasib etgani — menda yo‘q, menda bori — sizda bo‘lmas. Oliy adolat degani mana shu emasmi?! Men boya shunday tenglik, umuman, asl mohiyat haqida gapirgan edim, durust anglamabsiz, birodar. Eshitgandirsiz, qadimda bir dono darvesh zo‘ru zo‘ravon podshohning huzuriga ikkita bosh chanog‘ini ko‘tarib kelib, qaysisi shohnikiyu qaysi biri gadoniki ekanini ajratib berishni so‘ragan ekan. Podshoh harchand tikilib qaramasin — bosh chanoqlari bir xil emish!..
XULOSA
O`zbek tili leksikasi atamalarga boy bo`lib, har bir soha o`zining tegishli atamalari bilan tilshunoslikning terminologiya sohasiga oid hisoblanadi. Aytish joizki, tilshunoslikdagi ushbu soha aniqlik asosida ish ko`radi hamda xalq tilining boyishiga xizmat qiladi. Terminologiya sohasida kasb-hunar atamalari ma`lum bir yo`nalishni tashkil qilib, ular fanda professionalizmlar deb yuritiladi. Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini
30
ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi. Tilimiz mavqeini ko'tarish, uning imkoniyatlarini masalalardan biri bo'lib qoldi. Tilshunoslikning yo'nalishlari, jumladan, terminologiyasi ravnaqi uchun sohalar ham keng O'zbekistonimiz suvereniteti ona tilimizga bo'lgan e'tiborni tubdan o'zgartirdi. Har bir ilmiy soha uchun zarur bo'lgan terminologiya dolzarb hisoblanadi. Chunki u yoki bu soha uchun muayyan tushunchani anglatgan termin ijtimoiy huquqqa ega bo'lib, muayyan munosabatni anglatadi. Hozirgi kunning eng dolzarb, hal qilinishi lozim bo'lgan masalalaridan biri soha tilining tezaurusini tuzishdir. To'g'ri, ilm-fan soha tili terminologiyasiga bag'ishlangan ko'plab lug'at va qomuslar yaratilgan. Ularning har biri o'ziga xos ahamiyatga ega. Ushbu manbalarning maqsadi bitta o'zbek tilining terminologiyasini tartibga solish. Ma'lum darajada mazkur vazifa bajarildi ham, ya'ni tushunchalarni ishlatilayotgan to'g'ri ifodalovchi ko'plab terminlar yaraldi. O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunarlar bilan shug ‘ullanib keladi.Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik,terimchilik,ovchilik,tikuvchilik, kosibchilik,chorvachilik va hokozolar shular jumlasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi.Hozirgi o’zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy.

Download 57,99 Kb.
1   2   3   4




Download 57,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB.O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISHIDA RUS TILIDAN O‘ZLASHGAN KASB-HUNARATAMALARINING ROLI

Download 57,99 Kb.