|
Unda:
• qayerdan boshlashni bildiruvchi Boshlash
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #232835 |
Bog'liq 5 sinf informatika 23 Blok sxema yaratish Burchaklar bilan ishlashUnda:
• qayerdan boshlashni bildiruvchi Boshlash katagi;
• qayerda toʻxtashni bildiruvchi Tugatish katagi;
• qanday vazifalarni bajarishingizni ko‘rsatuvchi Jarayon kataklari;
• keyingi katakni bildirish uchun strelkalar bor.
Har bir katak maxsus shaklga ega.
Strelkalar koʻrsatmalarning bajarilish tartibini bildiradi.
JARAYON
tugatish
boshlash
3.1-mashg‘ulot
Boshlash
Blok-sxemaga qarang.
O’tiring
Koʻrsatmalarni bajaring.
TURING
3 marta qarsak chaling
“Boshlash” maydonidan boshlang. Strelka birinchi toʻrtburchakka borishingizni aytmoqda. Strelkalar boʻyicha yuring va har bir jarayonni bajaring.
Buni toʻgʻri tushundingizmi?
Oldinga 2 qadam yuring
Quyidagilarni bajarishingiz kerak:
• oʻrningizdan turish;
Tugatish
• keyin oʻtirish;
• uch marta qarsak chalish;
• oʻrningizdan qayta turish;
• so‘ng oldinga ikki qadam yurish.
4–amaliy ko‘nikma
Burchaklar bilan ishlash
Burilgan kattalik burchak deb ataladi. Burchaklar darajalarda oʻlchanadi. Siz toʻliq, yarim va chorak burilishlar nima ekanini bilasiz.
Burilish
|
Burchak
|
To’liq burilish
|
360 daraja
|
Yarim burilish
|
180 daraja
|
Chorak burilish
|
90 daraja
|
4.1-mashg‘ulot
2-amaliy ko‘nikma bo‘limidagi labirintga qarang.
Tasavvur qiling, siz START katagida kulrang kataklar tomonga qarab turibsiz. Bir nechta katak oldinga yurishingiz mumkin. Chapga, oʻngga yoki biror burchak ostida burilsangiz ham bo‘ladi.
M asalan:
OLDINGA 4 KATAK
CHAPGA 90 DARAJA
OLDINGA 2 KATAK
4 .2-mashg‘ulot
Bitta aylana 360 daraja bo‘lib, 0 va 360 daraja orasida koʻplab burchaklar mavjud.
90 darajaga burilishning yarmi 45 daraja boʻladi.
Oʻrningizdan turib, 90 darajaning yarmiga buriling (chorak burilishning yarmi).
4.3-mashg‘ulot
Mana bu yangi labirintga qarang.
Burchaklari bir-biriga tegib turgan ikkita katak 45 daraja burilishingiz va keyin oldinga harakatlanishingiz kerakligini bildiradi.
Tasavvur qiling, START katagida birinchi kulrang katakka qarab turibsiz.
Quyidagi koʻrsatmalar sizni ikkinchi kulrang katakka olib boradi:
OLDINGA 1 KATAK
CHAPGA 45 DARAJA
OLDINGA 1 KATAK
Labirintni yakunlash uchun ketma-ketlikni yozib chiqing.
5 -amaliy ko‘nikma
Spraytni oldinga harakatlantirish
Labirint boʻylab yurish uchun koʻrsatmalar yozib chiqiladi. Endi uni bajarish uchun Scratch yordamida kompyuter dasturi yozish mumkin.
Scratch dasturi Spraytlarni boshqarish imkonini beruvchi dasturdir.
Dastur kodi yordamida Spraytni harakatga keltirish mumkin.
S cratch dasturi ishga tushganda quyidagi koʻrinishda boʻladi:
5.1-mashg‘ulot
Yashil bayroq tanlanganida mushuk Spraytini oldinga harakatlantiradigan
dastur kodi yozmoqchisiz. Buning uchun:
1 . Mushuk Spraytini belgilang.
|
| |