• Ye1 triblaridan STM-1 ga o‘tish
  • SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli ierarxiya oqimlarining shakllanishi




    Download 265,29 Kb.
    bet6/8
    Sana14.07.2024
    Hajmi265,29 Kb.
    #267592
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    8 amaliy mashg\'ulot

    3. SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli ierarxiya oqimlarining shakllanishi


    STM–N siklining shakllanishi
    Multipleksorlashning barcha variantlari avvalo STM-1, keyin esa STM-N modulining shakllanishiga olib keladi. STM-N modulining logik tuzilishini qarab chiqamiz.
    STM-N moduli sikli (freymi)ning tuzilishi quyidagicha 13.2-rasmda ko‘rsatilgan.

    13.2-rasm. STM-N sikli (freymi)ning tuzilishi



    Ko‘rish qulay bo‘lishi uchun freym ikki o‘lchamli 270xN bir baytli ustunlar va 9 qatorli formatlar ko‘nishida tasvirlangan. Tuzilishning uzunligi 2430xN (9x270=2430) bayt, takrorlanish chastotasi 800 Gs bo‘lgan kadrlar yoki bir o‘lchamli raqamli ketma-ketliklar qo‘rinishidan iborat.
    Freym uchta maydonlar guruhidan tashkil topgan: 3x9xN va 5x9xN baytli formatning SOH seksiya sarlovxasi maydoni; 1x9xN baytli formatning AU-4 ko‘rsatkichi maydoni va 9x261xN baytli (N=1, 4, 16, 64, 256) formatining foydali yuklama maydoni. Seksiya sarlovxasi va ko‘rsatkichning tuzilishini quyida ko‘rib chiqamiz.
    Ye1 triblaridan STM-1 ga o‘tish

    Ovozli signallarni uzatishda keyinchalik STM-N ga o‘tishni nazarda tutgan holda Ye1Ye4 oqimlariga bog‘liq holda o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashishni nazorat qilish, marshrutlashtirish, ajratish, STM-N oqimidan har bir Ye1 oqimining xatoliklarini osongina topish imkonini beradi. Bunday uzatishda STM-1 oqimining tezligi 155 Mbit/s ni tashkil etadi. Bloklarning barchasidan, TUG-2, TUG-3, VC-4 va STM-N pozitsiyalarida signalni vaqt bo‘yicha multipleksorlash amalga oshadi. Har bitta vaqt bo‘yicha birlashtirishda (multipleksorlashda) sikl vaqti o‘zgarishsiz qoladi (125 mks). Endi Ye1 yuklama oqimidan STM-1 sathiga o‘tishni qarab chiqamiz.


    (13.3-rasm)

    13.3-rasm. Ye1 yuklama oqimidan STM-1 sinxron transport modulining shakllanishi

    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuklamadan sinxron transport modulini shakllantirishda, sarlovha yoki ko‘rsatkichni multipleksorlash, sxemaning boshqa elementlariga fizik yoki mantiqiy birlashish jarayonini bildiradi. Bunday sinxron transport moduli shakllanishida yuklamaga avval tenglashtiruvchi bitlar, boshqaruvchi va joylashtiruvchi bitlar qo‘shiladi. Shakllangan S-12 konteyneriga, VC-12 POH (Path Over Head) marshrut sarlavhasi qo‘shiladi, natijada virtual konteyner shakllanadi. Virtual konteyner, 1 bayt (PTR) ko‘rsatkichning qo‘shilishi natijasida TU yuklama blokiga aylanadi. Undan keyin, VC yuqori sathli virtual konteynerlar shakllangunga qadar, zich holda, har xil sathli yuklama bloklari (TUG) guruhlarida yuklama bloklarini multipleksorlash protsedurasi amalga oshadi. VC-4 POH marshrut sarlavhalarini qo‘shilishi natijasida, ma’muriy (AU) bloklar hosil bo‘ladi va ularga SOH seksiya (Sectoon Over Head) sarlavhasi qo‘shiladi. SOH regeneratsiyalash seksiyasi (RSOH) sarlavhasi va multipleksorlash seksiyasi (MSOH) sarlavhasidan tashkil topgan.


    Ko‘rinib turibdiki, raqamli oqimlarni yuklatish, tenglashtirish jarayonlari (bitli stafing)ni qo‘llash, ko‘rsatkichlarning faolligi shuningdek POH va SOH sarlavhalarini qo‘llash bilan bog‘liqdir.
    SDH tizimlarida konteynerlar RDH oqimlarini yuklash uchun lozim bo‘lgan xajmdan bir necha marta kattadir. Raqamli oqimlarni yuklash (bitli staffing usuli)da uning tezliklarini tenglashtirish protsedurasi amalga oshadi. Buning uchun konteynerning bir qismi qo‘llaniladi.

    Download 265,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 265,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli ierarxiya oqimlarining shakllanishi

    Download 265,29 Kb.