Optik aloqa tizimlari




Download 0,91 Mb.
bet4/9
Sana22.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#127109
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
optik11
Kiberxavfsizlik 1-amaliy ish (1), arxitek2, arxitek2turli xil, 4, 5, Majmua Adabiyot va ma\'naviy tarbiya 2021-2022, 100176-ABDULLA ORIPOV hayoti va ijodi haqida referat
OK1 – to‘yinish quvvatining katta qiymatiga ega uzatish OK, bevosita LTA ning optik uzatgichi (OUz) chiqishida signal quvvatining sathini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan;
OK2 – juda kichik shovqin sathiga ega qabul qilish OK, bevosita LTA ning optik qabul qilgichi (OQq) kirishida uning sezgirligini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan;
OK3 – kichik shovqin sathiga ega oraliq OK, uni regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini oshirish uchun passiv tolaning uchastkalari orasida o‘rnatish tavsiya etiladi.
Turli OK ning qo‘llash mumkin bo‘lgan sxemalari 1-rasmda keltirilgan.
OK qo‘llanilgan LTA ning optik ulanish joylari regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining masofasi bo‘yicha V (very – juda uzun) va U (ultra – eng katta uzunlikli) turdagi ulanish joylari tasniflangan. V turdagi ulanish joylari UzOK + OK1 + QqOK sxemasiga yoki UzOK + OK2 + QqOK sxemasiga U turdagi ulanish joylari esa UzOK + OK1 + OK2 + QqOK sxemalariga mos keladi.
OK ni LTA tarkibida qo‘llash imkoniyati TOUL xizmat talab qilmaydigan regeneratsiyalash punktlari (XTQyRP) ning elektr ta’minot muammolarini yuzaga kelmaslik imkonini beradi.

1 -rasm. Turli kuchaytirgichlarni qo’llash sxemalari
Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish malakasi ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon qadar XTQyRP inshootlarini qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir.
Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT uchun OK3 ni qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki XTQyRP ning elektr ta’minoti muammolarini xal etish imkonini bermaydi (1, v-rasmdagi sxemada masofa OK3 kiritadigan qo‘shimcha shovqin tufayli 1. g-rasmda xar doim bir kuchaytirish uchastkasiga ko‘p). Boshqa tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK2 + OK1 zanjirni texnologik namoyon etuvchi OK3 tan narxi bo‘yicha STM-4 sathidagi SRI regeneratorining narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. SHu sababli juda past tezlikli tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni tashkil etish, xizmat talab qilmaydigan (OK3 li) kuchaytirish punkti (XTQyKP) ni tashkil etishga nisbatan iqtisodiy jihatdan ustun hisoblanadi.
Biroq, OK3 ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli TOUT uchun optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOUT uchun barcha telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida keskin ortadi.
Aloqa tarmoqlarining kelgusi rivojlanishida loyihalashda (o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha) an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri rivojlanishning katta (liniya – kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni yangi uzatish liniyasini qurish) va kichik (LTA ni eng yuqori tezlikka almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida bosqichlarga ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu bosqichlarning har birida xarajatlar samaradorligining taxlil natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini optimallashtirish jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga olmaslik imkonini beradi. Boshqacha aytganda, rivojlanish davri mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda shunday turdagi OT li optik kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan rivojlanish davri oxiriga TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining boshida talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasiga ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar mavjud.
Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun rivojlanish davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni yuqori darajada soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, mohiyati bo‘yicha kapital xarajatlarni optimallashtirish amalga oshiriladi. Vaqt omili rivojlanish jarayonida TOUL ning o‘tkazish qobiliyatini bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, bu TOUL ni qurishda boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda ekspluatatsiya xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi bilan kuzatiladi.
Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni loyihalashda axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan foydalanishni shartlaydi.
Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda

Ropt = n · m · B (1)


ifoda bilan aniqlanuvchi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha optik kabelning optimal resursini tanlashdir. YUqoridagi munosabatda n – OT soni, shuningdek, rezerv tolalar soni ham; V – ma’lum L uzunlikli regeneratsiyalash uchastkasidagi chegaraviy uzatish tezligi (OT turi, apparatura xarakteristikalari va B * L ko‘paytmani oshirish imkonini beruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi); m – ma’lum B va L dagi optik kanallarning chegaraviy soni (OT turi, apparatura xarakteristikalari va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT uchun xarakterli bo‘lgan nochiziqli effektlar ta’sirini kamaytiruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi).

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,91 Mb.