• EBCDIC (Extended Binary Coded Decimal Interchange Code) fayli
  • Ma’lumotlar tuzilmasi
  • Uzatish rejimi
  • ASCII (American Standard Code for Information Interchange) fayli




    Download 4,88 Mb.
    bet80/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    ASCII (American Standard Code for Information Interchange) fayli. Bu matnli fayllarni uzatish uchun standart format. Har bir belgi NVT ASCII (NVT - Network Virtual Terminal) yordamida kodlangan. Yuboruvchi faylni o‘z ko‘rinishidan NVT ASCII belgilariga, qabul qiluvchi esa NVT ASCII belgilarini asl ko‘rinishiga o‘zgartiradi.

  • EBCDIC (Extended Binary Coded Decimal Interchange Code) fayli. Agar ulanishning bir yoki ikkala uchi EBCDIC kodlashdan foydalansa, fayl EBCDIC kodlash yordamida uzatilishi mumkin.

  • Tasvir fayli. Bu ikkilik fayllarni uzatish uchun standart format. Fayl hech qanday izoh va kodlamasdan bitlarning uzluksiz oqimi sifatida yuboriladi. Bu asosan kompilyatsiya qilingan dasturlar kabi ikkilik fayllarni uzatish uchun ishlatiladi.

    • Ma’lumotlar tuzilmasi. FTP ma’lumotlar tuzilmasi haqida quyidagi izohlardan birini ishlatib, ma’lumot uzatishda ulanishni amalga oshirishi mumkin:

    • Fayl tuzilishi (standart). Fayl tuzilishga ega emas. Bu baytlarning doimiy oqimi.

    • Yozuv tuzilishi. Fayl yozuvlarga bo‘linadi. Buni faqat matnli fayllarda ishlatish mumkin.

    • Sahifa tuzilishi. Fayl sahifalarga bo‘linadi, har bir sahifada sahifa raqami va sahifa sarlavhasi bo‘ladi. Sahifalar tasodifiy yoki ketma-ket saqlanishi va shu tartibda ularga kirishi amalga oshirilishi mumkin.

    • Uzatish rejimi. FTP faylni ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali quyidagi uchta uzatish usullaridan biri yordamida uzatishi mumkin.

    • Oqim rejimi. Bu standart rejim. Ma’lumotlar FTP dan TCP ga uzluksiz ravishda baytlar oqimi sifatida yetkaziladi. TCP ma’lumotlarni segmentlar kattaligiga mos qismlarga ajratish uchun javobgardir. Agar ma’lumotlar shunchaki baytlar oqimi bo‘lsa (fayl tuzilmasi), hech qanday Fayl-ohiri (EOF-end-of-file) talab etilmaydi. Bu holda fayl-oxiri jo‘natuvchi tomonidan ma’lumotlar ulanishining to‘xtatilishi hisoblanadi. Agar ma’lumotlar yozuvlarga bo‘linadigan bo‘lsa (yozuvlar tuzilishi), har bir yozuvda 1 baytlik yozuv-oxiri (EOR- end-of-record) belgisi bo‘ladi va faylning oxirida 1 baytli fayl- oxiri belgisi bo‘ladi.


    • Download 4,88 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ASCII (American Standard Code for Information Interchange) fayli

    Download 4,88 Mb.