xavfsiz uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi.
Tunnellash usuli bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali
xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi.
Har bir
"jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini
boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-
mantiqiy ulanish o’rnatiladi.
Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar
bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi.
Bunda pastroq sath
protokoli paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari
maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni
ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli
inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash
imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash
maqsadida jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni,
yangi IP- sarlavha
bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi