|
-daraja (asosiy) - birinchiga qaraganda to’laroq, chuqurroq;
3-daraja
|
bet | 105/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)2-daraja (asosiy) - birinchiga qaraganda to’laroq, chuqurroq;
3-daraja fanga qiziqqan va uni o’zlashtira oladigan o’quvchilar uchun alohida maxsus bilimlar yo’nalishi.
Informatikaning maqsadi maktab kursini o’qitish algoritm, dasturlash tillari, kompyutyer, yangi tyexnologiya va ulardan foydalanish, turli vazifalarni yechishda kompyutyerni qo’llash usullari va qoidalari, oddiy malakalar hosil qilish haqida o’quvchida tasavvur hosil qilishga qaratilgan. SHu bilan birga ushbu kursda axborot tyexnologiyasidagi o’rni, yangi kompyutyer o’rnining mazmuni va roli, ularning mustaqil o’z tyexnologiyasi, fantyexnikasi rivojlanishiga ta’siri bilan tanishtirish. “Informatika” ta’lim sohasi mazmunining asosiy yo’nalishlari axborot, algoritm va uning ijrochisi, yangi kompyutyer tyexnikasida axborotlarni kodlash, o’lchash va qayta ishlash usullari; zamonaviy axborot tyexnologiyasi rivojlanishi va mohiyati, dasturlar va dasturlash tillari, opyeratorlar, intyegralashgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joyi va boshqaruv tizimi; qog’ozsiz axborot tizimidan iborat.
Standart ta’lim mazmunining umumiy talablari va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, alohida o’quv muassasalarining invariant imkoniyatlarining tyeng darajada kompyutyer bilan ta’minlanmaslik sharti asosida, turli xil imkoniyatli maktablarning o’quvchilari informatika darsidagi amaliy faoliyati, bu pryedmyet bo’yicha ta’limning asosiy mazmunini aniqlash faqat talablarni minimallashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
«Informatika va hisoblash tyexnikasi asoslari» kursining mazmuni
«Informatika va hisoblash tyexnikasi asoslari» tayanch kursi umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida o’qitiladi. Kyeyinchalik «Informatika» fani akadyemik litsyey va kasb - hunar kollyejlarida va nihoyat, oliy o’quv yurtlarida o’qitilmoqda.
Respublikamizda, yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish har bir yosh avlodga zarurdir. SHuning uchun, o’rta maktab Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.
Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:
O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.
Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish.
Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda vosita sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.
Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.
Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kompleks ravishda o’rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini shakillantiradi.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
|
| |