• Tayyorladi: NE’MATOVA M. Kurs ish rahbari MADRAHIMOV G’ Andijon- 2019 MUNDARIJA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Ikkinchi tashabbus
  • Toʻrtinchi tashabbus
  • Organik kimyo




    Download 160 Kb.
    bet1/5
    Sana30.05.2023
    Hajmi160 Kb.
    #67449
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    NAFTOLL1
    1001 Vocabulary & Spelling Questions, Новый документ PDF-WPS Office, 309379.pptx, 74c10e770c0dbecf25f3158a04b3e168 (1), 7-8 2020 uzb, mustaqil-ta-limning-shakllari-usullari-va-ustuvorliklari, Abdulhamid Cho\'lpon. Binafsha (2021), Multimedia komponentlari. Multimedianing strukturaviy komponentl, 4А ЗИЁЙИТДИНОВ, 6-sinf biologiya test 2020, 1684232643 (2)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    KIMYO YO’NALISHI 302- K GURUH TALABASINING
    ORGANIK KIMYO” FANIDAN
    KURS ISHI
    Mavzu:.
    Tayyorladi: NE’MATOVA M.


    Kurs ish rahbari MADRAHIMOV G’
    Andijon- 2019
    MUNDARIJA






    KIRISH..........................................................................

    3

    1.

    ASOSIY QISM




    1.1.

    NAFTALIN……………………………………………………

    5

    1.2.

    NAFTALINNING AYRIM HOSILALARI……………….……

    15

    1.3.

    NAFTOLLAR …………………...…..………………………..



    18




    XULOSA.......................................................................

    21




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................

    22


    KIRISH

    Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi


    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
    Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
    Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
    Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
    Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
    Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
    Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
    Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
    Ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
    Yigʻilishda bu tajribani mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
    Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.
    Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi.
    Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.

    Download 160 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 160 Kb.