|
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi
|
bet | 1/9 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 36,57 Kb. | | #136574 |
Bog'liq 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (1)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat
attestatsiya sinovi
DASTURI
2021/2022 o’quv yili
Tuzuvchilar:
B.A.Kamalov Ekologiya kafedrasi professori, g.f.d.
A.A.Nazarov Ekologiya kafedrasi dotsenti, g.f.n.
.
A.Qozoqov Ekologiya kafedrasi dotsenti, q/x.f.n.
Taqrizchilar:
E. Ro’zmatov Andijon davlat universiteti, Ekologiya va
botanika kafedrasi dotsenti, b.f.n.
T.Karimboev Agroximlaboratoriya taxlil markazi direktori,
q/x.f.n.
Q.So’pijonov O’zbekiston Ekologik Harakati Namangan
viloyati hudidiy bo’linmasi rahbari.
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Ekologiya kafedrasining 2021-yil 25.11 №4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri S.T.Abdurahmanov
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi №4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan.
Kengash kotibi M.Asqarova
I. UMUMIY QOIDALAR
1. 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o’rinlarda – Dastur) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”gi Nizom, 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohlar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari” (keyingi o’rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5630100-18 tartib raqami bilan ro’yxatga olingan o’quv rejasining (keyingi o’rinlarda – O’quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o’quv dasturlari asosida tuzildi.
2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o’rinlarda – Attestatsiya sinovi) O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko’ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo’nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko’ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o’quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to’liq o’zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.
3. Attestatsiya sinovini topshirishga o’quv reja va fan dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga ruxsat beriladi.
4. Attestatsiya sinovi O’quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o’quv dasturlari asosida tuziladi.
5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo’yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo’yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo’naltiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi
|