Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vostialari




Download 0,91 Mb.
bet5/9
Sana22.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#127109
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
optik11
Kiberxavfsizlik 1-amaliy ish (1), arxitek2, arxitek2turli xil, 4, 5, Majmua Adabiyot va ma\'naviy tarbiya 2021-2022, 100176-ABDULLA ORIPOV hayoti va ijodi haqida referat
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vostialari.
Tolali-optik uzatish liniya (TOUL) li uchastkalar uzunliklarini XTQyRP sonini kamaytirish uchun iloji boricha katta tanlash kerak. Uchastkaning maksimal uzunligi ikki marta hisoblanadi: fizik uzatish muhitidagi yo‘qotishlardan kelib chiqqan holda va bu muhitning dispersiya xususiyatlariga bog‘liq holda.
Uzatish liniyalari ni loyihalashda ishlatiladigan, tolali optik kabellarning optik tolalari ning asosiy parametrlari 16.1-jadvalda keltirilgan, unda quyidagi belgilashlar qabul qilingan; α – OT ning so‘nish koeffitsienti, dB/km; λ – optik nurlanishning to‘lqin uzunligi, mkm; τ – OT ning xromatik dispersiya koeffitsienti, ps/nm·km.
Apparaturaning texnik pasporti (sertifikati) da odatda quyidagi parametrlar ko‘rsatilgan:

  • Optik signalning uzatish tezligi V, Mbit/s.

  • Nurlanish manbaining to‘lqin uzunligi λ, mkm.

  • Nurlanish manbai turi.

  • Nurlanish manbaining spektr kengligi ∆λ, mkm.

  • Nurlanadigan quvvat sathi ruz, dBq.

  • Qabul qilishning minimal sathi rqq min, dBq.

  • Qabul qilishning maksimal sathi rqq maks, dBq.

  • Optik traktning qo‘shimcha yo‘qotishlari ∆A, dB.

Nurlanadigan quvvat sathi ekspluatatsiya muddatining boshida qabul qiluvchi - uzatuvchi optik modul QqUzM chiqishidagi (16.2-rasm) o‘rtacha quvvatga mos keladi. Vaqt o‘tgan sari nurlanish manbai eskiradi, nurlanadigan quvvat kamayadi. Bu kamayish yoki qo‘shimcha yo‘qotishlar ∆A yoki minimal nurlanadigan quvvat sathi (ruz 0 min, dBq) ni (xizmat muddati oxirida) ko‘rsatish bilan e’tiborga olinadi.


Qabul qilishning minimal sathi rqq min regeneratorning xatolik koeffitsientining pasportda ko‘rsatilgandan yuqori bo‘lmagan miqdorini xarakterlaydi. Agar xatolik koeffitsienti loyihalash jarayonida aniqlansa, rqq min ni aniqlash kerak.
1-jadval

ITU-T tavsiyasidagi ОТ

λ1, mkm

α, dB/km

∆F, MGs/km

τ, ps/nm·km

G.651

0,85
1,31

2,5…3,0
0,5…0,7

500
800

-
-

G.652

1,31
1,55

0,35…0,5
0,22…0,25

-
-

2,5...3,5
17...19

G.653

1,31
1,55

0,35…0,5
0,22…0,25

-
-

17...19
2,5...3,5

G.654

1,55

0,17...0,19

-

17...19

G.655

1,55

0,22...0,25

-

6...8

Qabul qilishning maksimal sathi rqq maks qabul qilishning shunday sathiga mos keladiki, bu sathning oshishi fotoqabulqilgichning ortiqcha yuklanishiga va berilgan xatolik koeffitsientining ortishiga olib keladi. Ba’zan rqq maks o‘rniga QqUzM qabul qiluvchi optik modulining kuchayishni avtomatik rostlovi (KAR) ning chegaralari ∆AKAR, dB (QqUzM dinamik diapazoni) beriladi.


Uzatish sathi va qabul qilishning minimal sathi orasidagi farq tizimning energetik potensiali deb ataladi.
E = ruz – rqq min. (2)
Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini aniqlash uchun 2-rasmda ko‘rsatilgandek, uning hisobiy sxemasi tuziladi.

