|
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
|
bet | 192/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
Kompyuterning sistema blokidagi
“Power” rasmli tugmachasi bosiladi;
tushiriladigan bo‘lsa, uning rasmli tugmachasi bosiladi.
Yodingizda bo‘lsin, kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo‘ling.
|
Power tugmasi
|
Dasturiy ta’minot
AKT savodxonligining keyini bosqichi esa – dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo’lish, operatsion tizimda ishlash, fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish, turli o’quv va amaliy dasturlarni o’rnatish va o’chirish. Dasturiy ta’minot haqida quyidagilarni bilib olamiz:
dasturiy ta’minot turlari (klassifikatsiyasi);
operatsion sistema tushunchasi;
Windows Vista operatsion sistemasida dasturlarni ishga tushirish;
Windows Vista operatsion sistemasida fayl va kataloglar (papkalarni) hosil qilish va ularni boshqarish.
Dasturiy ta’minot (DT) – axborotga ishlov berish tizimining barcha yoki ba’zi dasturlari, tartiblari, qoidalari va ularga tegishli hujjatlar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati. Qayta ishlangan, to’ldirilgan ikkinchi nashri.Toshkent, 2010 – BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan). DT hisoblash tizimlari (shaxsiy kompyuterlar, serverlar)ning texnik qurilmalari bilan bir qatorda muhim tashkil etuvchilardan hisoblanadi. Kompyuter terminologiyasida DT software deb yuritiladi (ingl. soft – yumshoq, ware – mahsulot).
DTni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin: sistema dasturlari, amaliy dasturlar va uskunaviy dasturlar. Umumiy o’rta ta’lim maktablariga o’rnatilgan kompyuter sinflarida ham ushbu DTlar mavjud.
Dasturiy ta’minot
Uskunaviy dasturlar
Amaliy dasturlar
Sistema dasturlari
|
| |