Oraliq nazorat-1 Amaliy mashg’ulot




Download 1,02 Mb.
Sana02.02.2024
Hajmi1,02 Mb.
#150292
Bog'liq
Oraliq nazorat


Oraliq nazorat-1
Amaliy mashg’ulot

  1. Elektron jadvalning turlari. Excel dasturining imkoniyati (nazariy)

  2. Funksiyani xisoblash va diagramma yasash (amaliy)

  3. MathCAD dasturning vazifasi (nazariy)

Javoblar:

  1. Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda. Insonlarda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.

Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin ular­ning yordamida muxandislik masalalarini yechish, formulalar bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish mumkin.
Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:
    • ma’lumotlarlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;


    • jadval elementlarini formatlash;


    • formulalardan foydalanish(hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);


    • katakchalarni avtomatik to‘ldirish;


    • turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish;


    • ma’lumotlarni qidirish va almashtirish;


    • ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;


    • ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.




  1. Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.

    Odatda, tayyorlangan xujjatni diskda fayl ko‘rinishida biror nom bilan saqlab qo‘yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda -.doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo‘ladi.


Ushbu y=x^2 amalni excel dasturida bajardim.
Buning uchun jadvalga xni o’rniga -2,5 dan 2,5 gacha qiymat oldim.
So’ngra uni kvadratga oshirdim.
Chiqan qiymatlar va berilgan qiymatlarni belgilab olib diagrammaga kirgizdim.
Manda parabola shaklidagi diagrammma hosil bo’ldi.



  1. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir.

Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.

Mathcad paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan.

Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar qurish va boshqa shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega.



Download 1,02 Mb.




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oraliq nazorat-1 Amaliy mashg’ulot

Download 1,02 Mb.