SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. STM-Nning shakllanishi
STM-N satxini shakllantirishda, SDHning eng asosiy qonunlarini bajarish ya’ni sinxron raqamli tarmoqning xar qanday punktida RDH, SDH triblarining, STM-N satxidan oson va oddiy xolatdan kiritish va chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bunday kirish/chiqishli rejimlarga ega bo‘lgan sinxron raqamli multipleksor RDH multipleksorlarining butun zanjiri bilan almashishi kerak. Quyidagi 13.4-rasmda turli RDH triblaridan tashkil topgan STM-Nning umumiy shakllanish sxemasi ko‘rsatilgan.
VCP
13.4-rasm. Trib signallaridan N-satxdagi sinxron transport modulining shakllanishi
Bu yerda: xn-vaqtli guruxlashtirish; sozlash;
joylashtirish; ST- qo‘shimcha simvol.
Boshlang‘ich axborotli yuklamalar, ma’lum bir o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan, sinxron raqamli ierarxiya (SRI)ning biror satxidagi signallarni uzatish uchun yetarli bo‘lgan bloklar ko‘rinshida konteynerlarda (S-containers) joylashadi.
Konteyner, joylashtirish operatsiyasi (SDH mapping) orqali, davomiyligi 125 mks yoki 500 mks bo‘lgan blokli siklik tuzilishiga ega bo‘lgan virtual konteyner (Virtual Container-VC)ga (trakt turiga bog‘liq xolda) o‘zgaradi. VC da boshlang‘ich axborotlardan tashqari yana traktning sifatini nazorat qiluvchi va avariya va foydalanishni ta’minlovchi trakt sarlavxasi (POH-Pat Over Head) xam shakllanadi. Shartli ravishda joylashish operatsiyasi shundan iboratki, S konteynerdagi axborot, VCning ma’lum bir pozitsiyalarida joylashadi, joylashish sinxron (agar boshlang‘ich axborotlar SRI tizimlarida sinxronizatsiyalangan bo‘lsa) yoki asinxron xolatda amalga oshishi mumkin. Agar asinxron joylashish bo‘lsa, unda boshlang‘ich oqimlarning uzatish tezliklarini raqamli tenglashtirish (moslashtirish) lozim. Bu esa boshlang‘ich oqimlarning ma’lum bir bitlarida, VC pozitsiyalarini biriktirilishi mustaxkam bo‘lmaganligi tufayli suzuvchi rejimda ishlashga majburlaydi. Sinxron joylashtirish belgilangan rejimdagi kabi, suzuvchi rejimda xam amalga oshishi mumkin. Shuniyam aytib o‘tish joizki, sinxron va asinxron oqimlarni qayta ishlash uchun bitta qabul qilgichdan foydalanish maqsadga mufoviqdir.
Shunday qilib, VC virtual konteyner SRI traktlarining qatlamlarida qo‘llaniladigan, yuklama va trakt sarlavxalarini axborotli maydonlaridan iborat bo‘lgan axborotli tuzilishga ega.
VC konteyner ikki turga bo‘linadi:
- ancha past tartibli VC-n (n=1, 2) konteynerlardan va POH VC dan iborat;
- yuqori tartibli VC-n (n=3, 4) konteynerlari POH VC bilan birgalikdagi s-n (n=3, 4) lardan yoki POH VC bilan birgalikdagi komponent gurux (TUG-2, TUG-3) lardan iborat.
Yuqori tartibli virtual konteynerlar (VC-3, VC-4) sozlash protsedurasi orqali, ma’muriy (AU-Administrative Unit) bloklarga, past tartibli esa (VC-11 VC-12 va VC-2)ta komponent bloklariga (TU-TrititaryUnit) o‘zgaradi. AU bloki yuqori tartibli trakt qatlamlarini, multipleksorlash seksiyasining tarmoq qatlamlari bilan moslashtiradi. VC siklining boshlanishi multipleksorlash seksiyasining sikliga nisbatan o‘zgarishi mumkin va shuning uchun o‘rni belgilangan AUR ko‘rsatkichi bilan belgilanadi.
