Operatsion kuchaytirgichlar va ularning turlari reja: 1




Download 10,5 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2024
Hajmi10,5 Kb.
#257605
  1   2
Bog'liq
Operatsion kuchaytirgichlar va ularning turlari-fayllar.org


Operatsion kuchaytirgichlar va ularning turlari

OPERATSION KUCHAYTIRGICHLAR VA ULARNING TURLARI


Reja:
1. Operatsion kuchaytirgich (OK) haqida tushuncha
2. OKga qo‘yiladigan talablar
3. OK turlari
4. OK asosiy parametrlari

1. Operatsion kuchaytirgich (OK) haqida tushuncha


Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan (KU=104÷106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 8.1, a – rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 8.1, b – rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko‘rsatilgan.
a) b)
8.1 – rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.

OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki “-” ishora bilan belgilangan) va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal OKning inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil fazada bo‘ladi.


OKda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu manbalarning ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin.
Download 10,5 Kb.
  1   2




Download 10,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion kuchaytirgichlar va ularning turlari reja: 1

Download 10,5 Kb.