O‘quv – uslubiy majmua




Download 1,49 Mb.
bet151/225
Sana25.11.2023
Hajmi1,49 Mb.
#105226
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   225
Bog'liq
3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)

joriy nazorat - o’quvchining fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniklash va baxolash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; oraliq nazorat - choraklik davomida o’kuv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin o’quvchining bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oralik nazoratining soni (bir choraklikda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma. og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chikkan holda belgilanadi; yakuniy nazorat - choraklik yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
O’quvchilarning bilim saviyasi. ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o’quvchining har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi baholar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha o’quvchining choraklik davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 baho tizimida baholanadi.
O’quvchining fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - xulosa va qaror qabul qilish;

  • ijodiy fikrlay olish;

  • mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish; - tasavvurga ega bqlish.

b) 4 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
- mohiyatini tushunish; - bilish, aytib berish; - tasavvurga ega bo’lish.
v) 3 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - mohiyatini tushunish; - bilish, aytib berish; - tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda o’quvchining bilim darajasi 2 baho bilan baholanishi mumkin:
- aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; - bilmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy (JN) va oraliq nazorat(ON)lar bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, O’TIBDO’ tomonidan tasdiqlanadi va o’quvchilarga e’lon qilinadi.
O’quvchilarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan baholardan kelib chiqqan holda baholanadi.
O’quvchining choraklik davomida fan bo’yicha to’plangan umumiy bahosi har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plangan ballari yig’indisiga teng.

Download 1,49 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   225




Download 1,49 Mb.