|
Bo‘limning asosiy vazifalari
|
bet | 3/3 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 26,19 Kb. | | #129752 |
Bog'liq 11-Mavzu MehnatBo‘limning asosiy vazifalari:
Mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.
Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitida hamda o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘yicha me’yoriy texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.
Mehnat muhofazasi, o‘t o‘chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me’yorlariga amal qilish va ular bajarilishi, xonadagi havoning, shuningdek atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.
Mehnat va o‘quv sharoitini malakali tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish.
Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish me’yoriy hujjatlarini mehnatning xavfsizligi standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.
Ilg‘or tajriba o‘quvchilar va ishlovchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish.
O‘quvchilar o‘rtasida o‘quv-tarbiya jarayonining, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda universitetda kasbiy kasalliklarni oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish.
Mehnat muhofazasi va universitetdagi mexnatda texnik xavfsizlik xolatlarini nazorat qilishni amalga oshirish
|
| |