Oralov javohirning




Download 0,86 Mb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi0,86 Mb.
#232835
1   2   3   4
Bog'liq
5 sinf informatika 23 Blok sxema yaratish Burchaklar bilan ishlash

2. Yuqoridan Events menyusini tanlang.


3. Blokni kod sahifasiga olib keling va joylang.
4 Motion menyusini tanlang.
5 Kod sahifasiga Move 10 steps blokini olib boring. Keyin uni Yashil bayroq blokining quyi qismiga joylang. U o‘sha yerga joylashadi.
Yashil bayroq ustiga bosing va nima yuz berishini ko‘ring.
6 -amaliy ko‘nikma
Spraytni turli yoʻnalishlarda harakatlantirish
Sprayt o‘ng yoki chapga hamda ixtiyoriy burchakka burilish orqali turli yo‘nalishlarda harakatlanishi mumkin.
Bu buyruqlar Spraytga oʻng (birinchisi) yoki chapga (ikkinchisi) burilish kerakligini aytadi.
Katakdagi raqam obyekt buriladigan burchak darajasidir.

Agar Spraytni 90 daraja chapga burish kerak bo‘lsa, ikkinchi variant tanlanadi va qiymat 90 ga o‘zgartiriladi.
Bu chizmada eng koʻp foydalaniladigan burchaklar tasvirlangan.
A gar topshiriq xato bajarilsa yoki yana boshidan boshlanmoqchi bo‘lsa,
Sprayt obyekti xohlagan joyga olib boriladi, keyin ko‘rsatilgan
kod bloki yaratiladi.
Yashil bayroqni tanlash dastur
kodi ishga tushishini anglatadi. Point in direction
9 0 bloki Sprayt y uzini oʻng tomonga buradi.

6 .1-mashg‘ulot


Spraytni:
• 100 qadam oldinga harakatlantiring;
• 90 daraja chapga buring;
• yana 100 qadam oldinga harakatlantiring.
Kod o‘ngdagi tasvirga oʻxshashi kerak:
6.2-mashg‘ulot
Sprayt obyektini kvadrat shaklida harakatlantiring:
• 100 qadam oldinga harakatlantiring;
• 90 darajaga chapga buring;
• 100 qadam oldinga harakatlantiring;
• 90 darajaga chapga buring;
• 100 qadam oldinga harakatlantiring;
• 90 darajaga chapga buring;
• 100 qadam oldinga harakatlantiring.
Bu koʻrsatmalar shunchalik tez bajariladiki, Spraytning harakatlanishini ko‘ra olmaysiz. Har bir koʻrsatma orasiga Wait buyrug‘ini qoʻyish mumkin. Bu Sprayt harakatini sekinlashtiradi.

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4




Download 0,86 Mb.