2-rasm. RTOUT regeneratsiyalash uchastkasining hisobiy sxemasi
Rasmda quyidagi belgilashlar qabul qilingan:
A-OU – ajraladigan optik ulagich; XTQyRP – xizmat talab qilmaydigan regeneratsiyalash punkti; QqUzM – qabul qiluvchi-uzatuvchi optik modul, optik signalni elektr signalga o‘zgartiradi, elektr signalning parametrlarini qayta tiklaydi va uni optik signalga o‘zgartiradi (optik traktning oxirgi apparaturasi); Ay-OU – ajralmaydigan optik ulagich; OT – optik tola. 16.2-rasm bo‘yicha regeneratsiyalash uchastkasining so‘nishi quyidagiga teng:
(3)
bu erda: lRU – regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi; AA – ajraladigan optik ulagichning so‘nishi, 0,5…1,5 dB ga teng; AAy - ajralmaydigan optik ulagichning so‘nishi, 0,05 dB ga teng; α – optik tolaning so‘nish koeffitsienti, dB/km; At – raqamli TOUT, shuningdek OT parametrlarining harorat o‘zgarishlariga ruxsat etilgan qiymati, tipli raqamli TOUT (RTOUT) uchun 0,5…1,5 dB ga teng; AV – vaqt o‘tishi (eskirish, degradatsiya va b.q.) bilan RTOUT elementlari parametrlarining yomonlashuviga ruxsat etilgan qiymat, optik nurlanish manbai va qabul qilgichining turi va ularning kombinatsiyasiga bog‘liq va AV = 2…6 dB ga teng.
(3) da q – ajralmaydigan optik ulagichlar sonidan tashqari hamma kattaliklar ma’lum. q soni optik kabelning qurilish uzunliklari lqur sonidan bittaga kam:
q = lru maks / lqur – 1. (4)
q qiymatni (4)ga qo‘yib va murakkab bo‘lmagan o‘zgartirishlarni bajarib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
(5)
bu erda Ee = At + AV – energetik ekspluatatsion zahira, mos ravishda optik tola va TOUT apparaturasi elementlarining eskirish effektini kompensatsiyalash uchun zarur.
QqUzM ning qabul qiluvchi qurilmalari kuchayishni avtomatik rostlash KAR tizimlari bilan jihozlanadi. KAR rostlash chegarasiga ega bo‘lib, u regeneratsiyalash uchastkasining minimal loyihaviy uzunligini aniqlaydi:
(6)
Agar mahalliy sharoitlarga mos holda uchastka uzunligi minimal uzunlikdan qisqa bo‘lishi kerak bo‘lsa, QqUzM kirishida optik attenyuator joylashtiriladi. SHuningdek loyihalashda optik toladagi dispersiya bo‘yicha ham regeneratsiyalash uchastkasining chegaraviy uzunligi lruD hisoblanishi kerak.
Ko‘p modali (KM) optik tola (XEI G. 651 tavsiyalariga mos keluvchi) uchun lruD optik tolaning keng polosaliligi ∆ F va raqamli signallarni uzatish tezligi V (Mbit/s) bilan aniqlanadi:
(7)
Bir modali (BM) OT uchun lruD nafaqat uzatish muhiti (OT) ning parametrlariga, balki apparatura (QqUzM) ning xarakteristikalariga ham bog‘liq:
≈ E·106 / τ·∆λ·B, km, (8)

bu erda τ – OT ning xromatik dispersiya koeffitsienti; ∆λ – optik nurlanish polosasining o‘rtacha kvadratik kengligi, nm; yorug‘lik diodlari (YOD) uchun 24… 40 nm ga va yarim o‘tkazgichli lazer diolar (LD) uchun 0,2…5 nm ga teng. E qiymati YOD va bir modali LD uchun 0,306; STM – 16 trakti uchun 0,491; ko‘p modali LD uchun 0,115 deb olingan.


Agar spektr kengligi – 20 dB (∆λ20) sathda aniqlangan bo‘lsa, u holda o‘rtacha kvadratik kenglik ∆λ = ∆λ20 / 6,07 singari aniqlanadi.


Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vostialari

Download 0,91 Mb.