Shunday qilib sozlash protsedurasi, AU yuklamasi fazasini va tezligini o‘zgarishini yaxshilaydi. Shartli ravishda sozlash protsedurasini quyidagicha belgilash mumkin: AU =VC+ AUR
Past tartibli virtual konteynerlar (VC-2, VC-12. VC-11), ayrim xollarda VC-3 xam xuddi yuqoridagi aytganimizdek sozlash protsedurasi yordamida mos keluvchi komponent TU (subblok) bloklariga o‘zgaradi. Shartli ravishda ushbu protsedurani quyidagicha belgilash mumkin: TU=VC+TUR. Subbloklar past tartibli traktlarning tarmoq qatlamlarini yuqori tartibli traktlarning tarmoq qatlamlari bilan sozlaydi. Yuqori tartibli VCyuklamasining ma’lum bir belgilangan pozitsiyalarini egallagan bir yoki bir necha TUlar, subbloklar guruxi deb ataladi. Masalan bunday guruxlarga TUG-2 va TUG-3 (Tributary Unit Group-TUG).lari kiradi. Birinchisi, bir xil TU-11, TU-12 yoki bitta TU-2 subbloklar guruxi majmuasidan iborat, ikkinchisi, TU-2 yoki bitta TUG-3 subbloklarning guruxi majmuasidan iborat. Guruxli subbloklar vaqtli guruxlashtirish protsedurasi natijasida xosil bo‘ladi. Ma’muriy bloklar guruxi (AUG-AdministrativeUnitGroup-AUG) ga esa AU bloklari birlashtiriladi.
AUG-bloklari vaqtli guruxlashtirish protsedurasi orqali davomiyligi 125 mks bo‘lgan blokli tuzilish (Sinchronous Transport Modul-STM) ga aylanadi. STM-1ning asosiy moduli (birinchi satx moduli) 155520 kbit/s uzatish tezligiga ega, yuqori satx modullari esa bunday tezlikdan N marta katta (STM-N, bu yerda N=4, N=16, N=64, N=256).
STM-N ni olish protsedurasini shartli ravishda quyidagicha belgilash mumkin: STM-N=AUGxN+SOH, bu yerda SOH – seksiya sarlavhasi.
SOH-seksiya sarlavhasi, regeneratsiyalash seksiyasi sarlavhasi (RSOH)ga va multipleksorlash seksiya sarlavhasi (MSOH)ga bo‘linadi. Bunda RSOH regeneratorlar orasida beriladiva siklli sinxronizatsiya, xatoliklar nazorati funksiyasini bajaradi, shuningdek ma’lumotlarni uzatishni, xizmat aloqasini va foydalanuvchilarning kanallarini tashkil qiladi. MSOH, STM filtrlanadigan va shakllanadigan uzatish muhitining qatlamlariga ulanuvchi nuqtalar orasida uzatiladi va xatoliklarni nazorat qilish funksiyasini bajaradi, shuningdek zahiraga avtomatik ulanishni, berilganlarni uzatishni, xizmat aloqasini boshqaruv kanallarini hosil qiladi.
Shunday qilib, AU-ma’muriy bloki, ancha yuqori bo‘lgan satxning trakt qatlamlari va SRI seksiyasi orasida moslashtirishni ta’minlovchi, yuklama (ancha yuqori satxli VC) dan va ma’muriy blok ko‘rsatkichlari (AUR) dan iborat bo‘lgan axborotli tuzilishga ega. Shunga mos holda AU-3 va AU-4 larni bayt bo‘yicha ulanishi amalga oshadi.
TU-komponent bloki, ancha past va yuqori sathli trakt qatlamlari orasida o‘zaro bog‘lanishni ta’minlovchi axborotli tuzilishga ega. U axborotli yuklama (ancha past satxli VC) dan va komponent bloklar ko‘rsatkichi (TUR) dan iborat. TUG komponent bloklar guruhi, turli TU lardan tuzilgan bo‘lishi mumkin, bu esa tarmoqning mustahkamligini oshiradi.
TUG-2, TU-2 dan yoki TU-1 guruhlaridan, TUG-3 esa, TU-3 yoki TU-2 guruhlaridan shakllangan bo‘lishi mumkin. Shuningdek TUG yana bitta AU-4 yoki uchta AU-3 guruhidan tashkil topgan bo‘lishi xam mumkin.
|