• Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili
  • O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.
  • Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish




    Download 1,49 Mb.
    bet208/225
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,49 Mb.
    #105226
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   225
    Bog'liq
    3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)

    Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki Web interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo’lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
    Ma’lumotlarni yuklab olish Web interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko’rilgan Web saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko’rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo’lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo’ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
    Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
    Kompyuter domen manzilining namunaviy ko’rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
    Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O’ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko’p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo’yicha nomlanadi.
    Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko’rinishda ifodalanadi: http://www. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi.
    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali. O’zR Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan. Asosiy maqsadlari:

    • respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O’zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to’g’risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;

    • tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko’maklashish;

    • axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o’sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko’maklashish;

    • axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. O’tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to’ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funktsional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do’stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to’g’risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo’yicha ishlar olib borildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan “Qo’shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 oktyabrdagi Internet tarmog’ida asosiy domen www.gov.uzmanzili bo’yicha joylashtirildi.


    Download 1,49 Mb.
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   225




    Download 1,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish

    Download 1,49 Mb.