|
O‘rantilgan tizimlar
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,66 Kb. | | #232514 |
Bog'liq 1709618670 (2)
“O‘RANTILGAN TIZIMLAR” FANI DOIRASIDA MUSTAQIL ISH VAZIFALARINI BAJARISH BO’YICHA KO’RSATMALAR
Mustaqil ishning tarkibi
Mustaqil ish hajmi 12-15 varaq atrofida bo‘lib quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
Mustaqil ishni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Mustaqil ish kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish kompyuter matnida (A4 o‘lchamida), hajmi 12-15 betdan iborat (shrift o‘lchami 14 nomi Times New Roman) va uning chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Grafik yoki chizmalar kompyuterda yoki qalamda chizg‘ichdan foydalanib GOST larga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak. Rasmlar nomi 1-rasm. Rasm nomi shaklida rasmning pastki qismi o’rtasidan yozilishi kerak. Jadvallar nomi 1-jadval. Jadval nomi shaklida jadvalning o’ng tepa qismidan yozilishi kerak.
Kirish. Bu bo‘limda axborotlarni izlash va ajratib olish usullari tadbiq sohalari haqida ma’lumot keltiriladi. Mustaqil ish maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
Asosiy qismida. Asosiy qismda berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko’rib chiqiladi hamda ko’rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda berilgan ma’lumotlar aniq misollar va asoslar asosida berilishi, statistik ko’rinishda chizmlar va rasmlar bilan to’ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo’lishi talab etiladi.
Xulosa qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar kelitiriladi va kelajakda qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
|
| |