INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
2022−2023−oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun informatika va
axborot texnologiyalari fanidan 9-, 11-sinf uchun
yakuniy davlat attestatsiya
topshiriqlari 5−11−sinf informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fani Davlat
taʼlim standarti va oʻquv dasturlari asosida tuzilgan.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga
muvofiq yakuniy imtihoni materiallariga 15% − 20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi
mumkin.
9-SINF. Imtihon topshiriqlari 9-sinf uchun umumiy oʻrta taʼlim
maktablaridagi 8-, 9-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligidagi
mavzularini qamrab olgan boʻlib, savollar 8-, 9-sinf (2020-yil)
darsligi asosida
tuzilgan. Biletlarda 3 ta topshiriq boʻlib, 2 ta topshiriq nazariy va 1 ta
topshiriq
amaliy ish shaklidan iborat. Oʻquvchilarga tanlagan bilet
topshiriqlarini bajarish
uchun jami 50 daqiqa vaqt beriladi.
11-SINF. Imtihon topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi
5−11−oʻquv dasturidagi mavzularni qamrab olgan va 6-, 7-sinf (2017-yil), 8-,
9-sinf (2015-yil), 10-sinf (2017-yil) hamda 11-sinf (2018-yil)
darsliklari asosida
tuzilgan. Biletlarda 3 tadan topshiriq boʻlib, 1 ta topshiriq nazariy va 2 ta topshiriq
amaliy ish shaklidan iborat. Oʻquvchilarga tanlagan bilet topshiriqlarini bajarish
uchun jami 60 daqiqa vaqt beriladi.
Informatika va AT fani chuqurlashtirib oʻtiladigan sinflarda metodbirlashma
qarori bilan oʻquv dasturiga mos keladigan bittadan qoʻshimcha topshiriq
kiritishlari mumkin. Bunda oʻquvchilarga yechimlarni izohlash uchun qoʻshimcha
ravishda vaqt berilishi lozim.
Imtihonning har bir savoliga berilgan javob uchun oʻquvchi “5” ballik
reyting asosida baholanadi. Ballar umumlashtirilib, oʻrtacha ball chiqariladi.
Masalan: 5+4+3=123=4