• TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT
  • Operatsion tizimlar haqida tushunchalar
  • TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT




    Download 1.09 Mb.
    bet2/6
    Sana21.01.2023
    Hajmi1.09 Mb.
    #38851
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-maruza OT
    Muqimova 1, maqola2, 72--72, Elektronika va sxemalar 2-dedline, musayev izzatillo web dasturlash deadline, Galvanik elementlarning xalq xo\'jaligidagi o\'rni Reja-fayllar.org

    TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT

    • Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlar, operativ xotira, disklar, printer, klaviatura, sichqoncha, displey, tarmoq interfeyslari va boshqa turli xil kiritish-chiqarish qurilmalaridan tashkil topadi. Natijada ancha murakkab kompyuter tizimi paydo bo'ladi.
    • Ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan optimal foydalanish uchun birinchi navbatda tizimli dasturiy ta’minot zarur bo’ladi.
    • Tizimli dasturiy ta'minot - bu kompyuterning texnik va amaliy dasturlarini ishga tushirish uchun mo'ljallangan kompyuter dasturining bir turi hisoblanadi.
    • Tizimli dasturiy ta'minot apparat qurilmalar va foydalanuvchi ilovalari o'rtasidagi interfeysdir.

    TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT

    Tizimli dasturiy taʼminot quyidagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan dasturlar jamlanmasidir:

    • boshqa dasturlar bilan muloqatga kiritish va amallar bajarish uchun operatsion muhitni yaratish;
    • kompyuter va kompyuter tarmoqlari qurilmalari bilan ishonchli va samarali ishlash;
    • kompyuter va tarmoq apparatlari sozligini tekshirish va tuzatish;
    • Qo‘shimcha texnologik amallarni (dasturlar va maʼlumotlar ustida nusxa olish, arxivlash, tiklash va shu kabilarni) bajarish.

    Tizimli dasturiy taʼminot
    Asosiy dasturiy taʼminot
    Operatsion tizimlar
    Nazorat va diagnostika vositalari
    Хizmatchi dasturiy taʼminot
    Antivirus dasturlari
    Maʼlumotlarni arxivlash dasturlari
    Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar
    Tarmoqga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
    Fayl menejerlari

    Operatsion tizimlar haqida tushunchalar

    • Tizimli dasturiy ta'minotining eng mashhur namunasi – bu operatsion tizimdir.
    • Operatsion tizim (OT) kompyuterlarga o’rnatiladi, ularning resurslarini boshqaradi hamda o’ziga mos keladigan barcha turdagi amaliy dasturlarni o’rnatish va foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga imkon beradi.
    • Operatsion tizim – bu EHM resurslarini boshqarish, foydalanuvchi bilan EHM o‘rtasida muloqat tashkil etish hamda foydalanuvchining dasturlarini ishga tushirish uchun mo‘ljallangan dasturlar jamlanmasidir.

    Download 1.09 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.09 Mb.