|
Optik aloqa tizimlari” fanidan 11-15 Amaliy mashg’ulot Bajardi: Guruh 630-20 Xolmatov Iskandar
|
bet | 1/6 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #136274 |
Bog'liq 3-dedlayn Optik aloqa tizimlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti”
“Optik aloqa tizimlari” fanidan
11-15 Amaliy mashg’ulot
Bajardi: Guruh 630-20 Xolmatov Iskandar
11-amaliy mashg‘ulot
Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Optik signalni quvvat bo‘yicha cheklash vazifasini bajaruvchi optik passiv qurilma bo‘lgan optik attenyuatorlarning xarakteristikalarini o‘rganish.
1. Nazariy qism
Ayrim hollarda, o‘zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quvvatini birmuncha susaytirish zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathli raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy elementi bo‘lgan fotoqabul-qilgichning to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik signallarni uzatish chog‘ida quvvat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlariga va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi .
Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quvvatini susaytiruvchi passiv elementlar - attenyuatorlardan foydalaniladi.
Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatgichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazer diodining chiqish quvvatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari kabi qurilmalar talab etadigan sath bilan moslashtiradi.
Yorug‘lik intensivligi fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo‘lgan qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o‘rnatish mumkin. Ular intensivlikni fotoqabulqilgichning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi .
Ishlash prinsipiga ko‘ra attenyuatorlar co‘nish qiymati bo‘yicha o‘zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan (o‘zgarmas bo‘lgan) turlarga bo‘linadi (11.1-rasm).
O‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0-20 dB oraliqgacha o‘zgartirish imkonini beradi.
O‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin.
sozlanuvchan, o‘zgaruvchan optik attenyuatorlar
Fiksatsiyalangan optik attenyuatori
11.1-rasm. Optik attenyuatorlarining turlari
Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati yo15 % dan, optik aks etish sathi esa, -40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatorlarning ishchi to‘lqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310-1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak . Quyidagi 11.1-jadvalda attenyuatorlarning asosiy xa-rakterstikalari keltirilgan.
11.1-jadval
|
| |