ettirish” tugmachasini bosish orqali keyingi bosqichga o‘tiladi. 1.1.2. Tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qilish va kutiladigan xarajatlarni kiritish
1. Ro‘yxatdan moliyalashtiruvchi bank tanlanadi;
2. Ro‘yxatdan moliyalashtiruvchi bank filiali tanlanadi;
3. Ro‘yxatdan faoliyat yo‘nalishi tanlanadi;
4. Ro‘yxatdan faoliyat maqsadi tanlanadi;
5. Ro‘yxatdan faoliyat dasturi tanlanadi;
6. Kredit hajmi avtomatik tarzda belgilanadi;
7. Qaytarish muddati avtomatik tarzda belgilanadi.
Kredit mablag‘i hisobidan qilinadigan xarajatlar quyidagi tartibda kiritiladi:
1. Xarajat turi, o‘lchov birligi ro‘yxatdan tanlanadi.
2. Miqdori, bahosi strelkalar yordamida yoki qo‘ldan kiritiladi
3. Summasi avtomatik tarzda hisoblanadi.
4. Ma’lumotlarni o‘chirish “O‘chirish” tugmasi yordamida amalga
oshiriladi. Ma’lumotlar tekshirib ko‘rilib “Davom ettirish” tugmasi bosiladi.
Faoliyat davomida kutiladigan daromadlar.
1. Faoliyat davomida kutiladigan daromadlar turi, o‘lchov birligi ro‘yxatdan
tanlab kiritiladi;
2. Kutiladigan daromad miqdori va summasi ro‘yxatdan tanlab kiritiladi
yoki qo‘ldan kiritish mumkin. Kutiladigan daromad miqdori ko‘rsatkichlari yillar
bo‘yicha (jadvalda oylar bo‘yicha taqsimlangan – 1-12 oy birinchi yil, 13-24
ikkinchi yil va h.k.) kiritiladi. Kiritilgan ma’lumotlarni o‘chirish uchun “O‘chirish”
ustunidagi korzinka belgisidan foydalaniladi. Agar kiritiladigan ma’lumot
ro‘yxatda bo‘lmasa “Boshqa” varianti tanlanib ma’lumot qo‘ldan kiritiladi. 1.1.3.
Yaratiladigan ish o‘rinlari. Ma’lumot kiritish tartibi oldingi bo‘limlardagidek. 1.
Yaratiladigan lavozim turi ro‘yxatdan tanlanadi. 2. Yaratiladigan lavozimlar soni,
oylik ish haqi miqdorini ro‘yxatdan tanlash yoki qo‘ldan kiritish mumkin. 3.
Yaratiladigan yangi ish o‘rinlari ham yillar (jadvalda yillar oylar soni bilan
ko‘rsatilgan) bo‘yicha kiritiladi. Keyingi yillarga faqat yangidan yaratiladigan ish
o‘rinlari va ularning oylik ish haqidagi ma’lumotlargina kiritiladi. 4. Kiritilgan
ma’lumotlarni o‘chirish uchun “O‘chirish” ustunidagi
korzinka belgisidan
foydalaniladi. Agar kiritiladigan ma’lumot ro‘yxatda bo‘lmasa “Boshqa” varianti
tanlanib ma’lumot qo‘ldan kiritiladi. Garov ta’minoti Garov ta’minotida “3-shaxs
kafilligi”, “Sug‘urta polisi”, “Avtotransport”, “Ko‘chmas mulk”, “TFQQD
jamg‘armasi kafilligi”, “Boshqa ta’minot turi”ning soni va summasini schetchik
yordamida (strelkalar) yoki qo‘ldan kiritiladi. Ularning umumiy soni va summasi
avtomatik tarzda hisoblanadi. Diqqat! Jadvalda berilgan barcha ustunlarning
to‘ldirishi shart emas. Ariza beruvchi garov ta’minotiga taklif qilayotganlargina
haqida ma’lumot kiritiladi. Bu jadvalning barcha ustunlarini to‘ldirmay yoki
“nomigagina” to‘ldirib ketish mumkin emas. Arizaning ijobiy hal qilinishi uchun
imkon qadar to‘liq va batafsil ma’lumot berish lozim.
Ariza beruvchi tomonidan
berilgan ma’lumotlar tizim tomonidan Hokim yordamchisiga va sektor rahbariga
yo‘naltiriladi. Ular tomonidan ma’lumotlar tahlil qilinadi, shu jumladan Hokim
yordamchisi ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganadi. Zarurat bo‘lganda
ma’lumotlarni to‘ldirishni, o‘zgartirishni so‘rashlari mumkin. Shundan keyingina
imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida xulosa va tavsiya shakllantiriladi. 1.1.8.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar Moliyaviy ko‘rsatkichlar tizim tomonidan avvalgi
bo‘limlarda kiritilgan ma’lumotlar
asosida avtomatik tarzda, yillar bo‘yicha
shakllantiriladi. “Boshqa xarajatlar” bundan istisno. Agar yuqoridagi bo‘limlarda
biror turdagi xarajatlar kiritish ko‘zda tutilmaganligi sababli kiritilmay qolgan
bo‘lsa uning parametrlari jadvalga qo‘ldan kiritiladi. Loyihaning barcha
ko‘rsatkichlari kiritib bo‘lingandan keyin, arizachi loyihaning mohiyati,
samaradorligi va boshqalarni ko‘rsatish uchun yuqorida ko‘rsatilmay qolgan
jihatlarini qo‘shimcha ma’lumot tarzida kiritish va qo‘shimcha fayllarni yuklash
imkoniyati mavjud. Barcha ma’lumotlar shakllantirilgach “Ma’lumotlarni saqlash”
tugmasi
bosilganda keyingi, arizani tasdiqlash jarayoniga o‘tiladi. 1.1.9. Arizani
tasdiqlash Barcha ma’lumotlar shakllantirilgach “Ma’lumotlarni saqlash” tugmasi
bosilganda tayyorlangan ariza matni va u bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar
ochiladi (ma’lumotlarning davomi keyingi betlarda beriladi). Arizani ushbu
oynaning yuqori o‘ng tomonida joylashgan tugmalar yordamida *.pdf shaklida
yuklab olish yoki chop qilish, to‘liq ekran rejimida ko‘rish mumkin.
Shakllantirilgan ariza. Ariza beruvchi ma’lumotlarni
yana bir bor diqqat bilan
ko‘rib chiqadi va telefoniga kelgan tasdiqlash kodini kiritish orqali arizani
tasdiqlaydi. Ariza telefonga kelgan kod orqali tasdiqlangach, uni bekor qilish
imkoniyati mavjud. Buning uchun “Bekor qilish” tugmasidan foydalaniladi.
Buning uchun telefon raqami deb ko‘rsatilgan joyga telefon raqamini yana bir
marta kiritish talab qilinadi. Arizani tasdiqlashni bekor qilish. Ariza tayyorlashning
yakuniy ko‘rinishi. Shu bilan arizani shakllantirish jarayoni yakunlanadi.