O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi




Download 16.73 Kb.
Sana09.03.2024
Hajmi16.73 Kb.
#169120
Bog'liq
O
ekons, Axborotni himoyalashning texnik usullari va vositalari topshirig` 3-modul, 38-мактаб ҳозирги ҳолат (2), хайдаров, халилова. umumiy psixologiya, download-document (1), Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi, 2 мавзу, 9-г, Doc1, 520, Пушкин, 8, Joanna Rouling, для брата, ттт

O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun o‘quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni diqqatini to‘plash, ularning ham aqliy ham hissiy idrok etishini tashkil etish, xotirasini, ijodiy taffakurini rivojlantirish, ularning aqliy, irodaviy va boshqa xususiyatlarini shaklalantirish kabi psixologik jarayonlardan samarali foydalanishga bevosita bog‘liqdir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy qirralaridan biri bo‘lib atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishda qadrlashga o‘rgatadi, inson yuksak did bilan qurolantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. “Musiqa inson his tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining histuyg‘ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir” Musiqa murakkab psixologik- fizologik jarayon hisoblangani bois musiqa darslarida vokal - xor ishlari, o‘quvchilarni ahloqiy - estetik tarbiya uchun o‘qitishning eng foal shakli sanaladi. Musiqani tinglashda o‘quvchilarning diqqat e’tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanib, dunyoqarashi shakillanib boradi, faolligi oshib yoqtirgan musiqalarini eshitganda zavqlanish hissi paydo bo‘ladi. “Psixolog A.Lyublinskayaning fikricha, go‘dakning 10-12-kunlarida eshitish organi ishga tushar ekan. Ikki oylik go‘dak esa, musiqa tovushlarini eshitganda, qimirlamay, jim bo‘lib qolar ekan. 4-5-oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaray boshlaydi.” Bundan ko‘rinadiki, ilk bolalik davrlaridayoq go‘daklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy eshitish hissi shakllanadi. Bolakay kattalardan har xil musiqani tinglab uni o‘ziga xos intonatsion (o‘xshash ovozlar chiqarib) xirgoyi qiladi. Musiqaga nisbatan emotsional munosabat bildirish, eshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyani amalga oshirishga hizmat qiladi. Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Musiqiy asarning to‘liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda, tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan a jralmas holat deb xulosa qilish mumkin. Musiqani idrok etish psixologik jarayon bo‘lib undan ma’naviy oziqa olish uchun inson go‘zallikni his eta oladigan sof qalb egasi, o‘z kasbiga, Vataniga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli shaxs bo‘lmog‘i kerak. Yuqorida qayd etganimizdek, musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o‘quvchilarga musiqiy tajribalarni to‘plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipining uyg‘unlashishi, ko‘payishi orqali tinglanadigan asarni to‘g‘ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlarni talab etadi. O‘quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O‘quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yangi musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Mamlakatimiz ta'lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum. Bugungi kunda Vatan musiqa o`qituvchilari zimmasiga yoshlarni yuksak ma’naviyat ruhida barkamol insonlar qilib voyaga etkazish vazifasini yuklamoqda. Barkamol avlodni yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashda musiqaning o`rni, usullari va samarali yo`llarini ishlab chiqishda musiqa o`qituvchisining kasbiy mahorati qo`yidagi vazifalarlardan iboratdir. - barkamol avlodni milliy an’analar, milliy g`urur, faxr tuyg`ulari ruhida tarbiyalashda musiqa darslari va tadbirlarning samarali yo`llarini ishlab chiqish ; - musiqa darslari vositasida o`quvchilarda yuksak ma’naviyat, milliy qadriyatlar tushunchalarini singdirishning turli shakl va metodlarini qo`llash; - ajdodlarimizning musiqiy meroslari bilan yaqindan tanishish, musiqashunos olimlarning ushbu mavzuga oid fikrlarini o`rganib chiqish; - musiqa darslarini rejalashtirilis hda musiqa darslari faoliyat turlari va ularni xususiyatlari orqali o`quvchilarda badiiy didni o`stirishga e`tibor qaratish; - bolalar qo`shiqlari orqali vatanparvarlik, tinchliksevarlik, do`stlik tuyg`ularini shakllantirish, yuksaltirish yo`llarini ishlab chiqish; - musiqiy – badiiy vositalar orqali o`smir yoshlarda milliy istiqlol g`oyalarini shakllantirish; - musiqa darslari jarayonida bolalar qo`shiqlari, folklor asarlari vositasida barkamol avlodni tarbiyalshda ma’lum yutuqlarga erishish; - musiqa o`qituvchisining har tomonlama bilimli bo`lishida o`z fanini chuqur o`zlashtirish , innovatsion faoliyatida natijalarga erishish; - musiqa darslari jarayonida milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanish; - o'quvchilar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqiy tadbirlar muntazam o'tkazib borish. Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars yetakchi omil hisoblanadi. Chunki musiqa san’ati o‘quvchilarning keng miqyosda ma’naviy va axloqiy tarbiyalashda eng kuchli vositalaridan biridir. Yoshlarni musiqa orqali ma’naviy va axloqiy tarbiyalashning muhim pedagogik tamoyillaridan biri tarbiya usullariga ma’naviy va ijodiy yondashish zaruriyatidir. Umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslari jarayonida o`quvchilarining musiqa madaniyatini shakllantirishda, o`quv jarayonini innavatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta`lim samaradorligiga erishishning muhim pedagogik omillaridan biridir. Musiqa o`qituvchisi kasbiy faoliyatida innavatsion texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundankunga kuchayib bormoqda. Albatta musiqa madaniyati darslarini ham zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilishhozirgi kun talabidir. Bunday ishlarni kerak bo‘lsa dastlabki bug‘un hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash davr talabidir. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Musiqa o`qituvchilari kasbiy mahorati o`ziga xos xususiyatlari musiqa madaniyati darslariga ijodiy yondashuvni, dars jarayonida yangi zamonaviy uslub va vositalarndan samarali foydalanishni talab etadi. Shuning uchun musiqa o`qituvchisining dars jarayonida axborot va pedagogik texnologoyalarni qo`llashi haqidagi bilimlar bilan qurollantirish musiqa - pedagogikasida muhim o`rin tutadi.
Download 16.73 Kb.




Download 16.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi

Download 16.73 Kb.