• Vazir X.Umarova
  • Oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida




    Download 300.33 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana20.07.2023
    Hajmi300.33 Kb.
    #77048
    Bog'liq
    46-буйруқ
    Termiz shar 13-sonli maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Shonazarova, Ekalogik ta, 111, Dinshunoslik, Hisob, Allayev Begzod, 4. Standart funksiyalarning sqlda sintaksisi, Vzifa, pdf 20230420 111417 0000, «Haydovchi – avtomobil – yo‘l- transport oqimi muhit» kompleksin, Biologiya


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING
    BUYRUGʻI
    2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
    oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
    toʻgʻrisida
    Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilida oʻquvchilarning
    yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida buyuraman:
    1.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi
    140-son qaroriga muvofiq
    umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari
    25-mayga qadar davom etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin
    .
    2. Quyidagilar:
    yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon
    oʻtkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq;
    xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar
    roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining davlat taʼlim standartlari
    asosida egallashi lozim boʻlgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan
    oʻtkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari
    (keyingi oʻrinlarda - imtihonlar) 1-ilovada keltirilgan fanlardan tashkil etilsin.
    4. 2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining
    bosqichli nazorat imtihonlarini oʻtkazish bekor qilinsin.
    5. Imtihonlar 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (Jismoniy
    tarbiya fani bundan mustasno).
    6. Belgilab qoʻyilsinki, umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat
    namunasidagi sertifikat hamda 2-ilovada keltirilgan chet tili fanlari boʻyicha kamida B1
    darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan
    sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihonidan muayyan fandan ozod qilinadi.
    7. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy
    tarbiya fanidan imtihonlar 2023-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining
    nazorati ostida oʻtkazilsin (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar
    uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan
    bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno).
    8. Koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan
    bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar
    umumtaʼlim muassasalariga qoʻyilgan talablar asosida oʻtkazilsin (Jismoniy tarbiya
    fani bundan mustasno).
    9. Kar,
    zaif
    eshituvchi
    bolalar
    uchun
    ixtisoslashtirilgan
    maktab
    va maktab-internatlarida imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan bayon va Matematika
    fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshirilsin.


    10. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda
    faqat Texnologiya fani boʻyicha imtihonlar oʻtkazilsin hamda imtihonlarni oʻtkazish
    muddati maktabning Pedagogik kengashi tomonidan belgilansin.
    11. Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti
    (S.Radjabov), Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish
    boshqarmasi (E.Murodov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab
    taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi
    boshqarmalari boshliqlariga:
    imtihonlarga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun sharoitlar yaratish;
    imtihonlarni shaffof, adolatli, xolis oʻtkazilishini taʼminlash;
    imtihonlarning oʻz muddatlarida oʻtkazilishini nazoratga olish;
    12. Tabiiy va texnogen sabablarga koʻra belgilangan muddatlarda imtihon
    oʻtkazilishining imkoniyati boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
    imtihonlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari bilan kelishgan
    holda boshqa kunda oʻtkazishga ruxsat berilganligini maʼlumot va ijro uchun qabul
    qilish;
    imtihonlarning
    natijalari,
    ularni
    oʻtkazish
    yuzasidan
    taklif
    va mulohazalarni umumlashtirib, 2023-yilning 3-iyuliga qadar Respublika taʼlim
    markaziga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
    13. Respublika taʼlim markaziga 2023-yilning 31-martiga qadar:
    umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar
    oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha, shuningdek, koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi, kar, zaif
    eshituvchi hamda aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-
    internatlarning bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini
    hamda baholash mezonlarini tayyorlash.
    Bunda, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy
    fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinsin;
    aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning
    bitiruvchi sinflari oʻquvchilari uchun Texnologiya fanidan imtihon oʻtkazish boʻyicha
    tegishli tavsiya va mezonlar ishlab chiqish;
    umumtaʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash, bitiruv sinflarida
    yakuniy
    davlat
    attestatsiyasi
    natijalari
    boʻyicha
    tahliliy
    maʼlumotni
    2023-yil 1-avgustgacha Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash
    departamentiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
    14. Axborot texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boʻlimi
    (R.Musurmonov), Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash
    boshqarmasi (D.Sobirova) bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar imtihon
    materiallarini vazirlikning rasmiy veb-sayti (uzedu.uz) va eduportal.uz axborot taʼlim
    portaliga joylashtirsin.
    15. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari
    U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
    Vazir
    X.Umarova
    Toshkent sh.,
    2023-yil 6 - mart,
    46 - son
    IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: KU33690352
    IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: KU33690352


    Download 300.33 Kb.




    Download 300.33 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida

    Download 300.33 Kb.
    Pdf ko'rish