•
uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);
•
etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.
Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni
kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi. Bunday himoyalashning
samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda
ishlatilishi evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi
VPN tunneli himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu
himoyalangan ajratilgan liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet
doirasida, saflanadi. VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz,
VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzi vazifasini o’tashi mumkin.